“Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Orientation Week” doirasidagi tadbirlarda talaba-qizlar Bir bo’lsak-yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! degan bosh g’oya ostida xotin-qizlarga berilayotgan imtiyozlar bilan tanishtirildi.
“Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida joriy yilning 2-oktabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova 2024-2025 o’quv yilining boshlanishi munosabati bilan barcha xotin-qizlardan iborat professor-o’qituvchilar, xodimalar va talaba-qizlarni qutlaydi.
Uchrashuvda talaba-qizlarga kengash a’zolari, kengash faoliyati (strukturasi) bilan va uning qoshida tashkil etilgan Qizlarjon, Lider qizlar klublarining maqsadi va vazifalari tanishtirildi. Shundan so’ng kengash raisi M. Abbasova yig‘ilish ishtirokchilarini “Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining qonuniy kafolatlari” va “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zo’ravonlikni oldini olish” mavzularida ma’ruza qildi. Ma’ruzada “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek uchrashuvda yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlari qonuniy manfaatlari himoyada ekanligi aytildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professori Tongqian Zou tomonidan “Understanding Local People’s Support Intentions toward Cultural Heritage Tourism: An Examination through Stimulus-Organism-Response Perspective” mavzusida ilmiy maqola nashr etildi. Ushbu maqola “Journal of Resources and Ecology” jurnalida 2024-yil may oyida chop etilgan bo‘lib, u madaniy meros turizmini rivojlantirishga mahalliy aholining qo‘llab-quvvatlashi va ishtirokini o‘rganish maqsadida yozilgan. Tadqiqotda madaniy meros turizmini mahalliy aholiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, ularning turizmga munosabati va ushbu munosabatni shakllantiruvchi omillar Stimulus-Organism-Response nazariyasi asosida tahlil qilinadi.
Mazkur maqola mahalliy aholi va turizm o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, kelajakda madaniy meros turizmini yanada rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy tavsiyalarni taklif qiladi. Ushbu ilmiy ish universitetning turizm sohasida olib borayotgan izlanishlariga o‘z hissasini qo‘shadi va xalqaro jamoatchilik e’tiboriga taqdim etilgan muhim tadqiqotlardan biridir.
Maqola haqida batafsil ma’lumotni “Journal of Resources and Ecology” rasmiy saytida topishingiz mumkin:
J. Resour. Ecol. 2024 15(3): 745-753
DOI: 10.5814/j.issn.1674-764x.2024.03.020 www.jorae.cn
Yangi o‘quv yilining Orientation Week doirasida universitet vakillari birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi. Jumladan, amaliyotchi psixolog Dildora Turdiyeva ham talabalar oldida o‘z dasturi bilan chiqish qildi.
Uchrashuv davomida talabalar psixolog faoliyati bilan yaqindan tanishib, universitetda tashkil etilgan psixologik xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot olishdi. Talabalikning go‘zal bir davriga qadam qo‘ygan yigit-qizlar hayotida o‘ziga xos qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, shubhasiz. Shu bois D.Turdiyeva talabalarni yangi sharoit va o‘quv jarayoniga moslashtirish bo‘yicha konstruktiv tavsiyalari va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv so‘nggida amalga oshirilgan ruhiyatni ko‘taruvchi va motivatsiya beruvchi psixogimnastik amaliyot barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.
Universitetda bo‘lib o‘tgan “Tanishtiruv haftaligi” (Orientation Week) doirasida loyihaning universitet jamoasi iqtidorli talabalarga ERASMUS+ dasturining QUARTZ – “Quality Assurance for Reform and Transformation of HEIs in Uzbekistan” (O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarini isloh qilish va o‘zgartirish, sifatini ta’minlash) loyihasining mazmuni va mohiyati bo‘yicha taqdimotlarini namoyish qilishdi.
Taqdimotlarda loyihaning vazifalari, loyiha hamkorlari, loyihaning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi havolalari haqida ma’lumotlar berildi hamda talabalardan loyihaning ijtimoiy tarmoqlariga a’zo bo‘lish, shuningdek loyihaning amal qilish muddati davomida amalga oshiriladigan tadqiqotlarda faol ishtirok etishlari so‘raldi.
QUARTZ loyihasi talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shu sababli Talabalar parlamenti vakillari so‘zga chiqib, barcha talabalarni mazkur loyihani qo‘llab – quvvatlashga, loyihani yanada omalashtirishga va loyihaning faoliyati davomida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarida faol bo‘lishga chaqirdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz