Версия для печати
Juma, 15 Sentyabr 2023 10:48

O‘quvchi yoshlar Ella Mayar ijodidan bahramand bo‘lishmoqda

Shu kunlarda Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tasarrufida tashkil etilgan “Art station by Silk Road University” galereyasining “Ichki ufq: O‘zbekiston 1930 yillarda Ella Mayar suratlarida” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduxakimovning tashabbusi bilan 14-sentabr kuni Samarqand viloyati xalq ta’limi va maktabgacha ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ushbu san’at galereyasiga amaliy ekskursiyasi tashkil qilindi. Ekskursiya 8-sentabrdan boshlanib 8-oktabrgacha davom etadi. Tadbir davomida Samarqand shahrida joylashgan barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilarining galerayaga tashrifi maqsad qilib olingan.

O'qilgan 1185 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar