Yangiliklar: Sentyabr 2024

Bugun 26-sentabr kuni o‘tayotgan “ORIENTATION DAYS” tadbiri doirasida birinchi bosqich talabalari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xuzuridagi Turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. Ma’lumki ushbu Turizm аkademiyasi Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib talabalarning turizm sohasida chuqur bilim olishi va malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishida muhim o‘rin egallaydi. “Turizm” kafedrasi professor-o‘qituvchilari birinchi bosqich talabalarini Turizm аkademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirib bordi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 26 Sentyabr 2024 12:06

Orientation Days-2024

26-27-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristetida birinchi bosqich talabalari uchun “ORIENTATION DAYS” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng tadbirni ochib berish uchun so‘z universitetimiz prorektorlari prof. J.Xoffman va prof. T.Zoularga berildi. Professorlar J.Hoffman va T.Zoular oliygohdagi o‘quv va ilmiy jarayonlar xususida gapirib, barcha birinchi bosqich talabalarini yurtimizdagi eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qabul qilinganliklari bilan qutladi. Universitetimiz dekani tomonidan talabalar bilan bevosita faoliyat olib boradigan universitet kafedralari mudirlari va bo‘lim boshliqlari tanishtirib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida 2024-2025 o‘quv yilida universitetimizga bakalavr kunduzgi yo‘nalishiga 489, sirtqi ta’lim yo‘nalishiga 314 nafar, masofaviy ta’lim yo‘nalishiga 254 nafar va magistratura yo‘nalishiga 132 nafar talaba qabul qilindi.

Ma’lumki, ushbu o‘quv yilidan universitetimizda yangi kafedra tashkil qilinib, 5 ta yangi yo‘nalishda talabalar qabul qilindi. Bu kabi amaliy jarayonlar universitetimizda ta’lim berish jarayonlarining kun sayin yuksalib borayotganligidan dalolat bermoqda. Shuningdek  Orientation week 2024 tadbirida “Turizm” kafedrasi tomonidan tanlov o‘tkazilib, unda uch nafar talaba g‘olib bo‘lganligi e’lon qilindi. G‘oliblarga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek Orientation Days 2024 tadbiri doirasida birinchi bosqich talabalariga universitet kampusida yaratilgan shart-sharoitlar hamda Turizm Akademiyasi yaqindan tanishtirildi.

Kategoriya Yangiliklar

24-sentabr kuni Sichuan Universiteti (SICNU) vitse-prezidenti Guo Chjaoxuy boshchiligidagi delegatsiyasi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibidan moliya departamenti direktori, marksizm, xalqaro xitoy tili va tarix, madaniyat va turizm kolleji fakultetlari dekanlari, xalqaro almashinuv va hamkorlik departamenti direktori o‘rin olgan. Ushbu tashrif oliygohlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va madaniy almashinuvni faollashtirishda muhim qadam bo‘ldi. Delegatsiya turizm va madaniy meros taʼlimi sohalarida potentsial hamkorlikni oʻrganishga qaratilgan konstruktiv munozaralarda ishtirok etdi. Ahamiyatlisi kelgusida ushbu hamkorlik har ikkala universitetga juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 2024-2025 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Orientation Week” doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurgan birinchi bosqichga qabul qilingan talaba-qizlar universitetning talabalar turar joyida joylashtirildi.

2024-yilning 24-sentabr kuni “Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarga hammamiz mas’ulmiz” shiori ostida universitet xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, profilaktika inspektori Sh.Qurbonov hamda birinchi bosqich tyutori P.Islomovlar talabalar turar joyiga tashrif buyurib birinchi bosqichga qabul qilingan talaba-qizlarni universitetning ichki odob-axloq qoidalari va yashash  sharoitlari bilan hamda talabalar turar joyidagi xonalarda talab qilinadigan qoidalarga amal qilgan holda tozalik va ozodalikka rioya qilish, shaxsiy gigiyena, muloqot madaniyati, huquq va burchlari, yong‘in va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo’yicha yetarli tushuntirish ishlarini olib borishdi va o‘zlarining zarur tavsiyalarini berishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimiz Ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Toni Zouning ''Resurslar va ekologiya jurnali'' da yangi maqolasi chop etildi.

 “Mahalliy aholining madaniy meros turizmini qo‘llab-quvvatlash maqsadini anglash: rag‘batlantiruvchi-organizm-reaksiya nuqtai nazaridan tadqiqot” sarlavhali maqola madaniy meros turizmini jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning murakkab dinamikasini o‘rganadi.

Ushbu qiziqarli tadqiqot aholining maqsadlariga ta'sir etuvchi omillarni o'rganadi va barqaror turizmni rivojlantirishda jamoatchilik ishtirokining muhimligini ta'kidlaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Toni Zouning fanga qo‘shgan ushbu salmoqli hissasi bilan tabriklaymiz! Biz barchani ushbu qimmatli maqolani o‘qishga taklif qilamiz.

Kategoriya Yangiliklar

Universitetimiz magistratura yo‘nalishini 60 nafar xorijlik va 74 nafar mahalliy talaba muvaffaqiyatli tugatdi. 17 ta davlatdan kelgan xorijlik bitiruvchilar universitet haqidagi iliq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kategoriya Yangiliklar

15-16 sentabr kunlari mamlakatimizga xususan Samarqandga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi xalqaro Turizm Akademiyasiga faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumki bugungi kunda O‘zbekiston-Germaniya davlatlari o‘rtasidagi xamkorlik aloqalari kun sayin yaxshilanib borayotganligi turizmda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.  Markaziy Osimyoda yagona bo‘lgan Turizm Akademiyasi yuqori martabali mehmonda juda katta taassurot qoldirdi. Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Turizm Akademiyasida universitetimizning bir guruh talabalari bilan O‘zbekistonda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning bilimga chanqoqligi kabi masalalarda muloqot o‘tkazdi. 

Kategoriya Yangiliklar

21-sentyabr kuni Indoneziya Respublikasining 5-Prezidenti Megavati Sukarnoputrining universitetimizga tashrifi xususida tayyorlangan videorolik.

Kategoriya Yangiliklar

Fransiyaning Parij shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasi elchixonasida diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi N.G'aniev hamda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi raisi U.Shadiyev O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar,  turizm sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida gapirib o'tishdi. 

Shuningdek tadbirlar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi "2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida universitetimizning xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i S.Samaridinov Samarqand shahrining uch ming yillik tarixi, boy madaniy merosi,  qadriyatlari hamda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faoliyati, oliygoh huzurida tashkil etilgan UNWTO Turizm Akademiyasi haqida taqdimot o‘tkazib zarur ma'lumotlarni berib o'tdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 19­-22-sentyabr kunlari Indoneziya  Respublikasining 5-Prezidenti  Megavati  Sukarnoputri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari koʻhna Samarqandga shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar tashrif davomida 21-sentyabr kuni “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida boʻlishdi. Delegatsiyani Ekologiya,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  iqlim  oʻzgarishi  vaziri va oliygoh rektori Aziz Abduxakimov kutib oldi. Dastlab mehmonlar universitet kampusida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, madaniy meros namunalarini koʻzdan kechirdi. Shundan soʻng Megavati  Sukarnoputri xonim va Aziz Abduxakimov oʻrtasida muloqot oʻtkazilib, unda ikki tomonlama hamkorlik borasidagi amaliy ishlarni yanada yaxshilash borasida fikr almashildi. Tadbirning asosiy qismi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti magistratura yoʻnalishini bitirgan 45 nafar xorijlik va 74 nafar mahalliy talabaga tantanali diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Shu bilan birga, universitet rektori Aziz Abduxakimov tomonidan Indoneziya  Respublikasining  5-Prezidenti  Megavati Sukarnoputriga turizmni rivojlantirish va madaniy merosni asrash borasidagi yuksak natijalarini yuqori e’tirof etish maqsadida, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti “Faxriy professori” diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Oliygoh hududida Megavati Sukarnoputri hamda Aziz Abduxakimov, Indoneziyaning birinchi Prezidenti Sukarnoning O‘zbekistonda diniy va madaniy turizmni rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etib “Sukarno bog‘i”ni ochishdi.

Kuning ikkinchi yarmida mehmonlar BMT Turizm bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro Turizm Akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va Megavati Sukarnoputri tomonidan Akademiyaga 200dan ortiq kitoblar hadya qilindi.

Kategoriya Yangiliklar
2 dan 5 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar