Yangiliklar: Sentyabr 2023

          Joriy yilning 29-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami keng nishonlandi. Tadbirda bayram dasturxoni yozilib, unga oliygohimiz professor-o‘qituvchilari taklif qilindi va bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilarga rahbariyat tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son farmoni, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023-yil 26-iyuldagi 56-son bayoni va 7-sentabrdagi 160-son bayoni ijrosini ta’minlash hamda universitetimizda tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida 2023-yil sentabr oyida universitetimizda tahsil olayotgan ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlari oʻrtasida “Oʻzbek tili – qalbim tarjimoni” mavzusida respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirokchilar o‘zi haqida 3-5 daqiqalik tanishtiruv videolavhasi tayyorlash va O‘zbekiston tarixi, madaniyati, o‘zbek xalqi qadriyatlari, ijtimoiy hayotiga oid mavzularda esse yozish shartlari bo‘yicha bellashishdi.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra, universitetning Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha) magistratura bosqichi  magistranti Farishta Qayumiy tanlovning mutlaq g‘olibi deb topildi va respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan kengash qoshidagi “Qizlarjon” klubi va “Lider  qizlar” klublari faollarining birinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

         Yig‘ilishda “Qizlarjon” klubining rahbari “Turizm  menejmenti” fakulteti boshlig‘i R.Toshniyozova tomonidan klub nizomi va ushbu o‘quv  yilida amalga oshiriladigan ishlar rejasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

Shuningdek, klubda tashkil etilgan hamda rejalashtirilgan to‘garaklar haqida to‘liq ma’lumotlar berilib, ushbu to‘garaklarga talaba-qizlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda klub sardori tomonidan yangi loyihalar va startaplar uchun innovatsion g‘oyalar taqdimotini tashkil etish bo‘yicha e‘lon berildi.

Davra suhbati o‘zaro fikr-mulohazalarga boy bo‘lish birga, keyingi rejalarni, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish haqida suhbatlashishdi. Ishtirokchilarga sovg‘alar taqdim etildi. Uchrashuv yakunida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 29-sentabr kuni Samarqand shahridagi Cambridge international nodavlat maktabi o‘quvchilari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan yaqindan tanishish maqsadida kelishdi. O‘quvchilar oliygohning turizm laboratoriya xonalari, o‘quv auditoriyalari hamda kutubxonasi va sport zali bilan yaqindan tanishdi. O‘quvchilarning universitetimiz hayoti bilan tanishishi ularning oliygohimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 20-27 sentyabr kunlari “Ipak yo‘li”  turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Besh tashabbus” va “Talabalar ligasi” dasturlari doirasida universitetning birinchi bosqich talabalari ishtirokida sportning voleybol, futbol, stol tennisi, shaxmat kabi turlari boʻyicha ommaviy sport tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda talaba yoshlar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashayapti. Sport tadbirlari davom etmoqda.

Kategoriya Sport tadbirlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Zakirova Dilnoza Sharifovna ham bor.

Universitetimiz jamoasi ham Zakirova Dilnoza Sharifovnani ushbu muvaffaqiyat bilan chin yurakdan qutlab, u kishining kelgusidagi ishlarida omad yor bo‘lishini tilaydi. 

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi  va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi hamkorligida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

 Azaldan atlas, adras matolari xalqimiz madaniyati ko‘zgusi, milliyligi belgisi bo‘lib kelgan. Ulardan tikilgan zamonaviylik hamda milliylik uyg‘unlashgan  bejirim kiyimlar esa hatto xorijliklar diqqatini tortmoqda. Universitetimiz talaba-qizlari uchun bunday festivallarni tashkil etish an’anaga aylangan. Darhaqiqat bu kabi madaniy merosimiz mahsulotlari, ularning tarixi va buguni haqidagi bilimlar talaba yoshlarda mehr, g‘urur, iftixor tuyg‘usini o‘yg‘otish bilan birga, ularni asrab-avaylash, an’anani davom ettirish istagini shakllantirishi shubhasizdir.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 20-sentabr kuni Samarqand Konsert zalida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univesiteti o‘qituvchilari hamda talabalari uchun    “Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida universitet professori K.Mustaev rahbarligidagi “Musiqa to’garagi” jamoasi hamda Moskvadan taklif etilgan san’atkorlar bilan hamkorlikda “ Jazz-blyuz jam” konserti tashkil qilinib unda bir biridan ajoyib taronalar ijro etildi.

Kategoriya Yangiliklar

2023-yilning 26-sentabr kuni Samarqand viloyati “Zakovat” klubi birinchi liga o‘yinlari boshlandi.

Ushbu o‘yinlarda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 6 ta jamoasi faol ishtirok etib, aksariyat savollarga to‘g‘ri javob topishga muavaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi liga g‘oliblari keyingi mavsumdan professional liga jamoalari safida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

 Universitetmizning bilimdon jamoalariga omad tilaymiz!

Kategoriya Talabalar hayoti
Payshanba, 28 Sentyabr 2023 10:31

27-sentabr “Butunjahon turizm kuni”

 Joriy yilning 27-sentabr kuni “Butunjahon turizm kuni” munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida  tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Samarqand viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil qilingan tadbirni viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov kirish so‘zi bilan ochib, barchani ushbu bayram bilan chin yurakdan qutladi.

            Ma’lumki, bugungi kunga kelib turizm sohasida amalga oshirilgan islohatlar natijasida juda katta amaliy ishlarga qo‘l urildi. Soha haqiqiy ma’noda yuksalishga erishib, xorijlik va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatish darajasi oshdi.

Tadbirda turizm sohasida yil davomida faollik ko‘rsatib mehnat qilgan qator ta’lim, madaniy meros va ommaviy axborot vositalari xodimlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi “Graduation Party 2023” tadbiri ham bo‘lib o‘tdi. Unda oliygohimizda magistratura yo‘nalishida ta’lim olgan xorijlik bitiruvchi talabalarga diplomlar topshirildi.   

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar