Turizm menejmenti kafedrasi

 

Kafedra mudiri: Akmaljon Odilov Odilovich

Telefon: 

Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kafedra o'qituvchilari

Kafedra universitetning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Kafedraning asosiy maqsadi – o’quv jarayonini sifatli tashkil etish, o’quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlarni kelishilgan holda amalga oshirish, shuningdek, o’quv jarayoni, loyihali va professional faoliyatni integrasiyalashuviga asoslangan eng samarali o’quv texnologiyalarini ishlab chiqish va quyidagi mutaxassisliklar va ta’lim yo’nalishlari bo’yicha fanlarni o’qitishni taklif etadi:

  • Turizm sohasida marketing;
  • Menejment: rekreasiya va sayohatlarni boshqarish;
  • Menejment: turizm biznesini boshqarish;
  • Menejment: mehmonxonalarni boshqarish;
  • Menejment: madaniy merosni boshqarish;
  • Menejment: xalqaro mehmondo’stlik va turizmni boshqarish;
  • Menejment: restoran biznesini boshqarish.

Kafedraning maqsadi – XXI asrda biznesning dinamik va global muhitida tashkilotlarni muvaffaqiyatli boshqarishga qodir bo’lgan turizm, mehmondo’stlik va xizmat ko’rsatish sohasidagi professional menejerlarni tayyorlash va rivojlantirishdir.

Kafedraning asosiy vazifalari

O’quv ishlari bo’yicha:

Kafedra faoliyatini diversifikasiya qilish, ta’lim xizmatlari bozorida talab ortib borayotgan yangi turdagi o’qitish turlarini rivojlantirish.

Zamonaviy o’quv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, o’qitishning mazmuni va uslubini takomillashtirish. Talabalarning savollari va so’rovnomalaridan foydalangan holda nazorat jarayonini ta’minlash, shuningdek, o’quv jarayoniga test tizimini joriy etish. Kafedra saytini rivojlantirish, mashg’ulotlarni auditoriya xonalari bilan almashtirib masofaviy dars o’tish imkonini beradigan o’quv-uslubiy materiallarni joylashtirish.

Ilmiy ishlar bo’yicha:

Menejment nazariyasi va amaliyoti sohasida kafedraning raqobatdoshligini oshirish. Ilmiy mavzular va konsepsiyalarni ishlab chiqish:

  • zamonaviy turizmni boshqarish nazariyasi va metodologiyasini ishlab chiqish;
  • turizm va mehmonxona xo’jaligida strategik menejment nazariyasini ishlab chiqish;
  • turizm sohasida innovasiyalar va investisiya faoliyatini boshqarish;
  • iqtisodiyot, turizm va xizmat ko’rsatish sohalari, tarmoqlari va majmualarini, korxonalarni tashkil etish va boshqarish;
  • menejmentda marketing yondashuvi va turizmning turli sohalarida marketingning o’ziga xos xususiyatlaridan foydalanish;
  • rivojlanishni boshqarish, sayyohlik agentliklarining raqobatbardoshlik omillariga noan’anaviy yondashuv.

Kafedraning rivojlanish tamoyillari

  • Tuzilma, rejalar, strategiyalarning ochiqligi;
  • o’quv va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uslublari, vositalari, usullari va tartiblarining texnologik jihatlari;
  • korporativlik – umumiy maqsad sari intilish, imijni mustahkamlash, bajarilgan ishdan mamnunlik va uning samaradorligini oshirishga hissa qo’shadigan an’ana, ijtimoiy qadriyatlarni birlashtirish va rivojlantirish asosida bo’lim maqsadlari va bosh g’oyasi yo’lida birlashadigan yagona jamoa ruhini yaratish;
  • integrasiya (kafedra atrofida kommunikasion aloqalar tizimini yaratish, uning bitiruvchilarini kafedra manfaatlari yo’liga jalb etish);
  • anketalar, konferensiyalar orqali olingan bilimlarni baholash asosida aloqalarni amalga oshirish, bitiruvchilarni kafedraning ilmiy va o’quv ishlariga jalb qilish;
  • bo’limning raqobatdosh ustunliklarini rivojlantirish (mavjud raqobatni rivojlantirish va yangi raqobatdosh ustunliklarni yaratish).

Kafedraning funksiyalari

  • Zamonaviy menejment usullari va texnologiyalaridan foydalangan holda professional o’qitish va qayta tayyorlashda ishtirok etish;
  • fan va amaliyot sohasidagi bilimlarni, shu jumladan internet tarmog’ida, o’quv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish orqali tarqatish;
  • turizm va ijtimoiy xizmat sohalarida kasbiy ta’lim bo’yicha tadqiqotlar va ishlanmalar, ilmiy jurnallarda ilmiy tadqiqotlar natijalarini e’lon qilish, kafedra olimlarining xalqaro, milliy, mintaqaviy, sohalar bo’yicha va boshqa ilmiy-amaliy konferensiyalarda, forumlarda ma’ruzalar va ma’lumotlar bilan chiqishlari;
  • intellektual salohiyatni to’ldirish va kafedra xodimlarini doimiy ravishda o’qitish.

Bugungi kunda kafedrada 10 nafar o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan uchtasi fan doktori, professor, to’rt nafar fan nomzodlari, dosentlar. Bundan tashqari, turizm bo’yicha ma’ruzalar Ispaniya, Indoneziya va Xitoydan taklif etilgan professorlar tomonidan o’tkaziladi.

Turizm va mehmonxona xo’jaligiining ishlab chiqarish bazasida kasbiy sikl fanlari bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etiladi, ishlab chiqarish amaliyotlari va stajirovkalar, faol turizmning amaliy loyihalari hayotga tatbiq etiladi. Ushbu texnologik maydonlar bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashda asosiy hamkorlardir.

Professional ta’lim (turizm) yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar Italiya, Germaniya, Turkiya va Indoneziyaning turistik va mehmonxona profilidagi korxonalarda amaliyot o’tashdi.

Professional ta’lim (turizm) uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha ishda kafedra asosiy tushunchalarni amaliy ko’nikmalar bilan birgalikda professional til asosida o’rganishga asoslangan talabalarni innovasion va loyihaviy tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.

Kadrlar tayyorlashning bu kabi yondashuvi zamonaviy iqtisodiyotning jahon standartlari talablariga javob beradigan barcha talablarini hisobga olgan holda universitet bitiruvchilarining kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ijtimoiy-psixologik va pragmatik-funksional moslashuvini maksimal darajada oshirishga qaratilgan.

Kafedra tarkibida talabalarning ilmiy to’garaklari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ish olib boradi:

  • Turizm sohasidagi menejment va tadbirkorlik (rahbar: Abdusaidova Sh.Ya.);
  • Mehmonxona xodimlarini tayyorlashning ilmiy va amaliy xususiyatlari (ilmiy rahbar: Nimatov I.X.)

Talabalar to’garaklari doirasida izlanishlar, ilmiy-tadqiqot, individual va guruhli loyihalarni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ekspedisiyalari shaklidagi amaliy ishlar olib borilmoqda. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko’ra, so’nggi yilda kafedra professor-o’qituvchilari rahbarligida va talabalar tomonidan 30 ta ilmiy ishlar chop etildi, shundan:

  • 17 – RINS ma’lumotlar bazasi tomonidan indekslangan to’plamlarda;
  • 3 – Oliy Attestasiya Komissiyasi nashrlarida;
  • 5 – xalqaro to’plam va jurnallarda.

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar