Версия для печати
Chorshanba, 01 Noyabr 2023 14:58

Turizmda nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligi malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi

“Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan universitetimiz talabalariga jahon brendlari ega mehmonxonalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Samarqand shahridagi “Hilton Garden Inn” mehmonxonasida universitetimiz talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi. Mehmonxona bosh menejeri Dmitriy Karpov bilan birga, talabalar mehmon maydoni, fitnes markazi, konferentsiya zallari va mehmonxona xonalari bilan tanishtirildi. Mehmonxona bosh menejeri har bir bo‘limning vazifalari, mehmonxona siyosati va maqsadlari haqida tushunchalar berdi. Shuningdek, “Mehmondo‘stlik sohasida tadbirlarni tashkil etish” mavzusida taqdimot qilindi.

O'qilgan 489 marta
Kategoriya Talabalar hayoti

Barcha yangiliklar