Версия для печати
Seshanba, 24 May 2022 14:15

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari Samarqand shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari bilan uchrashdi

Joriy yilning 23-may kuni Samarqand shahrining asosiy diqqatga sazovor joyi – Registon maydonida, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi vakillarining Samarqand shahar Prezident maktabi o‘quvchilari bilan norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Turizm va madaniy meros vazirining investitsiyalar, turizm klasterlari va litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Zikrillayev, Turizm sohasida kadrlar tayyorlash va ilm-fanni targ‘ib qilish boshqarmasi boshlig‘i A.Eshtaev, shuningdek, “Ipak yoʻli” universiteti vakillari – birinchi prorektori J.Eltazarov, universitet yoshlar yetakchisi – S.Xaydarovlar ishtirok etdi.

N.Zikrillayev, oʻz nutqida, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tahsil olayotgan salohiyatli kadrlarni tayyorlash muhimligi haqida so‘z yuritdi. E’tiborlisi, uchrashuvda ishtirok etgan Prezident maktabi o‘quvchilarining aksariyati bitiruvchilar bo‘lib, ularning koʻpchiligi “Ipak yo‘li” universitetiga o‘qishga kirish niyatida.

Registon maydoni maʼmuriyati tomonidan Prezident maktabi oʻquvchilari uchun madrasalar boʻylab sayohat uyushtirilib, mazkur majmuaning tarixi haqida batafsil maʼlumot berildi.

O'qilgan 3167 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar