Версия для печати
Seshanba, 29 Mart 2022 17:43

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining talabalari ishtirokida Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi 92-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2022-yilga muljallangan yillik kalendar-reja ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 29 -mart kuni «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi, universitet talabalari hamda universitet kafedra mudiri Mastura Siddiqova bilan hamkorlikda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Muzeyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 apreldagi qaroriga asosan Behbudiy tavalludining 145 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan uy-muzeyda ulug‘ ma’rifatparvar, noshir, jurnalistning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, o‘sha davr madaniyati, ma’rifati, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan bir qancha ma’rifatparvar olimlarning fotosuratlari, ilmiy asarlari gazeta va jurnallar kabi qator ashyolar mavjud.

O'qilgan 2258 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar