Payshanba, 16 May 2024 13:27

Universitetimizda “Ipak yo‘lida  madaniyatlar aks-sadosi:  tarixiy  merosning zamonaviy  turizm  bilan  tutashuvi” mavzusidagi xalqaro  ilmiy-amaliy  konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

         Joriy yilning 16-17-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ipak yo‘lida  madaniyatlar aks-sadosi:  tarixiy  merosning zamonaviy  turizm  bilan  tutashuvi” mavzusidagi xalqaro  ilmiy-amaliy  konferensiya o‘z ishini boshladi.

         Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya universitetining Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori prof. D.Nasimovning nutqi bilan boshlandi. Shuningdek, tadbirda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti prorektori Dr.Amir Singx,“Ipak yo‘li” tadqiqot instituti direktori prof. Mavlyuda Yusupova, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari boʻyicha prorektori prof. Tony Zou, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Joseph Hoffmann, Biznes va menejment maktabi rahbari Asghar Mehmud Sufyan, shuningdek, mahalliy va xorijiy ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.

         Tadbirda so‘z olganlar Ipak yo‘li xalqlarining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vа madaniy aloqalarini tatbiq etish, respublikamizda hamda dunyoda olib borilayotgan tadqiqotlar bilan fikr almashish, hamda yosh olim, magistrant, doktorant vа mutaxassislarning ilmiy tadqiqot ishlarining sifati vа samaradorligini oshirish haqida fikr yuritishdi.

         Ilmiy jamoatchilik e’tibori tarixiy meros va zamonaviy turizm o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning muhim masalalariga qaratilgan konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda.

O'qilgan 470 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar