Yangiliklar: Avgust 2024

2024-yil 17-avgust kuni soat 11:00 da (universitet majlislar zalida) “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda:

1. Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Xamzayeva Dilfuza Samarovnaning  08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turistik mahsulotlarni diversifikatsiyalashning iqtisodiy usullarini takomillashtirish” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Dissertatsiya ishi himoyasini quyidagi havola orqali universitet ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda kuzatish mumkin. https://youtube.com/@silkroad-internationaluniv577?si=Q6aAkmA1hOUKekH-

Kategoriya E'lonlar

Ta’til kunlarida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti sport zalida Samarqand shahridagi qator mahallalar ishtirokida “Quvnoq startlar” musobaqasi tashkil qilindi. Mahalla yoshlarining tashabbuskorligi, epchilligi va chaqqonligi musobaqaning yanada ko‘tarinki o‘tishiga xizmat qildi.   

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-12 avgust kunları Vengriya Respublikasining poytaxti Budapesht shahrida va Kechkemet viloyatining tarixiy Bugach tumanidagi bo'z qirlarda 9-Hun-Turk Qurultoyi bo'lib o'tdi.

Dunyodagi 20dan ziyod mamlakatlardan Turkiy va Hun aslli xalqlarning 200dan ortiq olimlari, san'atkorlari va hunarmandlari, fan va madaniyat arboblari ishtirok etgan ushbu Qurultoyda universitetimiz vakili, turkolog-olim, prof. Jo'liboy Eltazarov ham ishtirok etmoqda.

Har ikki yilda Mojor-Turk Jamg'armasi tomonidan Vengriya hukumati shafeligida tashkil etiluvchi bu ilm-fan, madaniyat va san'at qurultoyida Hun-Turk Dunyosining dolzarb va joriy muammolari muhokama etiladi hamda qardosh xalqlarning qadimiy madaniyat, san'at, etnografik an'analarini asrab qolish hamda qaytadan jonlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinadi.

Universitetimiz vakili Qurultoy doirasiada o'tkazilgan ilmiy anjumanda Turkiy Dunyoning geopolitikasi xususidagi o'z qarash va tushunchalarini bayon qildi.

Kategoriya Yangiliklar

2024-yilning 8-13-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida “Yoshlar - kelajak bunyodkorlari!” III xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda respublikamizning barcha hududlari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari delegatlaridan tashqari universitetimizning xorijiy talabalaridan iborat jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Besh kun davomida qurultoyda turizm va ekologiya sohasidagi ko‘plab loyiha va festivallar yorqin lahzalarga boy bo‘ldi.

Maqsad yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni turizm sohasiga keng jalb etish, yosh avlodning ekologiya va turizm sohasidagi istiqbolli g‘oyalari hamda loyihalarini ro‘yobga chiqarishdir.

Qurultoy doirasida har kuni bir qator tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya va loyihalar tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamda madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, “Yosh ekologlar” harakati va Yosh turizm elchilari Kengashiga saylovlar o‘tkazildi.

Qurultoy doirasida xorijiy delegatsiyalar o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida xorijlik talabalardan iborat universitetimiz jamoasi  1-o‘rinni egalladi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 09 Avgust 2024 17:06

E’lon

Magistratura yo‘nalishi talabalari diqqatiga!

Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari 2024-yil 9-sentabrda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Magistrlik ishlaringizni bir nusxada nashr qilgan holda Magistratura bo‘limiga, 101-xona, taqdim etishlaringizni so‘raymiz. Barcha magistrlik ishlari plagiat reporti bilan qabul qilinadi.

Muddat: 29-avgust, 2024-yil

P.S. Semestr davomida fanlardan qarzdorligi mavjud talabalar yakuniy davlat attestatsiya jarayonlariga qo’yilmaydi. Qarzdor talabalar bo’lsa Magistratura bo’limiga murojaat qilishlariz mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Universitetimiz xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Abbasovaga Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Oqila ayollar” harakati tashkil bo‘lganligining 2 yilligi munosabati bilan viloyat hokimligining Tashakkurnomasi topshirildi. Tashаkkurnoma  viloyat hokimi o‘rinbosari Z.Raxmonova tomonidan topshirilib M.Abbasovaning “Oqila ayollar” harakatidagi amaliy ishlari, jonkuyarligi va tashabbuskorligi alohida e’tirof qilindi. Universitetimiz jamoasi ham M.Abbasovani ushbu e’tirof bilan qutlagan holda u kishining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 9-avgust kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro  universiteti Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov va boshqa mutasaddilar universitetga qarashli DXSH asosida qurilgan Talabalar turar joyining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, yaratilgan shart-sharoitlarni o'rgandi va mutasaddilarga mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan zarur ko'rsatmalar berdi.

Kategoriya Yangiliklar

Yaponiyaning Toyo universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari dastlab universitetimizning zamonaviy smart-kampusiga sayohat uyushtirdi. Shundan so‘ng mehmonlarni  universitetimiz birinchi prorektori D.Nasimov kutib oldi va ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. O‘zaro suhbat jarayonida Professor Nami Hirahata universitetimiz rektori A.Abduxakimovga Toyo universiteti rektorining hurmat va ehtiromini yetkazdi.

Kategoriya Yangiliklar

Yoz kunlarida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini namunali tashkil qilishda universitetimiz ham faollik ko‘rsatib kelayapti. Xususan oliygohimiz atrofida joylashgan mahalla yoshlari uchun universitetimizda qator sport musoboqalari tashkil qilinayapti. Kuni kecha oliygohimiz  sport zalida qator mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

Xalqaro seminar joriy yilning 3-16-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilib anjuman "Ipak yo'li madaniyati va turizmini rivojlantirish bo'yicha seminar: Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniyat va turizmni tadqiq qilish imkoniyatlarini oshirish" mavzusiga bag‘ishlandi.

 Seminarning ochilish marosimi 5-iyul kuni Xitoyning Beijing International Studies universitetida bo'lib o'tdi. Xalqaro anjumanda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Taʼlim va muasassalarini boshqarish boʻlimi boshligʻi J.Matkarimov va universitetimiz prorektori Tongqian Zuo ishtirok etdi va oliygohning ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsiyalari yuzasidan ma’ruza qildi.

14 kun davom etgan seminarda Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti professorlari tomonidan “Madaniyat va turizmda sifatli tadqiqot usullari”, “Madaniyat va turizmda miqdoriy tadqiqot usullari” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qishdi. Ahamiyatlisi, ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va turli mavzularda ko‘plab savollar berildi. Xalqaro seminar ishtirokchilari Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasining Qufu shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon sivilizatsiyalari bo‘yicha o‘ninchi forumi”da ham faol ishtirok etishdi.  

Seminar dasturi doirasida ishtirokchilar Xitoy milliy muzeyi, Buyuk Xitoy ibodatxonasi va Pekin muzeyida bo‘lib, Xitoyning boy madaniy merosi va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek qatnashchilar Shandun provinsiyasi markazi Jinan shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar forumida ham ishtirok etdi. Mazkur forumda yoshlar o‘rtasida turizm va madaniy meros sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi loyihalar yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xalqaro seminarda muhokama etilgan istiqbolli loyihalar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turizm va madaniy meros sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, turizm sohasida yangi imkoniyatlar ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar