Yangiliklar: Mart 2023

Tadbirda birinchi prorektor J.Eltazarov va universitetning barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. 

Universitet birinchi prorektori J.Eltazarov hozirgi o‘quv, ilmiy va ma’naviy jarayonlar haqida qisqacha axborot berdi. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy qismi boshlandi. Unda talabalar turli yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha muammolarni rahbarlar e’tiboriga havola etdilar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rtaga tashladilar. Uchrashuvda bir qator muammolar o‘z yechimini topdi, qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

 Uchrashuvda talabalar davomati, kiyinish madaniyati, dars jadvali va ta’lim sifati haqida so‘z bordi.

Shuningdek, universitet rahbariyati yoshlar muammolarini doimiy o‘rganishi, muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin ekanligi bildirildi.

Uchrashuv yakunida birinchi prorektor J.Eltazarov universitetda an’anaga aylangan “Prorektor va magistrantlar” uchrashuvi doimiy tashkil etilishi, agar biror talabaning alohida murojaati bo‘lsa, qabul qilish uchun doimo tayyor ekaniligini bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 16-mart sanasida Samarqandda 16-18 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Boshqaruv Kengashi yig'ilishida volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda boshqaruv yig'ilishini sifatli tashkil etish va uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida volontyorlarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javob berildi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarovning “Yangi O'zbekiston” gazetasining 2023-yil 6-martdagi 52-sonida “Ulug'bek Madrasasi devoridagi yetti iqlim surati yohud ikkinchi uygonish davrining buyuk siymosi” mavzusidagi maqolasi chop etildi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 16-mart kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetiga Bolgariya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Muvaqqat ishlar vakili Stoyana Rusinova xonim tashrif buyurdi.
Faxriy mehmonni birinchi prorektor prof. J. Eltazarov.
Tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Tashrifning asosiy maqsadi Bolgariya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan.
E’tiborli tomoni shundaki Stoyana Rusinova xonim universitet kutubxona fondiga noyob ilmiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar to‘plamini sovg‘a qildi. Taqdim etilgan kitoblarda Bolgariyadagi turizm, madaniyat va urf-odatlar haqidagi soʻnggi tadqiqot maʼlumotlari mavjud boʻlib, bu bizning oʻqituvchilarimiz va talabalarimiz uchun ilmiy tadqiqot va oʻqitish jarayonida katta foyda keltirishi shubhasiz.

Kategoriya Yangiliklar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari Sirojiddin Abduvoitov hamda Bayozxon Mahmudovlar tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyati, Muqaddas manbalarda ayollarni ulug‘lash va e’zozlash mavzularida maruzalar tinglandi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 14-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (10/1-154 02.02.2023) voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish, istalmagan homiladorlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora- tadbirlar rejasi dasturining 4-bandida "Umum ta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari, hamda akademik litseylar, professional ta'lim, oliy ta'lim muassasalari o'quvchi talabalari o'rtasida erta nikoh, yaqin qarindoshlar o'rtasida nikohlarning salbiy oqibatlari" to'g'risida ma'lumot berish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitet xotin-qizlar Kengashi hamda Samarqand viloyati Reproduktiv markazi direktori U.M.Boborahimovalar tomonidan  talaba-qizlar o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

    Davra suhbatida shifokor U.M.Boborahimova talaba-qizlarga  tibbiy jihatdan erta nikoh qurish erta tug‘riq va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning salbiy oqibatlari amaliyotda ko‘plab uchrayotganligini tushuntirib berdi.

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-son qarori mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, Ipak yo‘lining tarixi, arxeologiyasi, madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari, Ipak yo‘li xalqlarining zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarini amalga oshirish, respublikamiz va mamlakatimizda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan fikr almashishga bag‘ishlangan konferensiya jahon, shuningdek, yosh olimlar, magistrantlar, doktorantlar va mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari sifati va samaradorligini oshirish, konferensiya doirasida olimlar va yosh tadqiqotchilar tajribasini o‘rganish, muhokama qilish va tavsiyalar berish. Shuningdek, bugungi kunda turizm sohasidagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan xulosa va takliflar tayyorlash va amalga oshirish.

Konferensiyadan maqsad jahon yutuqlari, akademik bilim va tajriba almashishdir. Anjumanda turizm sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

AXBOROT XATI ILOVA QILINADI

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tomonidan 2023-yil 10-mart kuni universitetga qarashli Samarqand shahridagi O‘zbekiston маhаllasi xotin-qizlari bilan davra suhbati tashkil etildi.

           Davra suhbatida universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi M. Abbasova so’zga chiqib, kelajak avlod tarbiyasi, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila iqtisodi, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ’ib qilish borasidagi fikrlarini bildirdi. Shuningdek, bugun xotin-qizlarimizning haq-huquqlari davlat himoyasida ekanligi va Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, gender tenglik masalalari va gender madaniyati hamda bu boradagi islohotlarni amalga oshirishda oliy ta‘lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida alohida ta’kidlab o‘tildi.

      “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va unda yaratilgan imkoniyatlar to’g’risida to’xtab  o‘tildi. Chunonchi,  jahon standartlariga mos, zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, sport inshootlari bilan ta‘minlangani, xalqaro toifadagi professor-o‘qituvchilar tomonidan mashg‘ulotlar olib borilayotgani, katta kutubxona fondiga ega bo‘lgani, talabalarning sifatli ta‘lim olishlari uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan “aqqlli” unversitet yaratilganligi to’g‘risida batafsil ma‘lumot berildi.

       Universitetning axborot-resurs markazi yetakchi mutaxassisi A.Izbasarova esa O‘zbekiston маhаllasi xotin-qizlari, yoshlar va bolajonlarini universitetda tashkil etilgan ARM, sport va fan to‘garaklarida ishtirok etishga chaqirdi va ular haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, universitet psixologi D.Turdiyeva xotin-qizlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotida psixologik yordamning nechog’lik muhimligi haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Vastayeva ham unversitetning istiqbolli rejalari bo‘yicha tahliliy munosabat bildirdi.

    Davra suhbati davomida videorolik va taqdimot namoyish etildi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar tomonidan ko`pgina savollar berildi va takliflar ko`rib  chiqildi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kategoriya Yangiliklar

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yosh avlod ta’lim olishga, hunar o‘rganishga chanqoq ekanliklarini namoyon etib kelmoqda. Bu jarayonda oliy ta’lim tizimi talabalarining erishayotgan yutuqlarini alohida e’tirof etish joiz.

Oliy ta’lim maskanlarida rektor, prorektorlar va talabalar, uch avlod uchrashuvlari, bo‘sh ish o‘rni yarmarkalari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday “Prorektor va talabalar” uchrashuvi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda birinchi prorektor J.Eltazarov,  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Jozef Hoffman va universitetning barcha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. 

Universitet birinchi prorektori J.Eltazarov hozirgi o‘quv, ilmiy va ma’naviy jarayon haqida qisqacha axborot berdi. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy qismi boshlandi. Unda talabalar turli yo‘nalishlar va sohalar bo‘yicha muammolarni rahbarlar e’tiboriga havola etdilar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quv jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflarini o‘rtaga tashladilar. Uchrashuvda bir qator muammolar o‘z yechimini topdi, qolgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

“Siz talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlarga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishingizda barcha sharoitlarni yaratish bu bizning oldimizdagi ulkan vazifa hamda majburiyatimizdir” – deya ta’kidladi Jo‘liboy Danabayevich. Uchrashuvda  “Turizm menejmenti” fakulteti faoliyati tahlil qilinib, talabalar davomati, kiyinish madaniyati, dars jadvali va ta’lim sifati haqida so‘z bordi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv mamlakatimiz yoshlari orasida keng tarqalgan talaba-yoshlarning ish bilan bandligi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar doirasidagi savol-javob hamda takliflar asosida o‘tdi.  Masalan, talabalar dars jadvalini optimallashtirish, basketbol jamoasini tashkil etish kabi ko‘plab takliflar to‘liq qabul qilinib, ertangi ish kunidan boshlab ularni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, universitet rahbariyati yoshlar muammolarini doimiy o‘rganishi, muammolar yuzasidan murojaat qilish mumkin ekanligi bildirildi.

Uchrashuv yakunida birinchi prorektor J.Eltazarov universitetda an’anaga aylangan “Prorektor va talabalar”  uchrashuvi doimiy tashkil etilishi, agar biror talabaning alohida murojaati bo‘lsa, qabul qilish uchun eshigi ochiq ekanini bildirdi.

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 13 Mart 2023 18:41

E'lon

Xususiy “Xalqaro dizayn va servis instituti” oliy oʻquv yurti sizni “Fan. Texnologiyalar. Innovatsiyalar” xalqaro ijodiy industriyalar festivali doirasida boʻlib oʻtadigan “Creadrom” konferensiyasida ishtirok etishga taklif qiladi. O‘tkazish sanasi: 2023-yil 18-20-aprel, onlayn tarzida.

«Международный Институт Дизайна и Сервиса» ilovasi

Kategoriya E'lonlar
4 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar