Версия для печати
Juma, 17 Mart 2023 12:09

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Samarqandda 16-18 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Boshqaruv Kengashi yig'ilishida volontyorlarni tayyorlashni boshladi!

"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida joriy yilning 16-mart sanasida Samarqandda 16-18 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Boshqaruv Kengashi yig'ilishida volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etish istagida bo'lgan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda boshqaruv yig'ilishini sifatli tashkil etish va uni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida volontyorlarni qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javob berildi.

O'qilgan 1120 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar