Версия для печати
Dushanba, 13 Iyun 2022 10:20

Qizlarimiz oilaviy hayotga tayyormi?

Qizlarimiz oilaviy hayotga tayyormi? PR & Press Department © All Rights Reserved

Ushbu savolga javob topish maqsadida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, psixolog D.Turdiyeva 5-son talabalar turar-joyiga tashrif buyurishdi.

Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-qizlar oʻrtasida muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan navbatdagi yigʻilish davra suhbati shaklida tashkil etildi. Turmush qurish boʻsagʻasida turgan va boʻlajak onalar boʻlgan goʻzal qizlarimiz bilan “Qiz bola – onaning malhami joni”, “Yaxshiliklar kaliti nimada?”, “Nikohdan oldingi homiladorlikka fikringiz”, “Oila va nikoh tushunchalariga munosabatingiz”, “Oilada ayolning oʻrni” mavzularida dildan suhbatlashildi. Bahs-munozara shaklida oʻtgan samimiy suhbatda oila va nikoh, oila quruvchi yoshlarning oʻzaro munosabatlari hamda ularning kelgusi avlod oldidagi masʼuliyati toʻgʻrisida fikr yuritildi.

Psixolog D.Turdiyeva talaba qizlarga insondagi eng oliy fazilat -   masʼuliyatlilik borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Hayotda oʻz oʻrnimizni topishda, maqsadlarimizga erishishda muhim omil sanalgan masʼuliyatning psixologik aspektlari mavzusi qizlarda katta qiziqish uygʻotdi.

O'qilgan 2995 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar