Версия для печати
Payshanba, 15 Iyun 2023 08:39

“Ipak yo‘li” universiteti talabalari “Zakovat”da ishtirok etishdi

Joriy yilning 14-iyun kuni universitetimiz talabalari qiziqarli “Zakovat” intellektual o‘yinida ishtirok etib, o‘z iqtidorlari va intellektual qobiliyatlarini namoyish etdilar. Tadbir yoshlar oyligi doirasida Yoshlar markazida tashkil etilib, turli ta’lim muassasalaridan ko‘plab ishtirokchilar ishtirok etishdi.

“Zakovat” - bu nafaqat ishtirokchilarning bilimini, balki ularning mantiqiy fikrlashi, jamoaviy ishlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini ham sinovdan o‘tkazadigan o‘yin. Talabalar bilimdonligi va jamoada ishlash qobiliyatlari bilan qiyinchiliklarni yengib, yuqori natijalarga erishdilar.

O'qilgan 775 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Barcha yangiliklar