×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 13 May 2024 11:30

Universitetimiz Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta'lim, o'qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo'llab-quvvatlash dasturi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

         Joriy yilning 13-14 may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim, o‘qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo‘llab-quvvatlash dasturini yo‘lga qo‘yish maqsadida xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.

         Ushbu Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim dasturi Yevropaning 33 ta davlati (a’zo davlatlar va bog‘langan davlatlar) o‘rtasida ushbu sohalarning barchasida hamkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu 33 mamlakat va butun dunyo uchinchi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik uchun kuchli xalqaro e’tiborga egaligi alohida ahamiyatga ega. Bugun 13-may kuni dasturning 22 ta davlatidan 70 ga yaqin ekspertlar universitetimizga tashrif buyurdi.

         Dastlab seminarda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslaxatchisi Suna Park “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimovning seminar ishtirokchilariga yo‘llagan ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.

         Shundan so‘ng so‘z olgan ekspertlar ushbu xalqaro dasturning ahamiyatli tomonlariga to‘xatilib o‘tishdi. Seminar davom etmoqda.

O'qilgan 254 marta
Kategoriya Yangiliklar

Foto

{gallery}2468{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar