Версия для печати
Seshanba, 19 Sentyabr 2023 10:33

Universitetimiz kutubxonasi Xitoyning noyob qo‘lyozmalari bilan boyidi

Joriy yilning 18-sentabr kuni Xitoy davlatining Shandun provinsiyasi partiya komiteti tomonidan Samarqand viloyat hokimligiga berilgan 9 tomdan iborat noyob qo‘lyozma nusxalaridan iborat kitoblar to‘plami universitetimiz kutubxonasiga topshirildi. Ushbu noyob manbalarni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov nomidan viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov topshirdi. Kitoblarni universitetimiz Birinchi prorektori, prof. J.Eltazarov qabul qilib, ushbu qimmatli manbalar oliygohimiz professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun zarur bilim manbai bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi va viloyat hokimiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. 

O'qilgan 928 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar