Double / Triple Degree

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetiga ikki diplomli dastur bo’yicha o’qishga qabul qilish qoidalari

Xorijlik fuqarolarni qabul qilish borasidagi ushbu ma’lumotnoma O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qarori va “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Nizomi, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda ikki diplomli dastur shartnomalarini imzolagan: Guilin turizm universiteti – Guilin Tourism University (Xitoy); Jakarta Sahid politexnika universiteti – Saheed Polytechnic University in Jakarta (Indoneziya, Jakarta);

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti ikki diplomli dastur bo’yicha quyidagi yo’nalishlarni taklif etadi:

  • Menejment: mehmonxona biznesini boshqarish – Guilin turizm universiteti (Xitoy);
  • Menejment: restoran biznesini boshqarish – Surakarta Sahid turizm instituti (Surakarta, Indoneziya);
  • Ommaviy tadbirlarni boshqarish (Yevent management) – Jakarta Sahid politexnika universiteti (Jakarta, Indoneziya);
  • Menejment: turizm biznesini boshqarish – Jakarta Sahid politexnika universiteti (Jakarta, Indoneziya).

Ikki diplomli dastur bo’yicha talabalarni o’qishga qabul qilish va ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha qoidalar:

Universitetda o’qishni istagan fuqarolar tanlangan yo’nalish bo’yicha muvofiq tilda (o’zbek, rus, ingliz) ariza yozib, barcha tegishli hujjatlarni qabul komissiyasiga topshirishlari lozim;

OTMga hujjat topshirayotgan nomzodlarning ma’lumoti o’rta va umumiy ta’lim darajasidan past bo’lmasligi lozim;

Xorijlik fuqarolar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Rektor nomiga ariza;
  • Pasport nusxasi va uning tasdiqlangan tarjimasi;
  • Oxirgi vizaning nusxasi va ro’yxatdan o’tganlik hujjati;
  • Ma’lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi, uning rus tiliga o’girilgan va tasdiqlangan varianti;
  • Chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar (IELTS, TOEFL, CEFR)
  • 3x4 hajmdagi 8 dona fotosurat.

Imtihonlar o’tkaziladigan kun va joy universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Soxta hujjatlar taqdim etgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi va imtihon topshirish huquqidan mahrum etiladi. Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolar rektor buyrug’i asosida talabalikka qabul qilinadi.

Print Friendly, PDF & Email

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar