Yangiliklar: Fevral 2023

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Tillar” kafedrasi  tayanch doktoranti Zarifa Eshmurodova filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

Doktorant 2021-yil 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha kafedraga tayanch doktorant sifatida qabul qilingan. Yosh olima “Fransuz va o‘zbek dostonlarida etnomadaniyatga xos leksemalarning qiyosiy tadqiqi («Chanson de Roland» va «Alpomish» dostonlari materiali asosida)” mavzusida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot doirasida 2022-yil Fransiyaning Sorbonna Universiteti va INALCO – Fransiya Sharq tillari va rivojlanish milliy institutida dissertatsiya mavzusi ustida ilmiy izlanishlar olib bordi. Z.Eshmurodova 2022-yil avgust oyida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Fransuz tili o‘qituvchilari uchun tashkil qilingan grant tanlovida g‘olib bo‘lib, Fransiyaning Klermon Overn universitetida malaka oshirib qaytdi.

 Z.Eshmurodova “Tillar” kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Sultanov Tulkin Irgashevich bilan hammualliflikda “Turistlar uchun fransuzcha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-fransuzcha so‘zlashgich” kitobini nashr qildi.

 Zarifa Eshmurodova universitetning tadqiqot ishini muddatidan oldin tamomlab, dissertatsiya ishini himoya qilgan ilk doktoranti hisoblanadi. Iqtidorli olimaning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 14-fevral sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda talaba yoshlar ijrosida buyuk mutafakkirlarning merosi va ruboiylari o‘qildi. Shuningdek, raqslar ijro etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Ma'lumot uchun: ProQuest Dissertations and Theses Global” xorijiy dissertatsiyalar bazasi - dunyodagi eng yirik to ‘liq matnli disertatsiyalarning onlayn bazasi hisoblanadi.

Mazkur baza 4 mingdan ortiq universitetlardan 54 hil tildagi 5 millionga yaqin san'at, biznes va iqtisod, ta'lim, gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar, matematika va fizika fanlari, sog'liqni saqlash va tibbiyot fanlariga oid ilmiy ishlarni o ‘z ichiga oladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Samarqand shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislariga “Proquest Dissertations and Theses Global” xorijiy dissertasiyalar bazasidan foydalanish bo‘yicha onlayn trening o‘tkazishni rejalashtirgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Sizlarga mazkur onlayn treningda “Proquest Dissertations and Theses Global” xorijiy dissertatsiyalar bazasidan foydalanish bo‘yicha ishtirok etishingizni so‘raymiz.

Samarqand shahar axborot-kutubxona markazi uchun onlayn trening jadvali (kuni, vaqti hamda ZOOM havolasi) pastda yuborilmoqda.
Trener – Pazilova Nargiza (+99899 8651212/Telegram)

Telegram kanal: ProQuest_Uzbekistan - https://t.me/+XgIASEuMGUIWIHd8 T/r

Tashkilot nomi oʻtkazish kuni va sanasi //ulanish uchun havola

Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi
21-fevral, 15:00
Подключиться к конференции Zoom
https://us02web.zoom.us/j/88457176840?pwd=cEhiWWRsRDVzZUx0NTYyUGFkc2tZUT09
Идентификатор конференции:
Идентификатор конференции: 884 5717 6840
Код доступа: 178051

Kategoriya Yangiliklar

Энди ўзбекистонлик илмий изланувчилар халқаро «WEB OF SCIENCE» базасидан 3 йил бепул фойдаланишлари мумкинЭнди ўзбекистонлик илмий изланувчилар халқаро «WEB OF SCIENCE» базасидан 3 йил бепул фойдаланишлари мумкин

Kategoriya Media

2023 yilning 13 -fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 2-kurs talabalari Samarqand davlat universiteti Zoologiya muzeyi, «Buyuk ipak yo‘li: O‘zbekiston va Xitoyning oltin merosi» nomli ekspozitsiya hamda «Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik» muzeylariga tashrif buyurdilar.

Talabalar muzeyda tashkil etilgan ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar tanishdilar.

Kategoriya Yangiliklar

# “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz”

# “Youth against drug addiction”

Мымолодежь против наркомании»

Joriy yilning 7 fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti volontyor-talabalari “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” oyligi doirasida, mavzusidagi rasmlar kurgazmasi tashkil etildi !

Kategoriya Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Beg‘araz donorlik xarakati» oyligi doirasida  universitetda bir qator ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni universitet yetakchisi Sarvar Haydarov tomonidan talabalar oʻrtasida qon donorligi boʻyicha tushuntirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida etakchi talabalarga  - Donor aksari hollarda o‘ziga notanish inson hayotini saqlab qolishini va ular uchun yashashini doimo yodda tutadigan insonligi, donorlik qilishga axd qilgan inson ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olishini ta’kidladi. Donor faqat o‘z sog‘lig‘i uchun emas, balki — boshqalarni ham ahvolidan xabardor bo‘lishini aytib o’tdi. Donorlik qilishga axd qilgan talabalarga, sog‘lig‘ini boshqalar uchun saqlashni o‘rganishlari lozimligini tushuntirdi.

Donor sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimlik ichishdan, tamaki chekishdan imkon qadar o‘zini tiyishi muhimligi, qon topshirish oralig‘ini saqlashdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Kategoriya Yangiliklar

Olam tiniq, Vatan obod muqaddas bu ayol birlan. Bu so‘zlar hayotda ko‘p bora o‘z tasdig‘ini topgan. Shu sababli dunyo hamjamiyatida gender tenglik imkoniyatlarini yaratish hamda ayollar nufuzini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
2023-yil 8-fevral kuni 11-fevral - Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish haftaligi doirasida A.S. Pushken nomidagi viloyat axborot-resurs markazida “Ayol ilmli bo‘lsa, millat ilmli bo‘ladi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Raxmonova, A.S. Pushken nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodieva, Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova va universitetning Turizm menejmenti fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova hamda talaba qizlar ishtirok etishdi. ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) ARM xodimlari ishtirok etishdi.
Ushbu davra suhbatida universitet xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova “Ta’limni rivojlantirishda olima ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” mavzusida ma’ruza qildi.

Kategoriya Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan «Beg‘araz donorlik xarakati» oyligi doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  ham bir qator ijtimoiy-ma’naviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Joriy yilning 9-fevral kuni Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” da o‘tkazilayotgan donorlik aksiyasida universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda bir guruh volonter talabalar ko‘ngilli tarzda qon topshirishdi.

«Beg‘araz donorlik xarakati» aksiyasi munosabati bilan tashkil etilgan aksiya chog‘ida topshirilgan qon  kasallikka chalingan insonlar salomatligini tiklashga xizmatga qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar