Hujjatlar to'plami

Magistraturaga kirish test sinovlari boshlanishidan bir oy avval, universitet qabul komissiyasi magistraturaga  qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan kvotalar haqidagi axborotni belgilangan tartibda axborot vositalari orqali e’lon qiladi.

O’qishga kirish uchun ariza beruvchilarning hujjatlari qabul komissiyasi tomonidan 10-iyuldan 20-avgustga  qadar Examus Proctoring tizimining onlayn ro’yxatidan o’tish orqali qabul qilinadi.

Examus Proctoring  tizimida ro’yxatdan o’tish universitetning maxsus veb – saytida zaruriy talablarga muvofiq holda ishlab chiqilgan talabgorning shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirishga talabgorlar universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarini elktron shaklda Examus Proctoring tizimiga yuklashlari shart:

a) bakalavr yoki oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom va uning ilovasi nusxalari (pdf shaklida);

b) ma'lumotnoma (rezyume) va pasport nusxasi (pdf);

c) fotosurat (jpeg);

d) chop etilgan ilmiy maqola yokii tezislar nusxasi (mavjud bo'lgan taqdirda);

e) qonun hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning nusxasi;

f) IELTS bo'yicha kamida 6,5 ball va undan yuqori, Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) bo'yicha kamida В2 va undan yuqori, TOEFL IBT bo'yicha kamida  79 va undan yuqori ballik ko'rsatkichi bo'lgan sertifikat nusxasi (amal qilish muddati o'tmagan bo'lishi kerak).

Magistraturaga kiruvchilarga mutaxassislik fanidan kirish test sinovlarining o’tkazilish sanasi  Examus Proctoring tizimi orqali har bir talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganidan so’ng, unga har qanday qo’shimcha va o’zgartirish kiritish qat’iyan man etiladi.

Saytdagi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar