press

press

11-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Turkiyadagi “Heritage Projects” asoschisi Usmon Murat Akan va Madaniy meros platformalari tashkilotida “Heritage ko‘rgazmalari” direktori Zubayde Akbayir xonim tashrif buyurdi.

 Ushbu tashrif madaniy merosni asrab-avaylashda hamkorlikni rivojlantirish va madaniy merosga asoslangan ta’lim, tadqiqot va targ‘ibot ishlarida o‘zaro manfaatlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Mehmonlar universitet rahbariyati hamda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib qator amaliy muloqotlar o‘tkazdi. Asosiy e'tibor hamkorlikning potentsial yo'nalishlarini o'rganishga, xususan, madaniy merosga bag'ishlangan konferentsiyalar, ko'rgazmalar va seminarlar tashkil etishga qaratildi.

Ushbu tadbirlar o‘zaro xalqaro aloqalarni o'rnatish va madaniy merosni saqlagan holda rivojlantirishda yangi platforma bo'lib xizmat qiladi.

Joriy yilning 6-noyabr kuni Samarqand shahridagi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Besh tashabbus" sport musobaqalari doirasida sportning stol-tennisi turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari talabalari o'zaro bellashdi. Sport musobaqasida universitetimiz talabalari ham faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga ega chiqdi.

Universitetimiz talabalari o‘rtasida ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning  8-noyabr kuni TH-224, TH-324 va TH-424 guruhlarida ta’lim olayotgan bir guruh talabalar Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va Shohi Zinda masjid majmualarini ziyorat qilishdi.

 Talaba-yoshlarimiz ushbu qadamjolarni ziyorat qilish bilan birga, ularning buguni va tarixi bilan yaqindan qiziqdi. 

Dushanba, 11 Noyabr 2024 11:48

Biz – bir jamoa!

       Joriy yilning 8-noyabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiуeva va tyutor P.Islomov tomonidan “Turizm menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 124-guruh talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

       Har bir talabalar guruhi katta jamoaning kichik bo‘lagi hisoblanadi. Shunday ekan, guruhdagi ijobiy psixologik, jamoaviy ruh, birdamlik muhit yigit-qizlarning sifatli, manfaatli ta’lim olishiga poydevor yaratadi. Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad ham talabalarning ruhiy barqarorligiga erishish, ularga psixologik madad berish edi.

Bugun 9-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni o‘tkazildi. Marofonda “Ipak yo‘li” turizm va mdaniy meros xalqaro universitetining bir guruh faol bo‘lgan professor-o‘qituvchilari, xodimlari ham ishtirok etishdi. Dastlab tadbirda onlayn tarzda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengashining Raisi Amanbay Orinbayev  va Oliy ta'limfan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov so‘z olib ushbu loyihaning ahamiyati xususida gapirishdi va respublika miqyosidagi barcha oliy ta’lim muasassalariga loyiha doirasida ko‘chat ekishga start berildi.

Marofon doirasida universitetimiz huzuridagi Turizm akademiyasi hovlisiga turli xildagi 200 ga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 7-8 noyabr kunlari universitetimiz kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan oliygoh sport klubi bilan hamkorlikda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil qilindi.
Bugun 8-noyabr kuni universitetimiz professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sporting stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Musobaqada universitetimiz erkaklar va ayollaridan iborat xodimlari o‘zaro jamoalarga bo‘lingan holda ishtirok etishdi.
Sport musobaqalari yakuni bilan universitetimiz rahbariyati hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi sport, turizm va madaniyat birlashmasi boshlig‘i T.Alqarov so‘z olib barchani ushbu bayram bilan qizg‘in qutladi.
Bayram tadbirida shaxat-shashka, stol tennisi sport o‘yinlaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan barcha professor-o‘qituvchilarga hamda xodimlarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Juma, 08 Noyabr 2024 18:06

E’lon

2024-yil 09-noyabr kuni soat 09:30 da UNWTO tematik ofisida  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashиda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mustaqil tadqiqotchisi Kaxarov Jasur Abulkosimovich 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “O’zbekistonda gastronomiк turizmini tashkil qilish va rivojlantirish yo’llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Juma, 08 Noyabr 2024 17:57

E’lon

2024-yil 09-noyabr kuni soat 11:00 da UNWTO Tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tayanch doktoranti Karshiyev Adxam Anvarovich 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turizm sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Bugun 8-noyabr kuni universitetimiz Madaniy meros kafedrasi dotsenti Odil Boynazarovning muzeyshunoslik fanidan  o‘tilgan nazariy bilimlari magistratura  yo‘nalishi talabalari tomonidan amaliyot ko‘rgazma sifatida namoyish qilindi.

Ko‘rgazmada 17 nafar magistr talabaning har biri yo‘nalishidan kelib chiqib madaniy meros sohasidagi dolzarb mavzularni olib chiqqan. Masalan, xitoylik talabalar ovqat tayyorlash jarayonini namoyish etgan bo‘lsa, rossiyalik talaba Kseniya Vlasova “Oddiy buyumlar yoki hodisalar inson taqdirini o‘zgartirishi mumkin” mavzuida ko‘rgazma tashkil qilgan.  Qoraqalpog‘istonlik talaba esa ota-bola rassomlar Serekievichlarning Orol taqdirini ko‘rsatib beruvchi “Qo‘l bilan tegish mumkin” mavzuidagi rasmlar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek ko‘rgazmada talabalarimiz xalqimizning milliy urf odatlari, to‘ylardagi xar xil odatlar, zargarlik mahsulotlarining ko‘rgazmalarini namoyish qilishdi. Ushbu ko‘rgazma jarayonlari talabalarning magistrlik diplom yozish ishlarida qo‘l kelishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.    

Juma, 08 Noyabr 2024 14:22

Diqqat E'lon!

Noyob imkoniyatni qo'ldan boy bermang va Seminarda ishtirok etish uchun ariza topshirishga shoshiling!O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti turizm sohasi mutaxassislarini “Tifflosharxlash: ko‘zi ojizlar uchun ekskursiyalar” mavzusidagi seminarda ishtirok etishga taklif qiladi. Ko'zi ojiz auditoriya uchun ekskursiya matnlarini tayyorlash, shuningdek, ushbu toifadagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar bilan ishlash va shunga o'xshash treninglarni o'tkazish ko'nikmalarini egallash.

Seminar yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
Seminar ma'ruzachisi: professor Joel Snayder, AQSh mutaxassisi, Amerika ko'zi ojizlar Audio Description Associates, LLC prezidenti

Seminarda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ariza topshirishga shoshiling:  https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSemeuU-QhREtlNMF5Ea05z3DwNmntgflPNBQ1fMFIueb1JZtQ/viewform
Seminar doirasida siz ko'zi ojiz auditoriya uchun ekskursiya matnlarini tayyorlash texnikasi bilan tanishasiz, shuningdek, ushbu toifadagi LOFV bilan ishlash va shunga o'xshash treninglarni o'tkazish ko'nikmalarini egallaysiz.
Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
Seminar oʻqituvchisi: Professor Joel Snayder, AQSHdan mutaxassis, Amerika koʻzi ojizlar jamiyati prezidenti Audio Description Associates, LLC.
Joylar soni cheklangan!
Ishtirok etish: bepul
Sana: 2024 yil 18-20 noyabr
Vaqt: 9:30-17:00

O‘tkazilish joyi: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti binosi, 3-qavat, 44-xona.
Ilmiy-tadqiqot instituti manzili: Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo'li ko'chasi 115 A. Buyuk Ipak yo'li metro bekati
Koordinator: Buxarova Nigora

7 dan 103 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar