Yangiliklar: Oktyabr 2024

2-oktabr kuni Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘z ishini boshlagan “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi ART Rezedensiyada davom etmoqda.

Anjuman ishtirokchilariga xorijlik mutaxassislar tomonidan madaniy meros sohasidagi ayrim jihatlar xususida qator taqdimotlar o‘tkazildi. Simpozuimda xorijlik va mahalliy mutaxasisslar, ilmiy doira vakillari o‘rtasida madaniy meros sohasining ayrim qirralari yuzasidan tahlil, bahs, munozara bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari tadqiqotchilar va mohir ustalar madaniy meros sohasida yo‘qolib borayotgan keramik naqshlarni tayyorlash, unga bezaklar berish kabi jarayonlarni ham amalga oshirishdi. Xalqaro anjuman 10-oktabrga qadar davom etadi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining navbatdagi Senat yig‘ilishida loyiha koordinatori Sardorbek Samariddinov Senat a’zolariga ERASMUS+ dasturining QUARTZ – “Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan” (O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarini isloh qilish va o‘zgartirish, sifatini ta’minlash) loyihasining mazmuni va mohiyatini ifodalovchi taqdimotni namoyish qildi.

Taqdimotda loyihaning vazifalari, loyiha hamkorlari, loyihaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi havolalari haqida ma’lumotlar berildi hamda Senat a’zolaridan o‘zlari boshqarayotgan bo‘limlarning xodimlari, shuningdek kafedralarning professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda universitet huzuridagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni loyihaning ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘lishini va loyihada ishtirok etayotgan universitet jamoasini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘radi. Shuningdek, loyihaning amal qilish muddati davomida amalga oshiriladigan tadqiqotlarda ham Senat a’zolarining faol ishtirok etishlarini so‘radi.

QUARTZ loyihasi Senat a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli Senat spikeri ham so‘zga chiqib, Senat a’zolarini mazkur loyihani qo‘llab – quvvatlashga, loyihani yanada ommalashtirishga va loyihaning faoliyati davomida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarida faol bo‘lishga chaqirdi.

           

Kategoriya Yangiliklar
Dushanba, 07 Oktyabr 2024 09:52

DIQQAT, TANLOV!

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Eng faol yil talabasi" tanlovini e'lon qiladi.

Siz eng faol yil talabasi boʻlmoqchimisiz, unda bu tanlov aynan siz uchun. Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:

-  "Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi";

-  "Yilning eng faol targʻibotchi talabasi";

-  "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";

-  "Yilning eng faol sportchi talabasi";

-  "Yilning eng faol iqtidorli talabasi";

-  "Yilning eng faol ijodkor talabasi";

-  "Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun).

DIQQAT! Tanlovda faqat kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar qatnashishlari mumkin!

Tanlov shartlari bilan quyidagi nizom orqali tanishishingiz mumkin!

Tanlovda qatnashish uchun dekanatga 2024-yilning 25-oktabrgacha murojaat qilishingiz va hujjatlar toʻplamini taqdim etishingiz mumkin!

Kategoriya E'lonlar

2-3 oktabr kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumning oxirgi ish kuni ham juda sermazmun bo‘ldi. Ilmiy doira vakillari, mutaxassislar tomonidan madaniy meros sohasidagi amaliy ishlar va kelgusidagi vazifalar tahlil qilindi. Simpoziumda o‘qilgan barcha ma’ruzalar jamlanmasi katta kitob shakliga keltirildi. Bundan tashqari anjumanning birinchi ish kunida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasining ochilishi ham ilmiy doira vakillari orasida katta voqelik bo‘ldi.

     - Men uchun ushbu anjuman har tomonlama tahliliy va natijalarga boy bo‘lganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.  YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan hamkorlikda faoliyat olib borishidan xursandman,-deydi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi.

Simpoziumning oxirgi ish kunida anjumanda faol bo‘lgan bir guruh xorijlik va mahalliy ishtirokchilarga hamda tashkilotchilarga sertifikatlar topshirildi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 3-oktabr kuni, universitet tyutori Pirnazar Islomov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba-qizlar va yigitlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va samaradorligini oshirish hamda "Sog'lom turmush tarzi" mavzusida davra suhbatini o‘tkazdi. Suhbat davomida sog'lom ovqatlanish va turar joyni ozoda tutish kabi vazifalarga oydinlik kiritilib, taklif va mulohazalar o’rganildi.

Kategoriya Yangiliklar

3-oktabr kuni Xitoyning Shimoliy G‘arbiy universiteti professori Chin Fulin hamda ushbu oliygoh huzuridagi institut professori Maten boshchiligidagi delegatsiya Turizm Akademiyasiga tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlar Xitoy davlati tashabbusi bilan Turizm Akademiyasida tashkil qilingan madaniy meros sohasida ishlanishlar olib borishga mo‘ljallangan laboratoriyani ochilishida ishtirok etishdi. Dastlab ramziy lenta kesilib, ushbu laboratroiyaning kelgusidagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek bugunning o‘zida Shimoliy G‘arbiy universiteti professori Chin Fulin hamda ushbu oliygoh huzuridagi institut professori Maten boshchiligidagi delegatsiya, qozoqistonlik, qirg‘istonlik va o‘zbekistonlik arxeologlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi. “Tarix san’at texnologiya Ipak yo‘lining madaniy merosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” bo‘yicha xalqaro konferensiyada viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov kirish so‘zi ochib, anjuman ishiga omad tiladi. Konferensiyani universitetimiz prorektori, prof. T.Zou olib bordi.  Anjumanda bir qator muhim mavzularda universitetimiz birinchi prorektori D.Nasimov, taniqli akademik A.Asqarov va xorijlik ilmiy doira vakillari ma’ruzalar qilishdi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 03 Oktyabr 2024 10:21

Talabalarning tyutorlar bilan kinoga tashrifi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutorlari hamda 2024/2025-o‘quv yilida universitet talabaligiga qabul qilingan talabalar hamrohligida,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusiga binoan Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida ‘‘Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan rejissor Jahongir Ahmedov tomonidan suratga olingan tarixda Samarqand shahar amiri bo‘lgan sarkarda ‘‘Bahodir Yalangto‘sh” haqidagi badiiy filmini namoyishiga Samarqand shahridagi ‘‘Sharq yulduzi” kinoteatriga tashrif buyurishdi.

Bu kabi filmlar namoyishi yoshlarda ajdodlarimiz bilan fahrlanish tuyg‘usini yanada oshirishga hizmat qiladi.

Film tugagandan so‘ngra, guruh tyutorlari talabalardan film haqidagi ta’surotlarini o‘rtoqlashdi.

Kategoriya Yangiliklar

2 октября текущего года заведующая отдела по работе с молодежью и мероприятиям международного университета туризма и культурного наследия ”Шелковый путь” Н.Абдувахидовой для студентов первого курса университета было организовано мероприятие “фундамент Нового Узбекистана”. В ходе мероприятия студентам была предоставлена информация о месте и роли образования и науки в становлении и развитии нового Узбекистана, о современных тенденциях реформирования системы образования, о применении на практике мирового опыта и его результатах. Также на мероприятии было рассказано о проводимых в новом Узбекистане реформах в сфере образования и науки.

Как определено в постановлении Президента Республики Узбекистан от 12 июля 2024 года «О расширении работы по изучению, пропаганде и увековечению памяти наших соотечественников, ставших жертвами политических репрессий», с нового учебного года текущего года Жертвы репрессий будут включены в «Уроки независимости» в нашем университете, включая тренинги, посвященные представителям джадидистского движения. Кроме того, под лозунгом «Историческая память, духовность и духовное образование – основа Нового Узбекистана», как определено в программе, будут организованы встречи трех поколений, мероприятия на тему памяти и признательности.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 2-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig‘i N.Abduvahidova tomonidan, universitetning birinchi bosqich talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston poydevori” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga, Yangi O‘zbekistonning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va roli, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasidagi ma’lumotlar berildi. Shuningdek tadbirda Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar xususida gapirildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Siyosiy qatagʻon qurboni boʻlgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini oʻrganish, targʻib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab berilganidek universitetimizda ham joriy yilning yangi oʻquv yilidan boshlab “Mustaqillik darslari” doirasida qatagʻon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan oʻquv mashgʻulotlari qilinadi.

Bundan tashqari dasturda belgilanganidek “Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya — Yangi Oʻzbekiston poydevori” shiori ostida uch avlod uchrashuvlari, xotira va qadrlash mavzusidagi tadbirlar tashkil etib boriladi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun 2-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li moddiy–madaniy merosini o‘rganish va saqlashning dolzarb masalalari” mavzuidagi 1-xalqaro ilmiy-amaliy simpozium o‘z ishini boshladi.

Ushbu anjuman 2-3 oktabr kunlari o‘tkazilib, unda madaniy meros sohasidagi xorijlik va mahalliy mutaxassislar, ilmiy doira vakillari ishtirok etmoqda. Simpoziumning ochilishida dastlab universitetimiz rektori A.Abduxakimovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini va ma’ruzasini oliygohimiz birinchi prorektori D.Nasimov o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, madaniy merosni boshqarish magistri Sara Noshadi so‘z olib bugungi kunda O‘zbekistonda madaniy meros sohasidagi amaliy ishlar mavjud 8 mingga yaqin tarixiy inshootlarning saqlanishi, restavratsiya qilinishi xususida gapirdi. Ahamiyatlisi ushbu simpoziumda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida YUNESKO kafedrasining rasmiy ochilishi ham bo‘lib o‘tdi.

Anjuman tashkilotchisi “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori M.Yusupova birinchi bor o‘tkzilayotgan ushbu simpozuimdagi ma’ruzalar jamlanmasi bitta katta kitob shakliga keltirilganligi bu esa kelgusida qator amaliy ishlarga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek tadbirda xorijlik va mahalliy mutaxassislar, professorlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Anjuman sessiyalarga bo‘lingan holda davom etmoqda.    

Kategoriya Yangiliklar
7 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar