Yangiliklar: Dekabr 2024

Yakshanba, 29 Dekabr 2024 09:33

YAPON TILIDAN MUKOFOTLI ONLAYN OLIMPIADA

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining hurmatli talabalari!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 457-buyrug‘i asosida talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetimiz talabalari o‘rtasida yapon tilidan mukofotli onlayn olimpiada o‘tkaziladi va yapon tilini eng yaxshi biluvchi talabalar aniqlanadi. Olimpiada Google Forms orqali online shaklda o‘tkaziladi. Olimpiadada har bir talaba belgilangan vaqt oralig‘ida testlarni yechadi. Test yapon tilining boshlang‘ich darajasida bo‘ladi. Olimpiada yakunida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan talabalar qishki ta’tildan so‘ng moddiy rag‘batlantiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish shakli: https://forms.gle/kUcESuGKh9dVrjCu5

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 2-yanvar, soat 18:00.

Olimpiadani o‘tkazish vaqti: 2025-yil 4-yanvar, soat: Telegram guruhda e’lon qilinadi.

Google Forms linki: Olimpiada o‘tkaziladigan vaqtda Telegram guruhiga yuboriladi.

Telegram guruhiga qo‘shiling: https://t.me/olympiadjapanese2025 

QOIDALAR:

  • Bu yapon tilidan mukofotli onlayn olimpiada
  • Olimpiadada bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.
  • Ona tili yaponcha bo‘lgan talabalar olimpiadada qatnasha olmaydi.
  • Testni yechish vaqtida ishtirokchi online holatda (telegram video chatini yoqib qo‘ygan) bo‘lishi kerak.
  • Test davomida hech qanday kitob va materiallar yoki biror shaxs yordamidan foydalanish mumkin emas. Ushbu qoidaga rioya qilmagan talabalar olimpiadadan chetlashtiriladi va hech qanday sovg‘a olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
  • Har bir ishtirokchi bir marta testlarni yechish huquqiga ega.
  • Tanlov komissiyasi a’zolari olingan baholar va test yechilgan vaqt (eng qisqa vaqt) bo‘yicha g‘olibni aniqlaydi
  • Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni olgan talabalarga sovg‘alar topshiriladi.
Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining hurmatli talabalari!

2024-2025-o‘quv yilining qishki ta’tili vaqtida universitetimiz talabalari o‘rtasida turk tilida eng yaxshi so‘zlashuvchi talabani aniqlash maqsadida turk tilida so‘zlashish mukofotli onlayn tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov Zoom platformasi orqali online shaklda o‘tkaziladi. Tanlovda har bir talaba bilet orqali tanlagan mavzu bo‘yicha 3 daqiqalik nutq so‘zlaydi. Tanlov komissiyasi a’zolari ma’ruzalarni oldindan belgilangan mezonlar (so‘zlardan foydalanish, grammatika, talaffuz va boshqalar) bo‘yicha baholaydilar. Tanlov yakunida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan talabalar qishki ta’tildan so‘ng moddiy rag‘batlantiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish shakli: https://forms.gle/pLkQinwi7sFAikZG9

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 2-yanvar, soat 18:00.

Tanlovni o‘tkazish vaqti: 2025-yil 3-yanvar, soat: 10:00.

Zoom linki:  https://us02web.zoom.us/j/88211686173?pwd=PKMH7pT53yz50EYQT2anUVs6chjw3P.1

Telegram guruhiga qo‘shiling:

 https://t.me/+GU9KL9HU-JFjMzFk

QOIDALAR:

  • Bu turkcha so‘zlashuv mukofotli onlayn tanlovidir.
  • Tanlovda bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.
  • Gapirish vaqti 3 daqiqa. Vaqt o‘tib ketsa, mikrofon o‘chadi.
  • Tanlov davomida yozma, og‘zaki va ko‘rgazmali materiallardan foydalanish mumkin emas. Hech qanday teatr harakati, animatsiya, kostyumlar, narsalar va boshqalardan foydalanish mumkin emas. Ushbu qoidaga rioya qilmagan talabalar tanlovdan chetlashtiriladi va hech qanday sovg‘a olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
  • Har bir ishtirokchi bir marta so‘zlash huquqiga ega.
  • Tanlov komissiyasi a’zolari ko‘rsatilgan mezonlar (so‘zlardan foydalanish, grammatika, talaffuz va h.k.) bo‘yicha chiqishlarni baholaydilar.
  • Birinchi uchta g‘olibga sovg‘alar topshiriladi.
  • Ona tili turkcha bo‘lgan talabalar tanlovda qatnasha olmaydi.
Kategoriya E'lonlar

Mamlakatimiz va jonajon universitetimiz uchun 2024-yil juda sermazmun va ijobiy yangiliklarga boy yillardan biri bo‘ldi. Kelgusi 2025-yil Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” ham barchamiz uchun ulkan marralarni zabt etadigan va yutuqlarga boy yil bo‘ladi. Shu fursatdan foydalanib Siz azizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-omonlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik va ilmiy faoliyatingizda yuqori marralarni zabt etishingizni tilab qolaman. 

Aziz “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari hamda talabalar barchangizga ayonki bugungi kunda turizm sohasi kun sayin yuksalib bormoqda. Soha rivojida Siz azizlarning o‘z o‘rningiz va hissangiz bor. Tan olib aytish kerak, o‘tayotgan 2024-yil universitetimiz uchun ta’lim yo‘nalishida, ilmiy izlanishlarda va xalqaro aloqalar o‘rnatishda samarali yil bo‘ldi. Ushbu amaliy ishlarda universitetimiz jamoasining mehnati va sa’yi harakatlari yotibdi. Ma’lumki, o‘tayotgan 2024-yilda Samarqand shahrida va universitetimizda tashkil qilingan xalqaro darajadagi anjumanlarda universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan birga, talabalarimizning faol ishtiroki va qatnashchilar tomonidan e’tirof etilganligi ham talabalarning nechog‘lik bilimli va zukko ekanligidan dalolat bermoqda. O‘tayotgan yilda Turizm Akademiyasining faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va ushbu maskanga Germaniya Federativ Respublikasining kansleri Olaf Shol’sning tashrifi ham juda katta yangiliklardan biri bo‘lganligi aytish mumkin. Turizm Akademiyasida yaratilgan imkoniyatlar talaba-yoshlar uchun nazariya bilan amaliyotning uyg‘un ravishda olib borishiga juda katta imkoniyat vazifasini o‘tab kelmoqda. Bundan tashqari universitetimiz dunyoning ko‘plab davlatlaridagi nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Bu ham kelajakda akademik va talabalar almashinuvida, o‘zaro tajriba oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

2024-yil universitetimiz jamoasining muvaffaqiyatlarining ko‘lami kengligi bilan eng yaxshi yillardan biri sifatida tarixga muhrlanib qoldi. Yangi 2025-yil Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” da jamoa bilan birgalikda ulkan marralarga erishib Prezidentimiz boshchiligidagi islohatlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz, degan umiddaman.

          Yana bir bor barchangizni Yangi 2025-yil bilan muborakbod etaman. Yangi yil jamoamiz uchun omadli, xayrli va barokatli bo‘lsin!

Hurmat bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.A.Abduxakimov

Kategoriya Yangiliklar

24-dekabr kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti "Tillar va Global tadqiqotlar" kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi Bobir Ergashev tomonidan Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarga uslubiy  yordam ko’rsatish maqsadida "Masofaviy ta’limning afzalliklari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi. Ushbu seminar-treningda dunyodagi ilg’or universitetlar (Garvard, Stenford Va Massachusets texnologiyalar universiteti)ning onlayn platformalari, masofaviy talim platformalari (Udemy, Coursera, edX) namunalari va O’zbekistondagi mavjud platformalar (Khan academy uz, Ibrat farzandlari)ning  afzalliklari haqida aytib o’tildi. Shuningdek, Bobir Ergashev tomonidan mazkur platformalardan ro’yxatdan o’tish, platformalardagi mavjud resurslardan samarali foydalanish, resurslarni yuklab olish, berilgan topshiriqlarni bajarish bo’yicha namunalar namoyish etildi.

Seminar-trening o'qituvchilarda ijobiy taasurot qoldirdi va savol-javoblarga, munozaralarga boy bo'ldi.

Kategoriya Yangiliklar

Семинар-тренинг на тему "Преимущества дистанционного обучения" был проведен Эргашевым Бобиром Абдимуминовичем, преподавателем английского языка кафедры "Языки и глобальные исследования" Международного университета туризма и культурного наследия "Шелковый путь", для преподавателей Ташкентского техникума туризма и гостиничного менеджмента. В ходе этого семинара-тренинга обсуждались преимущества онлайн-платформ ведущих университетов мира (Гарвард, Стэнфорд и Массачусетский технологический институт), платформ дистанционного обучения (Udemy, Coursera, edX) и существующих платформ в Узбекистане (Khan Academy Uz, Ibrat Farzandlari). Кроме того, Эргашев Бобир Абдимуминович продемонстрировал, как зарегистрироваться на этих платформах, эффективно использовать доступные ресурсы, загружать ресурсы и выполнять назначенные задания.

Семинар-тренинг произвел положительное впечатление на преподавателей и был насыщен вопросами, ответами и обсуждениями.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Xitoyning Shinjon universiteti prorektori janob Jin Gang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilindi va kelishib olindi.

Uchrashuv davomida quyidagi sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

  • Shinjon universiteti va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetlari o‘rtasida turizm sohasida tarjimonlarni kelishilgan qo‘shma harakatlar rejasi bo‘yicha talabalarni tizimli o‘qitish va xitoy tili bo‘yicha mahalliy o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish;
  • Turizm sohasida O‘zbekiston va Shinjon o‘rtasida tajriba almashish muhimligi va O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, professor o‘qituvchilar va mazkur soha vakillari uchun Shinjonda malaka oshirish dasturini hamkorlikda muvofiqlashtirish;
  • Shinjon universiteti amaliy yordami bilan Xitoyning butunjahon QS reytinggida top o‘rinlarni egallagan univeristetlari va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetlari o‘rtasida hamkorlik konsorsiumni imzolash va bu orqali kech qamrovdagi almashinuv dasturlarini tashkil etish;
  • 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab Shinjon universiteti talabalarini universitetda almashinuv dasturi bo‘yicha qabul qilish

Mazkur kelishuvlar xalqaro miqyosdagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va ta’lim hamda ilm-fan sohalarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 25 Dekabr 2024 11:00

E'LON

Hurmatli talabalar insholar tanlovida faol bo‘ling va Indoneziyada amaliyot o‘tang!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Global ta’lim bo‘limi Indoneziyada ikki hafta davom etadigan amaliyot uchun tanlov e'lon qiladi!
Tanlov shartlari: “Mamlakatlar oʻrtasidagi madaniy almashinuvni rivojlantirishga qanday hissa qoʻshishim mumkin” mavzusida insho yozish. Talabalar insholarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozishi mumkin.
Eng yaxshi nomzodlar o'tish imkoniyatiga ega bo'ladilar:
• Bir haftalik kirish kurslari: Indoneziya madaniyati, tili va an'analarini o'rganish.
• Go'zal Bali orolida bir haftalik amaliy mashg'ulotlar: real loyihalar ustida ishlash va mehmonxona sanoati sohasidagi mahalliy mutaxassislar bilan tajriba almashish.
Agar siz ushbu qiziqarli tajribaning bir qismi bo'lishni istasangiz, insholaringizni Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. manziliga yuboring.
G‘olib amaliyot o‘tash uchun kafolatlangan joy, shuningdek ishtirok etish sertifikatiga ega bo‘ladi.
Muddat: 2025-yil 10-yanvarga qadar.
Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Kategoriya E'lonlar

Kuni kecha 19-dekabr kuni universitetimizning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan san’at namunalari, jumladan: Musiqa chiqishlari, Turli xalqlar raqslari ijrosi, noyob rassomlik asarlari ko‘rgazmasi, barchaga namoyish etildi. Tadbir doirasida tashkil etilgan kim oshdi savdosida talabalar tomonidan yaratilgan san’at durdonalari mehmonlar tomonidan katta qiziqish bilan xarid qilindi. Har bir sotuvdan tushgan mablag‘ yordamga muhtoj bolalar hayotiga umid va yorqinlik olib kirishga yo‘naltiriladi. Ezgu maqsad yo‘lida birlashgan qalblar mavzusidagi mazkur xayriya balining asosiy maqsadi – Yangi yil bayrami arafasida yordamga muhtoj bolalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berishdir. Tadbirdan tushgan mablag‘lar ushbu ezgu maqsad uchun to‘liq sarflanib, ko‘ngli o‘ksik ayrim bolajonlarning yangi yilni baxt va orzular bilan qarshilashiga xizmat qiladi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 19 Dekabr 2024 16:23

Xorijlik talabalar uchun “Adabiy kecha”

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvardagi “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-19-son qarorining 2-ilova, 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros халқаро universitetida 2024-yil 19-dekabrda олийгоҳимиз iqtidorli talabalari hamda xorijiy talabalar ishtirokida “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi hamda universitet xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tashkil etildi.

Xorijlik va mahalliy talabalarimiz ishtirok etgan ushbu tadbirni universitetimiz хotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova o‘z ma’ruzasi bilan ochib berdi. Dastlab tadbirda taniqli ijodkor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari, shoir Toshpo‘lat Tugalov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mahmarizo Abdurahmonov va tarjimon Murodxon Ergashevlar ona vatanni, o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlaridan o‘qib eshittirdi. Shuningdek, tadbirda universitetimiz “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri, dotsent T.Sultanov Prezidentimizning  2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qarori ijrosi yuzasidan xorijda nufuzli universitetlarda kafedralar tashkil qilinayotganligi va bu boradagi ishlar izchil amalga oshirilayotganligi xususida gapirdi.

Tadbirda iqtidorli talabalarimiz tomonidan shoirlar qalamiga mansub she’rlar tarjima qilinib, o‘qib eshittirildi. Shuningdek, tadbirda talabalarimiz o‘z ijod namunalaridan ham o‘qib berdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil qilinganligi va barcha xorijlik talabalarda katta taassurot qoldirganligi bilan esda qolarli bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 19 Dekabr 2024 12:57

E'LON

2024-yil 28-dekabr kuni soat 12:00 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Nimatov Ibragim Xudayarovichning 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Hududlarda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirishda turistik-motivlashtirish resurslaridan foydalanish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar
1 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar