Joriy yilning 5-mart kuni universitet faollar zalida oliygoh kasaba uyushmalari boshlangʻich tashkilotining hisobot-saylovi hamda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylovi boʻlib o’tdi.
Hisobot-saylov yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan asosiy masalalardan biri universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Matlabovning kasaba uyushmasi tomonidan 2020-2025 yillarda olib borilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Shundan so‘ng universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisligiga tavsiya etilgan 3 nafar nomzodga ochiq ovoz berildi. Ochiq va shaffof o‘tgan ovoz berish jarayoni natijalariga ko’ra, eng koʻp ovoz olgan amaldagi universitet kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti raisi S.Matlabov ushbu lavozimiga qayta saylandi.
Shuningdek yig‘ilishda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi T.Alqarov va universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi S.Matlabov O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasining hisobot-saylovi konferensiyasiga delegat etib saylandilar.
Hisobot saylov yig‘ilishida keyingi besh yil mobaynida universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan professor-o‘qituvchilarni hamda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi vazifalar belgilab olindi.