Juma, 17 Yanvar 2025 14:40

Universitetimiz talaba-qizlariga maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va orzularga erishish yo‘lida zarur tavsiyalar berildi

Har kuni xayolimizdan minglab fikrlar, xohish-istaklar o‘tadi. Ular orasidan orzu-maqsadlarni ajratib olish esa ba’zida mushkul bo‘ladi. Shu boisdan ularni to‘g‘ri shakllantirish juda muhim.

Butun dunyoda tatbiq etilib kelinayotgan "Orzular xaritasi" psixologik texnikasi ilk bor “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ham qo‘llanildi. Universitet psixologi D.Turdiyeva va faol lider qizlar hamkorligida tashkil etilgan treningda talabalar o‘z orzulari xaritasini yaratishdi.

D.Turdiyeva orzularga erishish yo‘llari, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish to‘g‘risida qimmatli tavsiyalar berib, qizlarga ulkan motivatsiya ulashdi.

O'qilgan 52 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar