Yangiliklar: Fevral 2025

Bugun 28-fevral kuni universitetimiz talabalari o‘rtasida sport musobaqalarini yanada ommalashtirish maqsadida oliygoh sport mashg'ulotlari bo'limi yetakchi mutaxassisi va  tyutor P.Islomov birgalikda voleybol o'yini tashkil qilindi. Musobaqada talabalar jamoalarga bo‘lingan holda bellashishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 26-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “QUIZ” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tashkil etilgan intellektual o‘yinda

 1-o‘rin – Fenix,

 2-o‘rin – Not enough,

 3 - o‘rin Everest jamoalari munosib ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 28 Fevral 2025 17:13

# Milliy liboslar xalqimiz ko‘rki

Milliy liboslar haftaligida universitetimizning 1- bosqich TTE-124 guruhi
talabalari jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Bugun, 28-fevral kuni Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan “Sadoqat saroyining mangu malikasi yoxud Zulfiyaxonim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. She’riyat kechasiga Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoirlar taklif qilindi.
Tadbirni universitetimiz Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova kirish so‘zi bilan ochib, barchani kirib kelayotgan bahor ayyomi bilan qutladi va Zulfiyaxonim ijodi va faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.
Bu yil Zulfiyaxonim tavalludining 110-yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari T.Tugalov va shoir Muhammad Rizo so‘z olib, shoira ijodidan namunalar o‘qish bilan birga ijodkorning betakror isteʼdodi, vatanga, yorga bo‘lgan muhabbatini ta’riflab berishdi. She’riyat kechasida universitet talabalari ham turli tillarda Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar o‘qib, qo‘shiqlar kuylashdi. Tadbir so‘nggida Zulfiyaxonim va uning turmush o‘rtog‘i H.Olimjon haqilagi sahna ko‘rinishi namoyish qilindi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek xalqining buyuk shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir talabalarimizda katta taassurot qoldirganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

2025 yil 28-fevral kuni "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Man-224 guruhi talabalari hamda guruh tyutori M.Tilavov va universitet profilaktika inspektori Sh.Qurbonov hamkorligida "Biz odam savdosiga qarshimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Kategoriya Yangiliklar

Seminarga universitet Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektori Tongqian Zou tomonidan Jizzax viloyat turizm qo‘mitasi Turizm departamenti direktori Egamberdiyev Aziz taklif etilgan.

Seminar mavzusi: Jizzax viloyatining turizm salohiyati

Seminar o‘tkazilish vaqti: 3-mart, 2025-yil soat 15:30-16:30

Seminar o‘tkazilish joyi: Universitet binosi, 229-xona.

Barcha professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar talabalar va qiziquvchilarni ushbu ilmiy seminarga taklif etamiz!

Kategoriya E'lonlar

Bugun, 27-fevral kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi D.Turdiyeva va tyutor M.Tilavov tomonidan “Logistika” va “Muzeyshunoslik” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari uchun psixologik treninglar tashkil etildi.

Tadbirda hozirgi zamon insonining tushkunlik, ruhsizlik, hafsalasizlik holatiga tushishining psixologik sabablari haqida batafsil ma’lumot berildi. Amaliy qismda talabalarning ayni damdagi kayfiyatini ranglarda ko‘ruvchi psixologik texnika bajarildi. Guruhdagi jamoaviy ruh, jipslik, birdamlikni shakllantiruvchi harakatli o‘yinlar, tanani tonusga keltiruvchi psixogimnastik mashqlar qiziqarli tarzda amalda qo‘llanildi.

Treninglar ko‘tarinki ruhda o‘tdi va barcha ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi, talaba yoshlarning ko‘zlangan maqsadlari sari olg‘a borish uchun ajoyib motivatsiya bo‘ldi.

Kategoriya Yangiliklar

Sizni 2025-yil 28-fevral kuni soat 10:00da 230-ma’ruza zalida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonni JSTga a’zo bo‘lishining iqtisodiy oqibatlari” mavzusidagi ilmiy seminarga taklif qilamiz.

Mazkur tadbir marketing va qabul bo‘limi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Mazkur uchrashuv O’zbekistonni JSTga a’zo bo ‘lishi va uning iqtisodiy oqibatlari, turizm sohasiga ta’siri kabi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilmiy-amaliy tajriba almashish va sohaga oid innovatsion yondashuvlarni o‘rganish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Barcha qiziquvchilarni ushbu muhim ilmiy seminarda ishtirok etishga chorlaymiz!

Kategoriya E'lonlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 176-sonli "Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish sohasida davlat xizmatlarining ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jurnali 2025-yil 27-fevralda xalqaro standart seriya raqamini (ISSN) oldi. Jurnal axboroti quyidagicha:

Jurnal nomi: Ipak yo‘li turizmi tadqiqotlari jurnali.

Berilgan ISSN raqami: 3060-530X

Kategoriya Yangiliklar
1 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar