Bugun 30-sentabr kuni universitetimiz faollar zalida 1-oktabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami keng nishonlandi. Bayram tadbirida universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov so‘zga chiqib rektorimiz A.Abduxakimov nomidan barchani ushbu bayram bilan muborakbod etdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu o‘quv yilida universitetimizdagi 3000 ming nafarga yaqin talabalarga 117 ta mahalliy va 10ga yaqin xorijlik professor-o‘qituvchilar dars berib berishadi. Ularning 6 nafari professor, 25 nafari dotsent, 15 nafari katta o‘qituvchi, 35 nafari assisent va 32 nafari stajor o‘qituvchilar hisoblanadi. Albatta har bir oliy dargohning nufuzini ilmiy salohiyat belgilab beradi. Ushbu yo‘nalishda yutuqlarimiz tahsinga sazovor bo‘lib birgina ushbu o‘tgan o‘quv yilida universitetimiz o‘qituvchilaridan A.To‘xtamishov, S.Samiev, I.Ablaqulova, N.Turdieva, N.Raximova, G.Jo‘raeva va D.Ma’rupovalar turizm, pedagogika va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini yoqlab doktorlik darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bundan tashqari universitet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridagi (Web of Science, Scopus, Elsevier) yuqori impakt faktorli jurnallarda o‘zlarining ilmiy yutuqlarini tizmli ravishda “Journal Of Tourism Management Research”, “International Journal of Hospitality & Tourism Administration” kabi xalqaro yuqri reytingli jurnallarda maqola sifatida chop etib kelmoqda.
Tadbirda oliygohimiz o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Hoffman so‘z olib barcha o‘qituvchilarni bayram bilan qutladi va xorijdan kelgan professor-o‘qituvchilar bilan tanishtirdi. Bayram tadbirida bir piyola choy tashkil qilinib, o‘tgan o‘quv yilida faol bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz universitetimizning qadrli professor-o‘qituvchilari hamda jonkuyar xodimlari!
28-sentabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga Jijia Dong va Sun Syaodong boshchiligidagi Xitoy turizm palatasining nufuzli delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet prorektorlari D.Nasimov va T.Zoular kutib olishdi. Dastlab mehmonlar universitet kampusi bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng universitet faollar zalida uchrashuv o‘tkazilib unda turizm sohasida amalga oshirilayotgan ikki tomonlama aloqalar xususida fikr almashildi. Shuningdek mehmonlar Turizm akademiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Assalomu alaykum hurmatli universitetimiz professor-o‘qituvchilari Sizlarni bugungi 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugun yurtimizda xususan Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiyga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik borasida qator amaliy ishlarga qo‘l urilib kelinayati.
Bugun Yangi O‘zbekistonga xususan turizm va madaniy meros sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashda professor-o‘qituvchilarning o‘rni har qachongidanda muhim hisoblanadi. O‘z ustida tinmay ishlab talabalarga bor bilim va g‘ayratini bag‘ishlagan professor-o‘qituvchilarimiz davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilib kelinayapti.
Bugungi kunda universitetimizdagi 3000 ming nafarga yaqin talabalarga 117 ta mahalliy va 10ga yaqin xorijlik professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda. Ularning 6 nafari professor, 25 nafari dotsent, 15 nafari katta o‘qituvchi, 35 nafari assisent va 32 nafari stajor o‘qituvchilar hisoblanadi. Albatta har bir oliy dargohning nufuzini ilmiy salohiyat belgilab beradi. Ushbu yo‘nalishda yutuqlarimiz tahsinga sazovor bo‘lib birgina ushbu o‘quv yilida universitetimiz o‘qituvchilaridan Aziz To‘xtamishov, Siroj Samiev, Iroda Ablaqulova, Nargiza Turdieva, Nilufar Raximova, Gavhar Jo‘raeva va Dilfuza Ma’rupovalar turizm, pedagogika va filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalarini yoqlab doktorlik darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Biz ularni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.
Bundan tashqari universitet professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridagi (Web of Science, Scopus, Elsevier) yuqori impakt faktorli jurnallarda o‘zlarining ilmiy yutuqlarini tizmli ravishda “Journal Of Tourism Management Research”, “International Journal of Hospitality & Tourism Administration” kabi xalqaro yuqri reytingli jurnallarda maqola sifatida chop etib kelmoqda.
Bugungi kunda universitetimizda 16 ta bakalavr yo‘nalishida, 7 ta magistratura yo‘nalishida mutaxassis tayyorlanib kelinmoqda. Yana bir quvonchli yangilik ushbu o‘quv yilidan universitetimizda 5ta yangi yo‘nalishda talabalar qabul qilindi. Bundan tashqari ushbu o‘quv yilidan “Yozma va og‘zaki tarjima tadqiqotlari” kafedrasi ham o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu kafedrada ilmiy salohiyati, bilimi yuqori bo‘lgan malakali 6 nafar professor-o‘qituvchi mehnat qilmoqda. Mana shu o‘rinda barcha bilim va tajribalari bilan yaqindan yordam berayotgan professor-o‘qituvchilarga hamda universitetimiz prorektorlari professor Jozzef Hoffman hamda professor Toni Zoularga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Kun sayin barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yuksalib borayotgan universitetimizda ushbu o‘quv yilidan boshlab Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi 2 ta yirik loyihada ishtirok etmoqda. Bular Xitoy va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Halol turizm” va ERASMUS+ dasturining O‘zbekistonda Oliy ta’lim muassasalarini isloh qilish va o‘zgartirish, sifatini ta’minlash loyihalari hisoblanadi.
Universitetimizda xalqaro aloqalarni rivojlantirishda borasida ham muayyan ishlarga qo‘l urildi. Turizm va madaniy meros sohalarida malakali mutaxassis tayyorlab kelayotgan yosh universitetimiz ushbu yilga kelib dunyodagi jami 97ta nufuzli universitetlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Buning natijasida ushbu universitetlar bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik almashinuv ishlari olib borilayapti.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ushbu o‘quv yilida universitetimizning jami 60 nafar professor-o‘qituvchilari AQSh, Xitoy, Angliya, Rossiya, Hindiston, Germaniya, Kanada, Shvetsariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Australiya, Belarus, Turkiya, Ozarbayjon, Ruminiya, Chexiya, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi 19 ta davlatlarda o‘tkazilgan yirik xalqaro malaka oshirish bilan birga turli anjumanlarda, simpoziumlarda faol ishtirok etishdi va xorijda olgan bilim va tajribalarini o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llab kelmoqda.
O‘tgan o‘quv yilida professor-o‘qituvchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida universitetimiz kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 17 nafar o‘qituvchi va 15 nafar xodim Buxoro, Toshkent hamda Xiva shaharlariga, va Zomin dam olish zonalariga sayohati tashkil qilindi. 12 nafar o‘qituvchi yurtimizdagi sanotoriylarda dam olishi uchun yo‘llanmalar berildi. Bundan tashqari o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazilib g‘oliblar munosib taqdirlandi.
Dunyoda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mashaqqatli kasb bo‘lmasa kerak. Borliqni anglash, ilm-fan sirlarini egallashda barcha birdek o‘qituvchi va murabbiylar ko‘magiga tayanadi. Shu bois, mamlakatimizda ular mehnatini e’zozlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va bu jarayon davom etmoqda.
Universitetimiz professor-o‘qituvchilari oldiga muhim vazifa yaqin kelajakda xalqaro akkredetatsiyadan o‘tish vazifasi qo‘yilgan. Men bu yo‘lda bor kuch bilim va malakalaringizni ishga solishingizga ishonaman va bu yo‘lda Siz azizlarga omad yor bo‘lishini tilayman.
Sizlarni yana bir bor, bugungi 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Oilangizga qut-baraka, o‘zingizga sog‘lik-omonlik va ilmiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin.
Hurmat bilan,
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori A.Abduxakimov.
2024-yil 26-sentabr kuni universitet talabalari ishtirokida “Inspektor va talabalar uchrashuvi” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 3-martdagi 06/12-son qaroriga 2-ilova “Oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishiga olib kelishi omillarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning 5-bandi ijrosi yuzasidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida talabalarning huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish barasida o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha “Xavfsiz talaba” platformasini tashkil etish chora-tadbirlari belgilangan va amalga oshirilmoqda. Xususan targ‘ibot tadbirida universitet Yoshlar bilan mahallabay ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Abduvahidova va boshqa mas’ullar so‘z olib bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda e’tiborli bo‘lishi, xar xil ta’qiqilangan tarmoqlarga kirib qonun buzilishi holatlarini yuzaga keltirmasligi yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Savol javoblarga boy o‘tgan targ‘ibot tadbiri yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Turizm Qo’mitasi delegatsiyasi Yaponiyaning Tokio shahrida bo’lib o’tayotgan Japan Expo 2024 xalqaro turizm ko’rgazmasida qatnashmoqda.
Ko’rgazmaning O’zbekiston pavilionida “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining burchagi ham tashkil etilgan bo’lib unda universitetimiz vakili ham ishtirok etib, oliygohimiz faoliyati xususidagi qator yangiliklarni ishtirokchilarga taqdim qilayapti.
“ORIENTATION DAYS” tadbiri doirasida birinchi bosqich talabalari “Tarjima va tarjimonlik tadqiqotlari” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kafedra mudiri T.Akramova o‘qituvchilarni tanishtirdi va talabalarga o‘z ustilarida ko‘proq ishlashi xususida o‘z tavsiyalarini berdi. Universitetimizda yangi tashkil qilingan ushbu kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan turli mavzularda burchaklar tashkil etilib, talabalarni xitoy, koreys, ingliz va rus xalqlari madaniyati bilan tanishtirishdi.
Koreys tili fani o‘qituvchisi M.Baymatova hozirgi kunda ommabop bo‘lgan ushbu tilning xususiyatlari haqida so‘zlab bergan bo‘lsa, rus tili va madaniyati fani o‘qituvchilari N.Turdiyeva va D.Ma’rupova rus xalqining milliy suvenirlari va shirinliklarini taqdim etdilar.
Xitoy milliy burchagida xitoy tili fani o‘qituvchilari O.Nabiev,
K. Baykabilov, O.Ibodullaevalar talabalarni maxsus mo‘yqalam va guash yordamida xitoycha belgilarni mustaqil ravishda tasvirlashga harakat qilishiga taklif qildilar.
Bugun universitetimizda birinchi bosqich talabalari uchun “ORIENTATION DAYS” tadbirlari hamda 27-sentabr- Butunjahon Turizm kuni bayrami keng nishonlandi. Shu munosabat bilan universitetimiz faollar zalida bayram tadbiri tashkil qilindi. Dastlab bayram tadbirida so‘z olgan universitetimiz Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov barcha tadbir ishtirokchilarini hamda birinchi bosqich talabalarni hurmatli rektorimiz A.Abduxakimov hamda jamoa nomidan muborakbod etdi. Tadbirda eng yuqori bal bilan IELTS sertifikatini olib talabalar safiga qabul qilingan bir guruh birinchi bosqich talabalariga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda viloyat Turizm departamenti D.Narziqulov ham barcha ishtirokchilarni 27-sentabr - Butunjahon Turizm kuni bayrami bilan muborakbod etdi va turizm sohasida mutaxassis tayyorlashda faol bo‘lgan universitetimiz professor-o‘qituvchilariga hamda sohaga munosib hissa qo‘shgan tadbirkorlarga “Tashakkurnoma”larni topshirdi.
“Orientation days” tadbirida birinchi bosqich talabalari universitetimiz uchun eng qadrli maskan hisoblangan kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki universitetimiz talabalari bugungi kunda ushbu kutubxonadagi 25 mingdan ziyod turli mahalliy va xorijiy adabiyotlardan foydalanib kelishmoqda. Kutubxona bo‘limi mudiri tomonidan kitoblar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.
Universitetimizda iqtidorli talabalarni aniqlash va o‘quv yili davomida stependiya ajratish maqsadida “Turizm” kafedrasi tomonidan tanlov o‘tkazilib, unda uch nafar talaba g‘olib bo‘lgan edi. “Orientation days” tadbirida ushbu uch nafar g‘olib talabalarga kafedra mudiri A.Odilov tomonidan sertifikatlar topshirildi.
26-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan “ORIENTATION DAYS” tadbiri doirasida birinchi bosqich talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidagi sport zal va suzish basseyni bilan yaqindan tanishdi.
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz