YUNESKONING “BUYUK IPAK YO‘LI BO‘YLAB BARQAROR MEROS TURIZM” KAFEDRASI FAOLIYATI XUSUSIDA

Ushbu loyiha Ipak yo‘li bo‘ylab barqaror turizmdan foydalanishga e’tibor qaratish orqali madaniy meros turizmini rivojlantirishga e’tibor qaratilganligibilan ahamiyatli hisoblanadi.

Loyihaning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Ipak yo‘li bo‘ylab barqaror madaniy meros turizmining tahliliy markazni tashkil etish orqali uni rivojlantirishning nazariy tizimini yaratish va kelajakda barqaror madaniy meros turizmini rivojlantirishda etakchi rol o‘ynaydigan professional bilimlarni ishlab chiqish.

2. Oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limi bo‘yicha jamoatchilik platformasini yaratish, shuningdek, Ipak yo‘li bo‘ylab iqtidorli bo‘lgan yoshlarni aniqlash bilan birga akademik hamkorlik va almashinuvni kuchaytirish, yoshlar uchun mavjud bo‘lgan o‘quv materiallarini yaratish uchun onlayn ta’lim hamjamiyatini yaratish;

3.Madaniy meros bilan bog‘liq turizm laboratoriyalarini tashkil etish va jahon madaniy merosi ob’ektlari va sayyohlik qishloqlari bo‘yicha maslahatlar berish, madaniy merosni raqamlashtirish va ulardan foydalanishni rivojlantirish va uni boshqarish samaradorligini oshirish.

4. Ushbu yo‘nalishda madaniy meros resurslaridan foydalanish, orqali xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlari va ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligiga erishishni tezlashtirish bo‘yicha professional tavsiyalar berish;

Loyiha doirasida “Ipak yo‘li” nazariy tadqiqotlarining kompleks tizimi yaratiladi va madaniy merosni raqamlashtirishilishi tezlashtiriladi. Bu esa turizmning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Loyiha BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish kun tartibidagi ijobiy roli bilan yakunlanadi.

Birinchi strategik maqsad: sifatli, adolatli va inklyuziv ta’limni ta’minlash va har bir kishi uchun umrbod ta’lim imkoniyatlarini rag‘batlantirish, xususan, tengsizlikni kamaytirish, o‘quvchilar va ijodiy jamiyatlarning rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat.

Ikkinchi strategik maqsad: fan, texnologiya, innovatsiya va tabiiy merosni rag‘batlantirish orqali barqaror jamiyatlarni yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni yangi bosqchga olib chiqish.

- Iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillik, suv resurslari va okeanlarni boshqarish bo‘yicha harakatlar uchun bilimlarni kengaytirish va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish

- Fan, texnika va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Uchinchi strategik maqsad: so‘z erkinligi, madaniy xilma-xillikni targ‘ib qilish, global fuqarolikni tarbiyalash va madaniy merosni himoya qilish orqali inklyuziv, adolatli va tinch jamiyatlarni qurish.

Ipak yo‘li barqaror madaniy meros turizmi bo‘yicha tahlil markazini tashkil etish orqali turizmni rivojlantirishning nazariy tizimini yaratish va kelajakda ushbu loyiha doirasida barqaror madaniy meros turizmini rivojlantirish hamda etakchi rol o‘ynaydigan professional bilimlarni ishlab chiqarishga ahamiyat qaratiladi.

Saytdagi yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar