Yangiliklar: Fevral 2023

1997 yilning 29 avgustida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida mamlakatimizda uzluksiz ta’limning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Dastur ijrosini amalda ta’minlash maqsadida 2021/2022 o‘quv yilida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga turizm tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan “Ijodiy sanoat: muzeyshunoslik” magistratura mutaxassisligiga talabalar o‘qishga qabul qilingan edi. Bugun universitetda ushbu mutaxassislikni bitirgan ilk magistrlarga magistrlik diplomini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni  «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, quyidagi fikrlarni bildirdi: “Har bir bitiruvchi hayotida magistr diplomini qo‘lga kiritishi juda muhim voqea hisoblanadi. Bu nafaqat oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat, balki o‘zining intilishlari, harakatlari, erishgan natijalari uchun yuqori javobgarlik belgisidir. Professor-o‘qituvchilarimiz sizga ko‘p narsani o‘rgatishdi, bilim olish uchun qat’iy intilish va uni amalda qo‘llash, qiyinchiliklarni yengish va mustaqil bo‘lish, doimo o‘z-o‘zini rivojlantirish istagini uyg‘otdi. Umidlarimizni oqlashingizga ishonamiz va biz siz bilan faxrlanamiz. Endi siz hayotingizning yangi sahifasini, ya’ni professional karerangizni boshlaysiz. O‘zingizga ishoning. Orzularingizni ro‘yobga chiqarishda intiluvchan va mas’uliyatli bo‘ling. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining diplomi bu yo‘lda sizning ishonchli tayanchingiz bo‘lsin».

Shuningdek, universitet rektori oliy ta’lim tizimida magistratura bosqichining o‘rni va ahamiyati, respublikamizda madaniy merosga qaratilayotgan e’tibor va uning turizm sohasini rivojlantirishda tutgan o‘rni, muzeyshunoslik kasbi haqida batafsil to‘xtalib o‘tgandan so‘ng, uzoq, mashaqqatli, ayni paytda sharafli ilm yo‘lini bosib o‘tgan bitiruvchi magistrlarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.

 Bundan tashqari, tantanali tadbirda universitet birinchi prorektori J.Eltazarov, o‘quv ishlari prorektori J.Xoffman, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor T.Szi, universitet jamoasi va magistratura bosqichi bitiruvchilarining ota-onalari, oila a’zolari ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimizning “Turizm menejmenti” kafedrasi mudiri, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Akmaljon Odilovich Odilov Hindiston hukumati tomonidan to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi g‘olibi bo‘ldi.

“Ijodiy va innovatsion tashkilotni rivojlantirish” (Developing Creative and Innovative Organization) mavzusida Hindistonning ilg‘or universitetlarida tajriba orttirib kelish imkoni beruvchi mazkur grant dastur orqali orttrilgan bilim va  tajribamni jonajon yurtimiz rivojiga, qolaversa, universitetimizni rivojlantirishga safarbar etaman deydi, grant g‘olibi, PhD, Akmaljon Odilov.

Dastur doirasida do‘st Hindiston tomoniga yurtimiz va uning turizm salohiyati haqida turkum ma’lumotlar berilishi nazarda tutilgan.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 27 Fevral 2023 16:08

AXBOROT XATI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida 2023-yilning 16-17-mart kunlari “O‘zbek tilining milliy korpusi: muammolar va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman hamda 2023-yilning 27-28-aprel kunlari “Raqamli texnologiyalar: sohalarga amaliy joriy etishning muammo va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkaziladi.

PDF

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 27 Fevral 2023 15:36

AXBOROT XATI

Qadrli hamkasblar!

 

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand davlat universiteti 2023-yil 28-29-aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi” ijrosi yuzasidan Imom al-Buxoriy tavallud kuni munosabati bilan “Imom al-Buxoriy-muhaddislar sultoni” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishini e’lon qiladi.

Konferensiyadan maqsad Islom dini ravnaqi hamda Islom sivilizatsiyasi rivojiga benazir hissa qo‘shgan Imom Buxoriyning olamshumul ahamiyatga molik diniy-ma’naviy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan bugungi tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish hamda ularning navbatdagi bosqichida dolzarblik kasb etayotgan vazifalarni belgilab olishni nazarda tutadi.

 

Konferensiya tashkilotchilari:

 

  • Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
  • “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
  • Samarqand davlat universiteti

Konferensiyada muhokama qilinadigan asosiy masalalar:

  • Islom – odob-axloq dini! Imom al-Buxoriyning odob-axloq haqidagi qarashlari!
  • Imom al-Buxoriy faoliyatlarida va xozirgi zamonda ustoz-shogird munosabatlari: tahlil va tadbiq.
  • Sahihul Buxoriy asarining tarbiyaviy ahamiyati va ularni ta’limda qo‘llash.
  • Hozirgi kunda O‘zbekistonda Imom al-Buxoriy ma’naviy merosini tadqiq etishga qaratilayotgan e’tibor.

Anjuman asnosida “Sahihul Buxoriy” asarining eng qadimiy va nodir qo‘lyozma nusxalari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

Tezis matnini rasmiylashtirish talablari:

  • Konferensiya materiallari ekspertlar va tahririyat tekshiruvidan o‘tgandan so‘ng ilmiy to‘plam holida chop etiladi.
  • Tezis (1-3 bet) va maqolalar (7-8 bet) Times New Roman, 14 shrift, 1,5 intervalda bo‘lishi (yuqori va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 va chapdan 3 sm)
  • Tezis va maqolalar o‘zbek, arab va ingliz tillarida qabul qilinadi.
  • Maqolaning yuqori qismi o‘rtasida maqolaning nomi bosh harflar bilan beriladi – F.I.Sh. ilmiy daraja va unvoni, shaxsiy telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatiladi.
  • Maqolalarga keltirilgan izohlar (snoska) har bir sahifaning ostida beriladi. Adabiyotlar ro‘yhati maqolaning oxirida keltiriladi.
  • Maqolalar mazmuni, statistik ma’lumotlar ishonchligi uchun mualliflar javob beradi.

 

Tezis va maqolalarni qabul qilish muddati:                              15-aprel 2023-yil

Konferensiya bo‘lib o‘tadigan kun:                                          28-aprel 2023-yil

 

Tezis va maqolalar quyidagi manzil va mas’ul shaxsga yuboriladi:

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti , Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17.

Tel.: (+99866) 240-67-85.

Tel.:(+99891) 033 80 81

Э-почта: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Mas’ul shaxs: Sanjar Jumayev– “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi bosh mutaxassisi.

 

 

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 22-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o‘qituvchilar, universitet oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida tahsil olayotgan tadqiqotchilar hamda talabalar uchun universitet Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tong Qian Zou tomonidan “Turizm tadqiqotlari:mavzular va usullardagi chegaraviy ishlanmalar” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi. Webinarda Avstraliyaning ECU (Edith Cowan University) universiteti professori Songshan (Sam) Huang o‘zining maruzasi bilan ishtirok etdi.

(Ma’lumot uchun: Songshan (Sam) Huang ECU universiteti Biznes va Huquq (SBL) fakulteti Turizm biznesi va xizmatlari marketingi bo‘yicha professori va shu bilan birgalikda u SBL turizm tadqiqotlari markazi direktori hisoblanadi. Professor Xuang xalqaro miqiyosda turizm va mehmondo‘stlik industriyasi tadqiqotlari bo‘yicha samarali tadqiqotchi dunyodagi yetakchi olimlardan biri sifatida tan olingan. Hozirgi vaqtga qadar Professor Xuangning xalqaro e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda 140dan ziyod maqolalari chop etilgan. Shulardan 120 ta maqola SSCI indeksli jurnallarda chop etilgan. 2021-2022 yillarda Stanford universiteti xulosalariga ko‘ra Professor Xuang dunyoning top 2% olimlari qatoriga kiritilgan (Elsevier BV (digitalcommonsdata.com).

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 24 Fevral 2023 15:51

E'lon

Odobi go‘zal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, mas’uliyatni teran his etadigan, jamiyat ravnaqiga xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan
AZIZ TALABA QIZLARIM!
Sizlarni bahor va muhabbat kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 108-yilligiga bag‘ishlangan “Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli she’riyat kechasiga taklif qilamiz.
Kechada Zulfiyaxonim ijodiga mansub she’rlar o‘zbek, rus, ingliz, xitoy, nemis, arab va turk tillarida o‘qiladi.
Tashabbusingizni kutamiz!

1-mart 2023-yil Soat: 11.00 Faollar zali

 

UNIVERSITET XOTIN-QIZLAR KENGASHI

Kategoriya E'lonlar

 PDF: BATAFSIL TANISHISH

❗️ Eslatib o'tamiz: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga muvofiq 2022/2023- o'quv yilidan boshlab magistratura qabuli bo'yicha belgilangan yangi tartib, jumladan, magistraturaga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28 - fevral kuni soat 14.00 da  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Majlislar zalida”da  2021/2022-o‘quv yilida qabul qilingan Ijodiy sanoat: muzeyshunoslik”  mutaxassisligi bo‘yicha ilk magistr  bitiruvchilari uchun “Diplom topshirish” marosimi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriyati, barcha bitiruvchi magistrlarimizni ushbu tadbirga lutfan taklif qiladi!

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 22 Fevral 2023 16:41

E'lon

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon 2023-yil 24-fevral kuni soat 14:30 da universitetning 108-xonasida bo‘lib o‘tadi.

Murojaat uchun telefon raqami:
Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i

N.Sh. Mansurova, +998 90 603 55 23

Kategoriya E'lonlar
1 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar