Bugun 21-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining 1-bosqich TTE-124 guruh talabalari uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan” - ma’rifat darsi noodatiy tarzda Mahmudxo‘ja Behbudiy yashagan va ijod qilgan uy muzeyida “Ma’rifat darsi” sifatida tashkil qilindi. “Ma’rifat darsi” dastlab ekskursiya bilan boshlanib unga “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi U.Otayorova taklif qilindi.
O‘qituvchi talabalarga ulug‘ ma’rifatparvar, noshir va jurnalistning hayoti va ijodi haqida gapirib berdi.
Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan “Xinjing Chunqiu International Travel Service Co., LTD” kompaniyasi direktori taklif etilgan.
Seminar mavzusi: hinese tourists' consumption behavior in Central Asia Seminar o‘tkazilish vaqti: 24-fevral, 2025-yil soat 15:30-16:30
Seminar o‘tkazilish joyi: Universitet binosi, 229-xona.
Barchaprofessor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar talabalar va qiziquvchilarni ushbu ilmiy seminarga taklif etamiz!
Joriy yilning 21-fevral kuni “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida “Milliy kiyimlar kiyish” haftasi deb e’lon qilindi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar o‘rtasida xalqimizning milliy liboslarni keng targ‘ib qilish maqsadida talabalar universitetga adras, atlas, beqasam kabi xalqimizning milliy matolaridan tikilgan liboslarda kelishdi.
21-fevral kuni Samarqand tumani joylashgan Prezident maktabi huzuridagi Ixtisoslashgan maktabi bitiruvchilari universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oliygohda yaratilgan imkoniyatlar bilan Qabul va marketing bo‘limi boshlig‘i yaqindan tanishtirdi. Muhimi bitiruvchilarning universitetimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortib o‘z kelajagini ushbu oliygoh bilan bog‘lash niyatida ekanligini bildirishdi.
Bugun 21-fevral kuni “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” oyligi doirasida universitetimiz Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot Kengashi tashabbusi bilan universitet talabalarining intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazish hamda intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Bunday intellektual o‘yinlarda talabalarning ishtirok etishi ularning bilimini oshirib, tezkor tafakkur va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyon qiladi.
O‘yin yakuniga ko‘ra,
1- o‘rin Everest-324
2- o‘rin Mastermind
3- o‘rin Finix jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2025-yil 20-fevral kuni Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida tashkil qilingan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiridan maqsad texnikumda 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etish hamda umumta’lim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilariga kelajakda kasb tanlashda ko‘maklashishdan iborat. Ushbu tadbirda Buxoro shahridagi 25 dan ortiq maktablardan jami ming nafarga yaqin bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Texnikum o’qituvchilari va mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda texnikumni tamomlagandan so‘ng ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar va imkoniyatlar bilan ham tanishtirib o’tildi.
2025-yilning 19-fevral kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ilmiy tadqiqotlar hamda Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo'limlari tomonidan universitet 1-bosqich bakalavr talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tanlov talablari hamda talaba-yoshlarda ilmiy maqola yozish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Ilmiy tadqiqotlar bo'limi mutaxassisi N. Xoliqov va Akademik qo'llab quvvatlash bo'limi tyutori P.Islomov talabalarga ilmiy maqola mavzularini to'g'ri tanlash, maqolani yozish va chop ettirish borasida ma'lumot berishdi. Shuningdek, seminar doirasida universitetning iqtidorli talabalari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
2025-yil 20-fevral kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Malayziyaning SIRIM akademiyasi hamda JICA tashkilotining Malayziyadagi vakillari boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan turizm sohasi vakillari uchun "Muslim-friendly tourism" standartlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga JICA va SIRIM tashkilotlarining faoliyati hamda ularning turizm sohasidagi tajribalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, turizm sohasida halol turizm sertifikatlash tizimini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar va tushunchalar taqdim etildi.
2025-yil 17-fevralda "Ipak yo‘li" xalqaro turizm va madaniy meros universiteti O‘zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun GIZ vakillarini taklif etdi.
Seminarni fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tongqian Zou boshqardi. Avvaliga, Barqaror loyihalar bo‘limi rahbari Biti Shoreyt GIZ’ning O‘zbekiston barqaror rivojlanishiga qo‘shgan hissasi haqida qisqacha ma’lumot berdi. So‘ngra, "Qoraqalpog‘iston yo‘nalishlarni boshqarish tashkiloti" nodavlat notijorat tashkiloti direktori Melis Qo‘shnazarov "Qoraqalpog‘iston DMO: yo‘nalishlarni boshqarish orqali turizmni rivojlantirish" mavzusida ma’ruza qildi. U so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonni targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilgan marketing tadbirlarini taqdim etdi. "Qoraqalpog‘iston yo‘nalishlarini boshqarish tashkiloti" nodavlat notijorat tashkiloti yuristi Ajiniyaz Saytaxov esa "O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishda huquqiy va me’yoriy hujjatlarning o‘rni" mavzusida so‘zga chiqdi. Yurist Saytaxov huquqiy va me’yoriy hujjatlarning rivojlanish jarayoni haqida gapirdi.
Talabalar va yosh mutaxassislar uchun Bolgariyada amaliyot o‘tash imkoniyati! Yozni Qora dengiz sohilida yoki qishki ta’tilni tog‘ chang‘i kurortlarida o‘tkazib, mehmonxona biznesida tajriba orttirish va pul ishlash uchun ajoyib fursat!
Shartnoma muddati: 3 oy.
Stipendiya: oyiga kamida 550 yevro.
Ish haqi ish jadvaliga bog‘liq (haftasiga 6 kun, kuniga 8 soat).
Quyidagilar ta’minlanadi:
- Bepul yashash joy va ovqatlanish
- Aviachiptalar
- Tibbiy sug‘urta
- Aeroportdan mehmonxonagacha transport xizmati
Quyidagi lavozimlarga ishchilar kerak:
- Ofitsiantlar
- Barmenlar
- Xona tozalovchilar
- Oshxona xodimlari
Batafsil ma’lumot olish uchun 320-xonaga tashrif buyuring yoki
+998902702528 yoxud +998936650955 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz