O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil loyihasi doirasida “Ipak yo‘li” universitetimizning bir guruh talabalari Amir Temur kamolga yetgan yurt Shahrisabzga amaliy sayohati tashkil etildi.
Shahrisabz - O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo‘lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Sayohat davomida talabalar Oq saroy majmuasi, Shahrisabz tarixi muzeyi, Hazrati imom masjidi, Temuriylar daxmasi, Ko‘k gumbaz masjidi, Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi, Dorusi-Saodat, Shamsuddin Kulol, Gumbazi-Seyvidan maqbaralari to‘g‘risidagi qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Ahamiyatlisi, hukumatimiz tomonidan shaharning madaniyat va turizm markazi sifatida ulkan salohiyatini namoyish etadigan “Shahrisabz – festivallar shahri” konsepsiyasini faol ilgari surib kelinmoqda
Respublikamizning barcha hududlarida 22-yanvar, chorshanba kuni joriy yilning birinchi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi bo‘lib o‘tadi.https://gov.uz/oz/eco/news/view/33624
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 16-sentabrdagi № 07-1-1898 sonli topshiriq xatiga asosan, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining bakalavr va magistratura bosqichidagi talaba-yoshlari o‘rtasida “O‘zbekiston turizmni rivojlantirishning istiqbollari” nomli maqolalar tanlovini o‘tkazish belgilangan.
Tanlovda guruh va kursidan qat’iy nazar universitetning bakalavr va magistratura bosqichi talabalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda maqolalar o‘zbek, rus, yoki ingliz tillarida qabul qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan dastlabki uchta maqola universitet rahbariyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar:
Muddat: maqolalarni 2025-yilning 5-fevraliga qadar ko‘rsatilgan E-mail yoki telegram manziliga yuborishingiz mumkin.
Eslatma: Tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va kechikib topshirilgan maqolalar tanlovga qabul qilinmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ilmiy tadqiqotlar bo’limi (322 xona) hamda dekanatdan (236 xona) olishingiz mumkin.E-mail:Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. ; Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Telefon raqami:+998662406785 (Telegram: @n_xoliqov)
Bugun 20-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida HoReCa bo‘limi tashabbusi bilan Turkiyadan tashrif buyurgan gastronomik turizm va mehmonxona biznesi sohalarida 25 yillik tajribaga ega malakali tadbirkor va menejer Ferah Cuneri Bircan bilan talabalarning uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda Ferah Cuneri Bircan Samarqandning gastronomik turizm va mehmonxona biznesida juda katta imkoniyatlari borligi va undan to‘g‘ri va oqilona foydalanish lozimligi xususida gapirdi.
Tadbirkor talabalarga o‘z hayotiy faoliyatidan kelib chiqqan holda sohada malakali mutaxassis bo‘lish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi xususida gapirib taqdimot o‘tkazdi. Tadbirkor ochiq muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
2024/2025 o‘quv yilining iyun oyida tashkil etiladigan Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari doirasida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida talabalar uchun qishki oromgoh tashkil etildi.
Mazkur qishki oromgoh 3 kunga moʻljallangan boʻlib, birinchi kunida Samarqand shahrida joylashgan sayyohlik manzillarining bugungi kundagi imkoniyatlari haqida seminar-tering tashkil etildi. Mazkur seminarlarda universitetimizning malakali mutaxassislaridan “Turizm” kafedrasi oʻqituvchisi Ruxshona Rofeyeva “Uzbekistan is a hidden gem” mavzusida va “Tarix va madaniy meros” kafedrasi oʻqituvchisi Shodikulova Mohigul “Important elements in tour guide activities” mavzusida qiziqarli ma’lumotlarni talabalarga yetkazishdi.
Joriy yilning 19-yanvar kuni universitetimiz qoshidagi Turizm akademiyasida, HoReCa bo‘limi hamda Yaponiyaning Nara hokimiyati va Samarqanddagi "Nara Academy" til markazi hamkorligida Yaponiyalik tajribali oshpazlar tomonidan Yapon milliy taomi Sushi tayyorlash bo‘yicha bepul master-klass bo‘lib o‘tdi.
Sushi tayyorlash jarayoni Yaponiyaning Uemori Sushi School va Nara Akademiyasi bilan hamkorligida o‘tkazilib, unda Yapon sushisini tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot darslari tashkil qilindi.
Tadbirda universitet talabalari hamda Samarqand shahrida faoliyat olib boradigan restoran va kafelarning bosh oshpazlari ishtirok etishdi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalarimizning xalqaro xizmat ko‘rsatishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Joriy yilning 16-yanvar kuni “Turizm” kafedrasi assistent-o`qituvchisi M.Ismailova “Daromad va qashshoqlikning taqsimlanishi. Soliqlar” mavzusida o‘tgan darsiga Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi bosh inspektori Bekzod Salievni taklif qildi. Mutaxassis mavzu yuzasidan talabalarga bir biridan muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tdi. Xususan iqtisodiyot, daromad, soliqlarning ahamiyatli tomonlari kabi muhim mavzularda haqida aytildi.
Bugun 17-yanvar kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Abbasova tomonidan oila qurish ostonasida turgan talaba-qizlar uchun “Qiz bola - bo‘lg‘usi oila bekasi, kelajagimiz egasidir” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda davra suhbati va amaliyotni o‘z ichiga olgan mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbirda universitet psixologi, 1 va 2-bosqich tyutorlari, professor-o‘qituvchi hamda xodimalar faol ishtirok etishdi. Samarqand shahar “Sug‘diyona” va “Mulla qalandar” mahallalaridan taklif etilgan ko‘pni ko‘rgan nuroniy onaxonlardan M.Mavlyanova, S.Aslamova, L.Nabiyeva hamda O.Aslamovalar tadbir mehmoni bo‘lishdi.
Nuroniy onaxonlar talaba-qizlarga oila, kelinlik va onalik mas’uliyat, ro‘zg‘or sirlari, qaynona-kelin munosabatlari, oilaviy ajrimlarning sabab va oqibatlari haqida ma’ruza qilish bilan birga, o‘z hayot yo‘llari bilan o‘rtoqlashishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga sharqona odob ziynatlaridan hisoblangan kelinlik vazifalarini amaliyotda qo‘llashni o‘rgatishdi. Uchrashuv so‘nggida nuroniy onaxonlar talaba-qizlarga oila muqaddasligi va mustahkamligiga dasturul amal bo‘lishga yordamlashadigan adabiyotlarni taqdim etishdi.
Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi tadbirlar hali davom etadi.
Har kuni xayolimizdan minglab fikrlar, xohish-istaklar o‘tadi. Ular orasidan orzu-maqsadlarni ajratib olish esa ba’zida mushkul bo‘ladi. Shu boisdan ularni to‘g‘ri shakllantirish juda muhim.
Butun dunyoda tatbiq etilib kelinayotgan "Orzular xaritasi" psixologik texnikasi ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham qo‘llanildi. Universitet psixologi D.Turdiyeva va faol lider qizlar hamkorligida tashkil etilgan treningda talabalar o‘z orzulari xaritasini yaratishdi.
D.Turdiyeva orzularga erishish yo‘llari, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish to‘g‘risida qimmatli tavsiyalar berib, qizlarga ulkan motivatsiya ulashdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz