Joriy yilning 30-May kuni, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Shvetsariya Federal Syurix Texnologiya Instituti Ta’lim tizimlari bo‘limi mudiri Prof. Dr. Ursula Renold boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Uchrashuv doirasida Shvetsariya Kondefederatsiya Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati munosabatlarni mustahkamlash, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim hamda boshqa sohalarni rivojlantirish maqsadida imzolangan bitim yuzasidan amalga oshirilgan va amalga oshirilishi kutilayotgan dasturlar bo‘yicha ma‘lumotlar Ursula Renold xonim tomonidan aytib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuvda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi kollej va texnikumlarda faoliyat olib borayotgan (1) Shvetsariya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda ishtirok etish, (2) o‘qituvchi va xodimlar malakasini oshirish, (3) turizm kafedrasi tomonidan O‘zbekistonda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi kutilayotgan grant loyihasida hamkor davlat bo‘lib ishtirok etish va birgalikda Shvetsariya tajribasini qo‘llash, (4) qisqa va uzoq muddatli professor-o‘qituvchi va talabalar amaliyotini Shvetsariya mehmonxonalari hamda turistik obyektlarda tashkil etish, (5) talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va boshqa turli masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
30 may kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi tadbirlari doirasida universitetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda bu yerda ta’lim olayotgan talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida bir guruh taniqli ijodkorlar xususan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali universitetimizga tashrif buyurdi.
Ijodiy uchrashuvni universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov kirish bilan ochib berdi. Yurtimizda taniqli yozuvchi, shoir Muhammad Alini bilmagan yoki u kishining asarlaridan bahramand bo‘lmagan kitobsevarlar bo‘lmasa kerak. Tadbirda Muhammad Ali so‘z olib turizm sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yosh universitetimiz faoliyatiga omad tiladi va o‘zining hayoti faoliyati xususida talaba-yoshlarga gapirib berdi. Darhaqiqat Muhammad Ali bir qator tarixiy janrdagi kitoblar muallifi sifatida ham ma’lum va mashhur bo‘lib, yaqinda yana bir “Kleopatra” asari nashrdan chiqdi. Muallif ushbu asarning yozilish tarixiga to‘xatilish bilan birga yoshlarni buyuk tariximizni o‘rganishga chaqirdi.
Tadbirda “Kleopatra” asariga so‘z boshi yozgan arxeolog olim A.Berdimurodov va boshqa ijodkorlar ham kitobning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tishdi. Kitobning mazmun mohiyati xususida turli savollarga muallif tomonidan javob berildi. Tadbir so‘nggida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Aliga va boshqa ijodkorlarga uiversitetimiz nomidan sovg‘a salomlar topshirildi.
2023-2024 o‘quv yili yakuni bilan universitetimizda 218 nafar talaba bakalavr yo‘nalishida tugatib mustaqil hayotga qadam qo‘yadi. 30 may kuni viloyat hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari B. Rahmatullaev universitetimizning rahbarlik va liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan hamda istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritilgan 30 nafar bitiruvchi talaba-yoshlari bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy o‘tgan muloqot davomida mutasaddi bugungi kunda bir nechta xorijiy tillarda muloqot qila oladigan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining zukko yosh kadrlari viloyatimizning, respublikamizning yanada gullab yashnashida muhim ahamiyat kasb etishi xususida gapirdi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda universitetimizni bitirgan yoshlar turizm sohasining barcha yo‘nalishlarida namunali tarzda faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga joriy o‘quv yilida bitirayotgan talabalarimiz allaqachon nufuzli joylarda faoliyatini boshlab yuborishgan. Tadbirda har bir bitiruvchi talaba bilan samimiy muloqot o‘tkazilib kelgusidagi rejalari haqida ma’lumotlar olindi.
2024-yilning 29-may sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi tomonidan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida “Buvijonim maʼrifati va oʻgitlari” mavzusida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan reja asosida tashkil etilgan navbatdagi tadbirga Samarqand tumani “Nurafshon” mahallasi, Ziyolilar ko’chasida istiqomat qiluvchi ibratli oilaning nuroniy onaxoni Zamiraxon aya Saidova, unversitetning ta’lim sifatini ta’minlash va Akkreditatsiya bo’limining tajribali mutaxassisi Elinuraxonim Xalilova, Yoshlar bilan ishlash va tadbirlar bo’limi boshlig’i, tyutorlar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda mehmonlar tomonidan talaba-qizlarga buvijonim hayoti biz uchun ibrat, milliy qadriyatlar va oiladagi sharqona odob, qizlarga xos muomala, o‘zaro hurmat va sabrli bo‘lish, mustahkam oila sirlari toʻgʻrisida fikrlar bildirilib, oʻgitlar berildi. Uchrashuv davomida faxriylar o’z hayot yo’llari, soha rivoji uchun amalga oshirgan ishlari, bu yo‘lda uchragan mashaqqat va qiyinchiliklarni yengib o‘tish xususida yosh avlod vakillariga gapirib berdi.
Shuningdek tadbirda mavzuga doir videorolik namoyish qilinib talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Joriy yilning 30 may kuni soat 11:00 da “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, adabiyotshunos olim, professor, tarjimon, shoir va jamoat arbobi Muhammad Ali bilan adabiy badiiy uchrashuv o‘tkaziladi.
Bugungi kunda Muhammad Alining ko‘plab tarixiy asarlari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilib kelinmoqda. Ushbu buyuk ijodkor bilan muloqot qilish istagida bo‘lgan barcha universitetimiz professor-o‘qituvchilarini, talabalarni ushbu uchrashuvga taklif qilamiz. Ijodiy kechadan bebahra qolmang.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 10-maydagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarining o‘zi joylashgan shahar hamda tumandagi mavjud bog‘ va xiyobonlarda tadbirlar tashkil etish to‘g‘risida”gi reja-jadvalining ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari guruh tyutorlari hamrohligida universitet xiyobonida bo‘lishdi.
Tyutorlar tomonidan talabalarga o‘zbek xalq milliy o‘yinlaridan raqslar, laparlar, aytishuvlar, askiyalar va shu bilan bir qatorda avloddan avlodga o‘tib kelayotgan kurash, ot o‘yinlari, poyga, dorboz, tosh ko‘tarish, arqon tortish, bilakda kuch sinashish kabilar haqida batafsidl ma’ulmotlar berildi.
Shuningdek talabalarimiz yelka kurash, xo‘roz changi, chillik va boshqa milliy o‘yinlarimiz haqida fikr almashinib, talabalarimiz milliy raqslarimizdan “Andijon po‘lkasi” rasqsiga tushishdilar.
Milliy raqslarimiz va xalq o‘yinlarini o‘sib kelayotgan yosh avlodlarimizga etib borishida bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti yopiq suzish havzasida universitetning professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarning plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida suvda cho‘kish bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Universitetning Sport mashg’ulotlari bo’limi bosh mutaxassisi va murabbiyi tomonidan cho‘milish uchun ochiq suv havzalarida suvning harorati 17 darajadan yuqori va 30 darajadan past bo‘lishi kerakligi, cho‘miluvchilar esa qizib turgan paytda sovuq suvga birdan tushmasliklari aks holda tomirlar tortishi va bu orqali cho‘kish holati yuzaga kelishi mumkinligi borasida qatʼiy ogohlantirishlar berildi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining sport klubi tashabbusi bilan joriy yilning 24 may kuni Silk Raod open Badminton Championship musobaqasi tashkil qilindi. Badminton bo‘yicha ochiq chempionatda viloyatimizdagi beshta oliy ta’lim muasassasi talabalari hamda universitetimiz magistrlari, talaba-yoshlari o‘zaro bellashdi. Sport tadbiri qiziqarli bellashuvlarga boy bo‘lganligi bilan ajralib turdi. Tadbirda talaba-yoshlar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi.
Natijalarga ko‘ra,
Badminton o'gil bolalar o‘rtasida;
1-o'rin Muhammad Khubaib, SamDTU
2-o'rin Shodiyev Dilshod, O'zFin
3-o'rin Jumaqulov Quvonchbek, O'zFin.
Badbinton qiz bolalar o‘rtasida;
1-orin Sanjarova Amina, Sam DTU
2-o'rin Yokubova Mohina, “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
3-orin Djurakulova Sarvinoz, O'zFin
O‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida;
1-o'rin Qosimova Lobar Arch 123 - Lapasov Shuhrat Tour 223.
2-o'rin Rakhimova Leyla Tour 223 -Abdurahmonov Muhammadlaziz Man tour 223.
3-o'rin Rozikov Amirjon Tour 120 - Yakupbaeva Iroda Man tour 123.
Bugun yurtimizda kuzatilayotgan ob-havo sayohat va turizm uchun juda qulay bo‘lmoqda. Universitetimiz yoshlar yetakchisi S.Haydarov va bir guruh faol talabalarimiz tashabbusi bilan 25 may kuni Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi Zomin dam olish zonasiga bir kunlik sayohati tashkil qilindi. Talabalarimiz ushbu imkoniyatdan oqilona foydalangan holda Zomin dam olish zonasidagi turizm va xizmat ko‘rsatish borasidagi yangiliklar bilan tanishdi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti doktorantlari Dilrabo Mardonova hamda Shohista Toyirova joriy yilning 24-may kuni Shvetsariyaning Kreuzlingen shahrida, Germaniya, Shvetsariya, Xorvatiya, Bosniya, Chexiya, Bolgariya, Ispaniya, Polsha davlatlari vakillariga yurtimiz madaniyati, milliy taomlari va liboslarini namoyish etishdi. Ushbu tadbir Yevropa xalqlarida yurtimizga bo'lgan qiziqishni yanada ortishiga sabab bo'ldi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz