Версия для печати
Payshanba, 30 Mart 2023 16:21

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Islombek Rustambekov tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrifi mobaynida kutubxonaga o‘zining mualliflik hamda sud-huquq sohasiga oid kitoblarni sovg‘a qildi.

Ushbu kitoblar yuridik va jismoniy shaxslarning turizm va mexmonxona sohasida foydalanish uchun bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy izlanish va o‘quv jarayonlarida professor-o‘qituvchi va talabalarimizga, shubhasiz, katta foyda keltiradi.

Ta’kidlash joizki, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kutubxonasida  turizm, san’at, tarix, arxeologiya, etnologiya, geosiyosat, iqtisod, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, dizayn, haykaltaroshlik, me’morchilik, madaniy meros sohalaridan tashqari huquq sohasiga oid kitoblar joy olgan.

O'qilgan 1283 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar