Версия для печати
Juma, 10 Noyabr 2023 15:55

UNWTO tadbirlarida faol ishtirok etgan talabamizga Minnatdorchilik xati keldi

Ma’lumki, joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda universitetimiz talaba-yoshlari ham volontyor sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Kuni kecha Quvayt davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan, O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligiga Quvayt davlati delegatsiyasiga hamrohlik qilgan volontyor talabamiz Erkinov Rustam nomiga Minnatdorchilik xati yuborilgan.

Universitetimiz jamoasi ham ushbu talabamizning nufuzli tadbirdagi samarali mehnatining e’tirofi bilan qutlaymiz. 

Xat ilova qilinadi
Minnatdorchilik xati

O'qilgan 754 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar