Yuksak e'tirof

Yuksak e'tirof (12)

2022-yilning 9-noyabr kuni Tokiodagi Imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovga “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, ordenni Yaponiya imperatori Naruxito Bosh vazir Fumio Kishido ishtirokida topshirdi.
 
Aziz Abduhakimovning “Chiqayotgan Quyosh Katta Kordon Ordeni" bilan taqdirlanishi Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi e’tirof etilganini tasdiqlaydi.


 
Bu orden 1875-yildan beri berib kelinayotgan bo’lib, Yaponiyadagi eng qadimgi va "Chiqayotgan Quyosh Ordeni"ning eng yuqori darajasi (6-daraja) hisoblanadi.

Payshanba, 22 Fevral 2024 16:59

YUKSAK E'TIROF

Автор

Ma'lumki,  Samarqand Turkologiya maktabi  vakillari tomonidan fan hamda tadqiqotlarga qo'shilayotgan hissa dunyo turkologiya markazlari tarafidan e'tirof etilmoqda. Yaqinda qardosh Turkiya Respublikasining  Istanbul universiteti huzuridagi mashhur Turkologiya instituti tomonidan taniqli turkolog-olim, universitetimizning Birinchi prorektori prof.Jo'liboy Eltazarovga bu ilmiy markazda 1925 yildan  beri nashr etilib kelinayotgan ''Türkiyat Mecmuası''dan (''Turkologiya Jurnali'')  ushbu obro'li ilmiy nashrning faoliyatiga tahrir hay'ati a'zosi sifatida hamkorlik qilish xususida taklif keldi.

Turkologiya, o'zbek tilshunosligi, Turk Dunyosi tadqiqotlari sohalariga doir 20 ta kitob, darslik va monografiyalar va 200 dan ziyod maqolalarning muallifi, keyingi yillarda turk va jahon ilmiy nashrlarida turkologiyaning dolzarb muammolariga 20 dan oid maqolalari turli tillarda e'lon qilingan samarqandlik olim ana shu xizmatlari uchun ''Türkiyat Mecmuası''ning tahrir hay'ati a'zoligiga munosib ko'rildi.

          ''Ulug' Otaturkning tashabbusi  bilan tashkil etilgan Istanbul Universiteti huzuridagi Turkologiya institutining ''Türkiyat Mecmuası'' jurnali tahrir hay'ati a'zosi bo'lish mamlakatimiz hamda Samarqand davlat universitetidagi turkologiya tadqiqotlariga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilaman hamda bu tabarruk ilmiy nashrning faoliyatida faol ishtirok etish uchun butun kuch-g'ayratlarimni sarflayman', deb yozadi olim o'zining javob maktubida.

Eslatib o'tamiz, prof. Jo'liboy Eltazarov 2020-yildan beri Türk Dil Kurumu(''Turkiya Til akademiyasi'') muxbir a'zosidir va olim 2023-yilda TurkSOY tarafıdan xalqaro Chingiz Aytmatov medali bilan taqdirlangan edi.

Prof. Dr. Juliboy ELTAZAROV.pdf

Yana bir xushxabar universitetimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, prof. Tony Zou Samarqandda bo‘lib o‘tgan COP14 xalqaro konferensiyasi doirasida "Tabiat himoyachisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.  Mukofotni O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, rektorimiz Aziz Abduxakimov topshirdi.

Universitetimiz jamoasi prof. Tony Zouni ushbu mukofot bilan chin dildan qutlab,  muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini tilab qoladi. 

         Har bir oliy ta’lim muasassasining ilmiy darajasini jamoada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘qituvchilarning fanda erishgan yutuqlari, nufuzli jurnallarda chiqqan maqolalari, ilmdagi unvonlari belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo‘lsak, universitetimiz pedаgogik jamoasining ilmiy salohiyati kun sayin oshib bormoqda. Navbatdagi xushxabar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti kengashining tavsiyasiga ko‘ra, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Mansurova Nargiza Shamsidinovnaning “Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni tasdiqlandi.

         Universitetimiz jamoasi ham Nargiza Shamsidinovnaga ilmiy soha taraqqiyoti yo‘lida yuksak muvaffaqiyatlari muborak bo‘lsin va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz.

Payshanba, 18 Yanvar 2024 16:58

Universitetimiz ilmiy salohiyati yanada mustahkamlanmoqda

Автор

     “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi  DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda 2023-yil  25-noyabr kunida 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari)  ixtisosligidan “Hududlarda ishbilarmonlik turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan universitetimizning Axborot-resurs Markazi xodimi  Siroj Samiyevga yaqinda O’zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan tegishli ilmiy daraja berildi.

     Universitetimizning Birinchi Prorektori prof. J.D.Eltazarov 18-yanvar kuni  bizning OTM xodimlari orasidan DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda birinchi bo‘lib dissertatsiya himoya qilgan  Siroj Samiyevni rahbariyat nomidan bu muvaffaqiyat bilan qutladi hamda unga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomini topshirdi.

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz 3-bosqich talabasi Zuhra Baxromqulova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz talabasi Shahrizoda Oromjonova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

Yangi yil bayrami arafasida yana bir xush xabar universitetimiz 3-bosqich talabasi Fotima Baxromqulova “Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Talabamizni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi “2023-2024 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi  talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash to‘g‘risida”gi 516-son buyrug‘iga muvofiq  , “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mustafaqulova Sabina Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.

Talabamizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!

   “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining birinchi рrorektori, taniqli turkolog-olim, filologiya fanlari doktori, profеssor Jo‘liboy Eltazarov shu kunlarda Turkiya Respublikasining Anqara shahrida bo‘lib turibdi. 6-iyun kuni olimga Turkiy Davlatlar Tashkiloti huzuridagi Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti -TurkSOY tomonidan ta’sis etilgan Chingiz Aytmatov medali topshirildi. Professor Jo‘liboy Eltazarov dunyo va turkiy adabiyotning buyuk namoyandasi Chingiz Aytmatov nomi bilan ataluvchi ushbu medal bilan turkiy til, madaniyat va san’atni uzoq yillar davomida chet ellarda targ‘ib qilishdagi hamda turkiy xalqlar o‘rtasida qardoshlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

     TurkSOYning Anqaradagi markaziy ofisidagi yig‘inda tashkilot Boshqaruvi raisi o‘rinbosari professor Bilal Chakiji gulduros qarsaklar ostida ushbu medalni  professor J.Eltazarovning  ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Olim o‘zining mukofotga javoban so‘zlagan qisqa nutqida TurkSOY Boshqaruviga kamtarona mehnatlarini yuqori baholangani uchun tashakkur aytdi va bundan buyon ham turkiy til madaniyatlarni o‘rganish va targ‘ib qilishga bor kuchini sarflashini ta’kidladi. Universitet jamoasi, professor, o‘qituvchilari ham ustozimizning ushbu ulkan yutug‘i bilan muborakbod etadi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros

 xalqaro universiteti matbuot xizmati

Saytdagi yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar