“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Sport klubi qoshida maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida 2022-yildan boshlab armrestling sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan. 2024- yil 20-mayidan esa yangi guruhlarni ochish rejalashtirildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!
Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!
Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularni ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali universitetda madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Talabalar teatr studiyasi” jamoasi rahbari Odil Boynazarov rahbarligida Abu Tohirxo‘janing “Samariya” asari tarixiy faktlariga asoslangan “Samariya” spektakli sahnalashtirilib, Samarqand shahridagi “Registon” maydonida yig‘ilgan mahalliy va xorijiy mehmonlarga namoyish qilindi. Talabalar ushbu asardagi personajlarni zo‘r mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
17-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-kizlar kengashi tomonidan sevgi-muxabbat va mexr-muruvvat kuychisi Xalima Xudayberdieva tavalludining 77-yilligiga bag‘ishlangan “Sen baribir muqaddassan - muqaddas Ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir mehmoni shoir, yozuvchi, jurnalist, dramaturg Karimberdi To‘ramurodov shoiraning “She’riyatdan baxt topgan ayol” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, talaba yoshlarga Halimaxonim Xudayberdievaning hayot va ijod yo‘li haqida gapirib berdi.
Shuningdek tadbir so‘nggida talaba-yoshlar tomonidan shoira she’rlari va asarlaridan namunalar o‘qilib, savollarga javob berildi. Ahamiyatlisi she’riyat tadbiri ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bugungi globallashuv davrida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tshkil etish hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbusining birinchi tashabbusi - yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atining boshqa turlariga qiziqishlarini yanada oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish borasidagi sa’yi-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetimizda faoliyat yuritayotgan tyutorlar guruh talabalari bilan Universitet xiyoboniga tashrif buyirishdi va talaba-yoshlar ishtirokida she’r va qo‘shiqlar kuylash bilan birgalikda tabiat qoynida madaniy hordiq chiqarishdi.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Talabalar xavfsizligi kuni” yuzasidan universitet tyutorlariga ertalabki yo‘riqnoma berildi. Yo‘riqnoma bo‘yicha tyutorlar Talabalar turar joyida mustaqil ta’lim olish bilan bog‘liq sharoitlar va ijtimoiy, psixologik va maishiy muammolarini o‘rganishdi, ularni hal qilishga ko‘maklashishdi. Talabalarning TTJda ichki odob-axloq va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinish holatini yaqindan o‘rgandilar.
Shuningdek, tyutorlar tomonidan navbatchilik asosida universitet hududi videokuzatuv moslamalari orqali nazorat qilinmoqda. Targ‘ibot tadbirlari doirasida davomat tadbirlari o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-17-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘lida madaniyatlar aks-sadosi: tarixiy merosning zamonaviy turizm bilan tutashuvi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya universitetining Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori prof. D.Nasimovning nutqi bilan boshlandi. Shuningdek, tadbirda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti prorektori Dr.Amir Singx,“Ipak yo‘li” tadqiqot instituti direktori prof. Mavlyuda Yusupova, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari boʻyicha prorektori prof. Tony Zou, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Joseph Hoffmann, Biznes va menejment maktabi rahbari Asghar Mehmud Sufyan, shuningdek, mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar Ipak yo‘li xalqlarining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vа madaniy aloqalarini tatbiq etish, respublikamizda hamda dunyoda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan fikr almashish, hamda yosh olim, magistrant, doktorant vа mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarining sifati vа samaradorligini oshirish haqida fikr yuritishdi.
Ilmiy jamoatchilik e’tibori tarixiy meros va zamonaviy turizm o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muhim masalalariga qaratilgan konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.
Yaqinda viloyatimizdagi oliy ta’lim muasassalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosiqichida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib respublika bosqichiga yo‘lannmani qo‘lga kiritdi. Bilimga chanqoq talaba-yoshlarimizni ushbu muvaffaqiyati bilan muborakbod etamiz va respublika bosqichida ham omad tilaymiz.
Quyidagi jamoalar toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi:
1. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
3. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
4. Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti
Universitetlarning uchinchi missiyasi: "Hamkorlikda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissasi" mavzuidagi xalqaro seminarda 22 ta davlatdan 70 ga yaqin ekspertlar ishtirok etdi.
E’tiborli jihati ushbu xalqaro seminar o‘tkazilishi uchun aynan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tanlandi. Bu bejizga emas albatta, chunki O‘zbekistonda sanoqli oliygohlar xususan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti aynan rivojlangan davlatlar oliy ta’lim tizimi yo‘nalishida talaba-yoshlarga bilim berib kelmoqda. Milliy akkreditatsiyadan o‘tgan universitetimiz endi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tishga yo‘naltirgan. Bu kabi nufuzli seminarning universitetimizda o‘tishi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish uchun dastlabki qadamlar bo‘lmoqda.
Seminar 13-14 may kunlari tashkil qilindi va unda xorijiy va mahalliy universitetlardan ekspertlar ishtirok etishdi va muhim masalalarni muhokama qilishdi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri maslahatchisi Suna Park “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimovning seminar ishtirokchilariga yo’llagan qutlovini o’qib eshittirdi.
Xalqaro seminarda muhim ma’ruzalar, qator taqdimotlar o‘tkazilib muhokamalarga qo‘yildi. Seminarda muhim aytilgan gaplardan biri universitetlar jamiyatning barcha sohalarida ilmiy yondoshuvlar, nazariya, g‘oyalarni tayyorlab beradigan drayveri bo‘lishi kerakligi ta’kidlanib, bu bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faol va iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash uchun taqdim etiladigan stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini mamnuniyat bilan e'lon qiladi!
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilish boshlanmoqda.
Talabgorlar:
2, 3-bosqichida bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari.
2, 3-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 % a’lo bo‘lishi shart;
Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi va Navoiy nomli Davlat stipendiyasiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 25 % gacha yaxshi bo‘lishi mumkin.
Tanlovning universitet bosqichiga hujjatlar topshirish muddati 2024-yilning 20-iyun sanasiga qadar.
Qo'shimcha savollar bilan Ilmiy tadqiqotlar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami: +998662406785
2024- yil 14-may kuni ”Ipak yo’li”turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida 15-may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Oila muqaddas maskan” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi shahar kengash apparati rahbari F.G’aybullayev, “Ovozi Samarqand” gazetasi muharriri B.Raxmonov hamda bir guruh partiya faollari, “Turizm” kafedrasi mudiri A.Odilov ishtirok etdi va mavzu yuzasidan ma'ruzalar qilishdi.
Shuningdek tadbirda talabalarga oilada farzand tarbiyasi, yoshlar o‘rtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni targ’ib qilishga nisbatan hurmat ruhida bo‘lish kabi muhim masalalar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Savol-javoblarga boy o‘tgan tadbir talaba-yoshlarning kelgusida oila qurib jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz