Версия для печати
Seshanba, 25 Iyul 2023 12:21

Mahallalardagi yoshlarning holidan xabar olish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yildi!

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning holidan xabar olish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yildi. Bu borada mas’ullarga kerakli ko‘rsatmalar berilib, mahalla yoshlariga biriktirildi.

Jumladan, "Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov ham o’ziga biriktirilgan “Kaftarxona” mahallasida istiqomat qiladigan Nu’manova Shahlo bilan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida birinchi prorektor J.Eltazarov Sh.Nu’manovaning murojaatlarini eshitib, ularni   hal etish  yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirdi.

O'qilgan 1020 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar