Yangiliklar: Avgust 2024

Yaponiyaning Toyo universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari dastlab universitetimizning zamonaviy smart-kampusiga sayohat uyushtirdi. Shundan so‘ng mehmonlarni  universitetimiz birinchi prorektori D.Nasimov kutib oldi va ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. O‘zaro suhbat jarayonida Professor Nami Hirahata universitetimiz rektori A.Abduxakimovga Toyo universiteti rektorining hurmat va ehtiromini yetkazdi.

Kategoriya Yangiliklar

Yoz kunlarida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini namunali tashkil qilishda universitetimiz ham faollik ko‘rsatib kelayapti. Xususan oliygohimiz atrofida joylashgan mahalla yoshlari uchun universitetimizda qator sport musoboqalari tashkil qilinayapti. Kuni kecha oliygohimiz  sport zalida qator mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

Xalqaro seminar joriy yilning 3-16-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilib anjuman "Ipak yo'li madaniyati va turizmini rivojlantirish bo'yicha seminar: Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniyat va turizmni tadqiq qilish imkoniyatlarini oshirish" mavzusiga bag‘ishlandi.

 Seminarning ochilish marosimi 5-iyul kuni Xitoyning Beijing International Studies universitetida bo'lib o'tdi. Xalqaro anjumanda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Taʼlim va muasassalarini boshqarish boʻlimi boshligʻi J.Matkarimov va universitetimiz prorektori Tongqian Zuo ishtirok etdi va oliygohning ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsiyalari yuzasidan ma’ruza qildi.

14 kun davom etgan seminarda Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti professorlari tomonidan “Madaniyat va turizmda sifatli tadqiqot usullari”, “Madaniyat va turizmda miqdoriy tadqiqot usullari” kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qishdi. Ahamiyatlisi, ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va turli mavzularda ko‘plab savollar berildi. Xalqaro seminar ishtirokchilari Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provinsiyasining Qufu shahrida bo‘lib o‘tgan “Jahon sivilizatsiyalari bo‘yicha o‘ninchi forumi”da ham faol ishtirok etishdi.  

Seminar dasturi doirasida ishtirokchilar Xitoy milliy muzeyi, Buyuk Xitoy ibodatxonasi va Pekin muzeyida bo‘lib, Xitoyning boy madaniy merosi va tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek qatnashchilar Shandun provinsiyasi markazi Jinan shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar forumida ham ishtirok etdi. Mazkur forumda yoshlar o‘rtasida turizm va madaniy meros sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va yangi loyihalar yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xalqaro seminarda muhokama etilgan istiqbolli loyihalar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi turizm va madaniy meros sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, turizm sohasida yangi imkoniyatlar ochishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kategoriya Yangiliklar
3 dan 3 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar