Версия для печати
Juma, 14 Aprel 2023 13:42

Universitetimiz talabalari Xiva shahriga amaliy sayohat qildi

Joriy yilning 13-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tomonidan talabala-yoshlarni O‘zbekistonning boy turizm salohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Xiva shahriga amaliy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida talaba-yoshlar Xiva shahrining madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan yaqindan tanishdilar.

Universitet tomonidan tashkil etiladigan ommaviy turistik sayohatlar, mamlakatimiz ichki turizmini rivojlantirish bilan birga jamoada ish samaradorligini yanada oshirishga, universitet talaba-yoshlarini jipsligini, ahilligini  ta’minlashga xizmat qiladi.

O'qilgan 1402 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Barcha yangiliklar