press

press

Fransiya poytaxti Parij shahrida "Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi" mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan  ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va ta’lim sohalarida hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

 "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tadbir doirasida Parij shahridagi YSchools universiteti bilan Erasmus+ dasturi bo‘yicha hamkorlikda mobillik loyihalarini amalga oshirish, shuningdek Sorbonne Paris Norde universiteti bilan universitetda ma’ruzalarga Fransuz mutaxassislarini jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

#IJARA
"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti guruh tyutori M.Tilavov talabalarning ijara xonadonlarida bo‘lib, ular bilan yaqindan muloqot o‘tkazdi va yashash shart-sharoitlarini yaqindan o‘rganib kommunal xizmatlardan foydalanishda zarur bo‘ladigan tavsiyalarini berdi.

10-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining professor-o‘qituvchilari hamda xodimlaridan iborat jamoasi Buxorodagi qator tarixiy joylarni ziyorat qilishdi. Universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu ziyorat davomida jamoamiz Labi hovuz, Buxoro Ark saroyi, Minorai Kalon, Sitorai Mohi Xossa, Bahovuddin Naqshband kabi ziyoratgohlarda bo‘lishdi.

“Ipak yo‘li” turizm madaniy merosi xalqaro universiteti yotoqxonasida “Biz yoshlar ommaviy madaniyatga qarshimiz” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi. Yotoqxona talabalaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual o‘yinda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda turli xildagi savollarga javob berishdi. O‘yin yakuni bilan g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

Universitet vakillari Yevropa mamlakatlarining ilg'or tajribalarini o'rganish hamda o'zaro tajriba almashish maqsadida joriy yilning 10-14 mart kunlari L' Aquila Universiteti (Italiya)da o'tkazilishi rejalashtirilgan Erasmus+ dasturining "QUARTZ - O'zbekistonda Oliy ta'lim muassasalarini isloh qilish, o'zgartirish va sifatini ta'minlash" loyihasi doirasida loyiha hamkorlarining uchinchi muvofiqlashtirish seminarida ishtirokini boshladi.

Juma, 07 Mart 2025 15:50

DIQQAT, E’LON!!!

Mobilograflik, fotoapparatda tasvirga olishga, montaj qilishga hamda jurnalistikaga qiziqishi bo‘lgan talabalar diqqatiga!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining PR va matbuot bo‘limi hamda Yoshlar Ittifoqining universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda mobilograflik, fotoapparatda tasvirga olishga, montaj qilishga hamda jurnalistikaga qiziqishi bo‘lgan talaba-yoshlar bilan yaqindan ishlash maqsadida Mahorat klubi tashkil qilishni rejalashtirgan.

Agar Sizda ushbu yo‘nalishlarga qiziqish bo‘lsa, universitetimiz PR va matbuot bo‘limiga, 2-qavatdagi 243-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.

Bugun 7-mart kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida “Ayolga ehtirom” nomli tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda xotin-qizlardan iborat universitetimiz professor-o‘qituvchilari, turizm sohasi fidoyilari, ommaviy axborot vositalari vakillari  hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi. 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha turizm sohasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlarni viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov muborakbod etdi va universitetimiz professor-o‘qituvchilariga hamda turizmda faol mehant qilgan xodimlarga minnatdorchilik bildirib, viloyat hokimligi nomidan Tashakkurnomalar topshirdi. Tadbirda talabalarimiz tomonidan tayyorlangan madaniy dastur bayramning yanada serfayz o‘tishiga xizmat qildi.

Talabalar yashaydigan ijara xonadonlarini yaqindan o‘rganish, ularga zarur tavsiyalar berish maqsadida tyuterlar tomonidan doimiy tashriflar amalga oshirilib borilayapti. Xususan tyuter G.Husainova
5-mart kuni ijarada yashovchi talabalarning yashash shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishib, kommunal xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, is gazi va yonĝin xavfsizligidan ogoh bòlishi haqida tushunchalar berdi.

Bugun xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti  rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari go‘zal opa-singillarimizni yuksak hurmat va ehtirom bilan kutib olishdi.

Joriy yilning 5-mart kuni ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash joyi yaqindan òrganildi. Talabalarga zarur tavsiyalar berilib, kommunal xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, is gazi va yonĝin xavfsizligidan ogoh bòlishi haqida tushunchalar berildi.

6 dan 126 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar