Yangiliklar: Mart 2023

Referendum boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari Samarqand shahri 4-sektorda joylashgan “Ziyokorlar” “Ziyolilar” “Bogʻbonlar” “Adolat” “Tinchlik” “Bunyodkorlar” mahallarida davom etmoqda.

Joriy yilning 27-mart kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitet professor-oʻqituvchilar jamoasi ishtirokida Samarqand shahar Temir yo‘l texnikumi faollar zalida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi loyihasi boʻyicha Referendum oʻtkazishga doir targʻibot-tashviqot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur targ‘ibot uchrashuvida universitet Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda universitet professor-o‘qituvchisi N.Xushvaqtovlar tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi boʻyicha maruzalari tinglandi.

Tadbirda mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Kategoriya Yangiliklar

Slovakiya elchixonasi 2023/2024 o'quv yili uchun Slovakiyada o'qish, ilmiy tadqiqot va o'qitish uchun O‘zbekiston talabalari, doktorantlari va o'qituvchilari uchun Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiya dasturi doirasida arizalar tanlovi ochilganligini ma'lum qiladi.

Grant olish uchun ariza berish muddati 30-aprel 2023 yil soat 16:00 gacha. Ilovalar quyidagi veb-sayt orqali onlayn taqdim etiladi (Slovakiya elchixonasida emas) www.scholarships.sk

Slovakiya Respublikasining Milliy stipendiya dasturi chet ellik talabalar, doktorantlar, o'qituvchilar, tadqiqotchilar va ilmiy xodimlarning Slovakiya universitetlari va tadqiqot tashkilotlarida qolishlarini qo'llab-quvvatlashga mo'ljallangan. Dunyoning istalgan mamlakat fuqarolari stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Grantlar dasturi Slovakiya Respublikasi ta'lim, fan, tadqiqot va Sport vazirligi byudjetidan va Evropa Ittifoqi - NextGenerationEU resurslaridan moliyalashtiriladi. Slovakiya Respublikasi ta'lim, fan, tadqiqot va Sport vazirligi hamda SAIA o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida Milliy stipendiya dasturini boshqaradi. Dastur stipendiatlari Slovakiya Respublikasi hukumatining stipendiatlari hisoblanadi

Dastur qoidalari va shartlari ushbu havolada: https://www.stipendia.sk/ru/main/pravila-i-uslovia-programmy/inostrannye-pretendenty

Kategoriya E'lonlar

Ushbu forum Yevropa Ittifoqi moliyalashtirilayotgan “Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida transchegaraviy ko‘p tomonlama muloqot” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Loyiha Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma boshchiligidagi konsorsium bilan uchta mamlakatdagi hamkorlari — “Yuksalish” umummilliy harakati (O‘zbekiston), “BIOM” ekologik harakati (Qirg‘iziston) hamda “Gender va taraqqiyot” jamoat tashkiloti (Tojikiston) tomonidan amalga oshirilmoqda.

Forumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetning faol talabalari ham munosib ishtirok etib, 4-bosqich talabasi Oripova Muxlisa ishtirok etgan loyiha 1-o‘ringa munosib ko‘rilib, 2.5 yevrolik grand ajratiladigan bo‘ldi.   Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan 100 ga yaqin yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

Uch kunlik Forum dasturidan yoshlar o‘rtasida xalqaro munozaralar, ta’lim va axborot sessiyalari, muhokamalar joy olgan. Shuningdek, o‘zaro muloqot va tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelgusida qo‘shma transchegaraviy loyihalar uchun g‘oyalar ishlab chiqildi.

Kategoriya Yangiliklar

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, koreys tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini (TOPIK) tashkil etishni yangi tizimi, imtihon o‘tkazish grafigi, mas'ullarga imtihonni tashkillashtirishda yangi tizim qoidalari va nizomi bilan tanishtirish va yuqori saviyada muntazam o‘tkazilishini ta'minlash kabi masalalar yuzasidan kelishildi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5270-sonli qaroriga asosan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining
4-bosqich talabalari turizm va madaniy meros sohasidagi eng yaxshi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashmoqda.

Universitet talabalarning keyingi ish bilan ta'minlanishiga oldindan g'amxo'rlik qilib, butun dunyoda tan olingan tizim – amaliyot+o'qishni joriy etgan va  amaliyot bo’yicha o’z hamkorlari, respublikamizdagi 120 ga yaqin potentsial ish beruvchi tashkilotlarni to'plagan va industry outreach program an'anasini boshlagan.

Joriy yilning mart oyidan boshlab, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  4-bosqich talabalari uchun, industry outreach program asosida  amaliyot jarayonini talabaning kelajakdagi kasbiy faoliyati holatiga iloji boricha o'xshash sharoitlarda, turizm va madaniy meros sohasidagi eng yaxshi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashlarini  sifatli tashkillashtirmoqda. Amaliyot - malakali mutahassislarni tayyorlash uchun zarur bo'lgan o'quv jarayonining majburiy tarkibiy qismi bo’lganligi sababli, universitet devorlaridan tashqarida – talabaning kelajakdagi mutaxassisligiga mos keladigan muassasalar yoki tashkilotlarda tashkil etildi.

Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash muammosi biz uchun juda muhim, amaliyot bo’yicha ish beruvchilar bilan hamkorlik ushbu qiyin muammoni hal qilishga yordam beradi.

Kategoriya Yangiliklar

2023 yilning 16 mart kuni birinchi prorektor J.Eltazarov va o‘quv ishlari bo‘yicha  prorektor J.Xoffmanlar tomonidan universitetning 4-bosqich talabalari o‘rtasida amaliyotni tashkil etish bo‘yicha «ochiq muloqot»  bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bir qancha turizm sohasiga daxldor bo‘lgan 150 ga yaqin tashkilotlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomasi asosida talabalar amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi aytib o‘tildi.  

Joriy yilning mart oyining 1-chisidan  boshlab,  4-kurs bitiruvchi talaba-yoshlarni amaliyotga yuborilayotgani, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun xamkor-tashkilotlarda barcha amaliyot turlari, ya’ni tanishuv amaliyoti, ekskursion amaliyoti, o‘quv amaliyoti, malakaviy amaliyot,  ishlab chiqarish amaliyotlari yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida,  amaliyot o‘tashning talablari, amaliyotni o‘tish mexanizmlari va barcha kerakli ma’lumotlar berildi.

 Har bir talabaga amaliyot zarurligi, ayniqsa turizm sohasida talaba faqat nazariyani o‘rganib hech qachon mutaxassis bo‘la olmasligi, talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlariga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishlarida barcha sharoitlarni yaratish bu universitetning oldidagi ulkan vazifa hamda majburiyat ekanligini ta’kidladilar.

 Bundan tashqari, «ochiq muloqot» paytida talabalar bir qancha takliflarini aytdilar, hamda ularga takliflar inobatga olinib ko‘rib chiqilishi aytildi. Xulosa qilib aytganda, universitet rahbariyati va universitet talabalari bunday uchrashuvlarni «ochiq muloqot» formatida muntazam o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduhakimovning “Newsletter” Pokiston axborot jurnalining 2023-yil yanvar oyidagi sonida O‘zbekistonda sayyohlik salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanishning bugungi holatini ochib beruvchi hamda universitetimizning ta'lim dasturlari haqida batafsil ma'lumot beruvchi maqolasi chop etildi.

Kategoriya Yangiliklar

Tasviriy san'at insonlarning atrof – muhit va san'at olamidagi go'zalliklarni ko'ra bilishga va ularga estetik munosabat bildirishga, san'atning ijtimoiy mohiyatini va ahamiyatini teran anglagan holda me'moriy yodgorliklarni, tasviriy, amaliy va dizayn san'ati asarlarini milliy iftixor, qadriyat sifatida e'tirof etish va muhofaza qilishga o'rgatadi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining asosiy oʻquv binosida tashkil etilgan doimiy galereya ana shu maqsadga xizmat qilmoqda.
Ma’lumki, 2022 yil Samarqandga ShHT sammiti arafasida ShHTga a’zo davlatlarning tajribali rassomlari tashrif buyurgandi. Ularning ona Vatanimiz va Samarqand aks etgan eng sara asarlari esa sammit arafasida ochilgan xalqaro ko‘rgazmadan o‘rin olgandi. Maqsad — ShHT sammitida Samarqand ruhini yanada yorqinroq aks ettirish.
Rassomlarning har biri o‘z asarlari orqali ShHTda Samarqand ruhini aks ettirishga harakat qildi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilgan «Rassom nigohida Samarqand ruhi» galereyasi ham ushbu ishlarning mantiqiy davomidir».
Tashkil etilgan «Samarqand ruhi rassom nigohida» nomli doimiy galereyada rassomlarning O‘zbekiston va Samarqandga oid manzaralari aks etgan 200 dan ortiq turli janrlardagi maftunkor ijod namunalari joy olgan. Ko‘rgazmada rassomlarning portret, natyurmort, peyjaz, kompyuter grafikasi janrlardagi turli-tuman asarlari taqdim etilgan. Yorqin ranglarga boy asarlarda ona Vatanimizning so‘lim go‘shalari tasvirlangan asarlar, Samarqandga, uning va mehnatsevar xalqiga bo‘lgan yuksak muhabbat o‘z ifodasini topgan. Rassomlar tomonidan chizilgan saralangan asarlar mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha nashr etiladigan albom uchun tavsiya etilgan.Tashkil etilgan rasmlar galereyasini universitetimiz talabalari katta quvonch bilan qarshi olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti majlislar zalida “Yoshlarni missionerlik va prozelitizm taʼsiridan himoyalash” mavzusida talabalar uchun tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Samarqand viloyat hokimligi diniy ishlar qo‘mitasi raxbari Boymurodov Soxibnazar Mardonovich, Respublika diniy qo‘mita vakillari Sharipov Sherzod va Safarov Xakimbeklar ishtirok etdilar.
Uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad Islom dinini sofligini targ‘ib etish, O‘zbekiston Respubikasi qonunlari bilan taʼqiqlangan turli yot diniy oqimlarga yoshlarni kirib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid sifatida davom etayotgan missionerlik faoliyatini o‘z o‘rnida anglash, ulardan doimo ogoh bo‘lish taʼkidlandi.
Talabalar uchun muhim maʼlumot! - Missionerlik haqida gap ketar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug‘aviy maʼnosini tushunib olish muhim ahamiyatga egaligini alohida qayd etish lozim.
Ushbu so‘z lotin tilidagi «missio» feʼlidan olingan boʼlib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan maʼnolarni anglatadi.
Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan taʼriflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi.
Prozelitizm - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iboratdir.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 17 mart kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi tashqi ishlar boshqarmasi direktori Cai Xianjin boshchiligidagi Cao Chun, Jia Hui, Wang Liang, Ji Dandan va boshqalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlarni universitet birinchi prorektori prof. J. Eltazarov hamda ilmiy ishlar, innovatsiyalar va tijoratlashtirish bo‘yicha prorektor Toni Zoular kutib oldilar.
Tashrif davomida Xitoy universitetlarining O‘zbekiston oliy ta‘lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishning dolzarb muammolari muhokama qilindi. Ushbu tashrifdan maqsad, ikki xalqning oliy ta’lim sohasidagi hamkorligini mustahkamlash, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Xitoy oliy ta’lim muassasalari xususan, Shandun provinsiyasi universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirishni amalga oshirish. Shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ajratilayotgan ta’lim grantlari haqida ham ta’kidlab o‘tildi.
Delegatsiya rahbari Janob Cai Xianjin o‘z nutqida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Shandun provinsiyasining madaniy bazasi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar