Yangiliklar: Yanvar 2025

Juma, 31 Yanvar 2025 13:28

E’LON

Hurmatli tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va talabalarga!

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Real iqtisodiyot” kafedrasi 2025-yil 25-mart kuni xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazadi. Unda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.

Anjuman yo‘nalishlari:
 Xizmatlar sohasida zamonaviy texnologiyalar va tarkibiy o‘zgarishlarning nazariy va amaliy jihatlari
 Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xizmatlar sohasi
 Xizmatlar sohasida investitsiya va innovatsion masalalar

Maqola topshirish muddati: 2025-yil 20-martgacha
Ishtirok to‘lovi: har bir bet uchun 25 000 so‘m

Maqolalarni yuborish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Telegram: +998334272474

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi ilova orqali olishingiz mumkin.

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 22-yanvaridan 4-fevraligacha Global taʼlim boʻlimi boshligʻi Irina Qodirova va turizm kafedrasi oʻqituvchisi Mehruza Vafoqulovalar ITEC granti sovrindori sifatida “Tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida Hindistondagi Chennay, Texnik o'qituvchilarni tayyorlash milliy institutida (NITTTR) ikki haftalik amaliyot oʻtamoqda.

ITEC (Hindistonning texnik va iqtisodiy hamkorligi) granti turli mamlakatlardan kelgan mutaxassislarga ta’lim va texnologiya sohasida qimmatli tajriba va bilim olish imkoniyatini beradi.

Texnik o'qituvchilarni tayyorlash milliy institutida amaliyot o‘tayotgan xodimlarga o‘z kasbiy malakalarini chuqurlashtirish, boshqa davlatlardan kelgan hamkasblari bilan tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni universitet o‘quv jarayoniga joriy etish imkonini yaratadi.

Kategoriya Yangiliklar
Juma, 31 Yanvar 2025 10:14

E’lon

Sizni 2025-yilgi turizm va madaniy meros sohasi etakchilari uchun amalga oshiriladigan ma’ruzalar doirasidagi 4-seminarga taklif qilamiz. Mehmon spiker Tazabay Uteuliev, "Aral Sea Discovery" kompaniyasi bosh direktori, Oral dengizi hududida turizm rivojlanishi va "Aral Sea Discovery" loyihasining taraqqiyot tarixi haqida o‘z bilim va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi. Ushbu seminarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, prof. Toni Zou olib boradi.

Joy: 229-ma’ruza zali

 Vaqt: 2025-yil 3-fevral, soat 15:30 – 16:30 (Dushanba)

Sizni ushbu qiziqarli muhokamada ishtirok etishga taklif qilamiz!

Kategoriya E'lonlar
Payshanba, 30 Yanvar 2025 17:36

E'LON

2025-yil 1-fevral kuni soat 10:00 da UNWTO tematik ofisida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengashda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tayanch doktoranti Xashimova Madina Muradxanovnaning 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi boʻyicha “Hududlar ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Kategoriya E'lonlar
Payshanba, 30 Yanvar 2025 16:56

E'lon. Hurmatli talabalar

Sindao universitetida Shandong oynasi stipendiyalari uchun arizalar topshirish jarayoni boshlandi. Shandong oynasi tomonidan taqdim etilgan 10 nafar talabaga toʻliq toʻlanadigan stipendiyalar mavjud.

Turizm ixtisosligida tahsil olayotgan 7 nafar talabaga stipendiya ajratiladi.

Madaniy meros bilan bog'liq mutaxassislik bo'yicha tahsil olayotgan 3 nafar talaba stipendiya ajratiladi.

Shandong stipendiyasiga muvofiqlik mezonlari:

✔️ Ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS bo'yicha kamida 6,5 ​​ball).

✔️ Xitoy tilini bilish sertifikati (HSK) afzallik hisoblanadi.

✔️ Yuqori akademik ko'rsatkichlar va a'lo baholar.

✔️ Universitetning ikkinchi bosqich talabasi.

Bundan tashqari, ushbu stipendiyalar Shandong viloyati hukumatining "Do'st shahar stipendiyasi" dasturining bir qismi bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

✅ O'qish to'lovlari

✅ Turar joy

✅ Sug'urta

✅ Yashash uchun beriladigan mablag‘: bir yilning 10 oy oyiga 1800 RMB.

Hoziroq murojaat qiling va ushbu ajoyib imkoniyatdan foydalaning! Murojaatlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron pochta orqali yuborilishi kerak

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 20-fevral

Kategoriya Yangiliklar

Bugun, 30-yanvar kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova, rektor maslahatchisi  S.Kulmuratov, “Tarix va madaniy meros” kafedrasi mudiri M.Sidiqovalar  tomonidan 1-bosqich 124-guruh talaba-qizlari o’rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mas’ullar “Jaholatga qarshi – ma’rifat“ tamoyili asosida ulg’ayib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratishdi. Ayniqsa, XXI-asr globallashuv jarayonida yoshlarimiz radio-televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali har-xil axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Ba’zi bir aqidaparastlar o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga urinib, qabih ishlarini amalga oshirmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratishdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi ma’rifat asosida yoshlarni aqidaparastlik oqimlaridan saqlash” mavzusida videoroliklar namoyish etildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Bu kabi tadbirlar hali davom etadi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 30 Yanvar 2025 10:29

VIII Xalqaro Gidlar Forumi

2025-yil 21-22 fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Turizm va ekskursiya faoliyati: yangi muammolar va rivojlanish yoʻllari” mavzusida VIII Xalqaro Gidlar Forumi tashkil etiladi.

Forum turizm va ekskursiya sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilish, tajriba almashish hamda gidlar tayyorlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan.

Shuning bilan, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati va professorlari ushbu muhim tadbirda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi ilova orqali olishingiz mumkin

Kategoriya E'lonlar

Bugun 29-yanvar kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo'mitasi, Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan turizm subyektlari bilan OAV vakillari o'rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Ochiq muloqotda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiev onlayn tarzda ishtirok etdi va sohada amalga oshirilgan ishlar va galdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.  Shuningdek tadbirda Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari R.Qobilov o‘tgan yilda  Samarqand viloyatiga xorijdan tashrif buyurgan turistlar soni, mehmonlarga servis sohasida qilingan ishlar, rejalar xususida batafsil ma’lumot berdi.  Ahamiyatlisi, ochiq muloqotda turizm yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlarning ham muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan takliflar va savollarga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.

Kategoriya Yangiliklar
Chorshanba, 29 Yanvar 2025 10:59

DIQQAT E’LON!

Barcha talabalar diqqatiga! Talaba-yoshlarga sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib  qilish va ularning sport bilan shug‘ullanishiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish  maqsadida 2025 yil 16-18 fevral kunlari  "Talaba - yugur" ommaviy  yugurish sport musobaqasini hududiy bosqichini tashkil etilmoqda.

Barcha talabalarimizni ushbu loyihada faol bo‘lishi so‘rab qolamiz! Ishtirok etish istagida bo‘lgan talaba-yoshlar  ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

       Murojaat uchun:

        Tel:90 224-02-22,

               90 227-28-08

        Universitet Sport klubi

Kategoriya E'lonlar
 Ushbu dastur Xitoy universitetlarida bir yillik tadqiqotchi, yetakchi tadqiqotchi, magistratura va doktorantura kurslarini o‘z ichiga oladi.
Dastur xarajatlari (aviachipta va o‘qish) YUNESKO va Xitoy hukumati tomonidan qoplanadi. Nomzodlar ingliz tilini bilishi, yosh chegarasiga mos kelishi va sog‘lom bo‘lishi talab etiladi. Hujjatlarni 2025-yilning 21-fevraliga qadar topshirish lozim.
Batafsil ma’lumot: Buyuk devor stipendiyasi.

Batafsil

 
Kategoriya E'lonlar
1 dan 6 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar