Xalqaro ta’lim dasturlari bo’limi

 

Bo’lim boshlig’i: 

Telefon: +998 95 411-40-22

Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘limi "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universitetining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bo‘limning maqsadi chet el universitetlar va xalqaro tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish, muzokaralar o‘tkazish va yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Bo‘lim "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti va Jakartadagi Sahid politexnika, Surakartaning Sahid turizm instituti va Xitoyning Guilin turizm universitetlari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan qo‘shma ta’lim dasturlariga (Double degree) talabalarni qabul qilishni tartibga solishga mas'uldir. Bo‘lim shuningdek universitetga tashrif buyuradigan xorijiy o‘qituvchi, mutaxassis va talabalarga viza masalalarida, turar joy va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarida yaqindan yordam beradi. Bundan tashqari, bo‘lim Universitet tashabbusi bilan o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar va seminarlarni qo‘llab quvvatlaydi va tashkiliy ishlariga ko‘mak beradi.
Ayni paytda, "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti TedQual sertifikatiga ega bo‘lish uchun BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bilan hamkorlik qilmoqda. BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) universitetga veb seminarlar to‘plamini va malakali o‘qituvchilarni jalb qilish ishlarini rejalashtirmoqda. Yaponiya Turizm Byurosi (JTB) universitet strukturasini yaxshilashga yordam beruvchi seminarlar rejalashtirmoqda. Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘limi BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) va Yaponiya Turizm Byurosi (JTB) bilan muzokaralar olib boruvchi, universitet salohiyatini kengaytirishga va yuqori xalqaro standartlarga erishishga yordam beruvchi mas'ul bo‘im hisoblanadi. Ushbu loyihalar bilan bir qatorda bo‘lim, shuningdek, xorijiy hamkor universitetlar bilan kredit mobilligini, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini va o‘qituvchilarni tayyorlash dasturlarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Xorijiy o‘qituvchilar va talabalar biz bilan elektron pochta yoki telefon orqali bog‘lanishlari mumkin.
Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘limi
3-qavat, 304-xona

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar