Payshanba, 26 Sentyabr 2024 12:06

Orientation Days-2024

26-27-sentabr kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro univeristetida birinchi bosqich talabalari uchun “ORIENTATION DAYS” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng tadbirni ochib berish uchun so‘z universitetimiz prorektorlari prof. J.Xoffman va prof. T.Zoularga berildi. Professorlar J.Hoffman va T.Zoular oliygohdagi o‘quv va ilmiy jarayonlar xususida gapirib, barcha birinchi bosqich talabalarini yurtimizdagi eng nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga qabul qilinganliklari bilan qutladi. Universitetimiz dekani tomonidan talabalar bilan bevosita faoliyat olib boradigan universitet kafedralari mudirlari va bo‘lim boshliqlari tanishtirib o‘tildi.

Ma’lumot o‘rnida 2024-2025 o‘quv yilida universitetimizga bakalavr kunduzgi yo‘nalishiga 489, sirtqi ta’lim yo‘nalishiga 314 nafar, masofaviy ta’lim yo‘nalishiga 254 nafar va magistratura yo‘nalishiga 132 nafar talaba qabul qilindi.

Ma’lumki, ushbu o‘quv yilidan universitetimizda yangi kafedra tashkil qilinib, 5 ta yangi yo‘nalishda talabalar qabul qilindi. Bu kabi amaliy jarayonlar universitetimizda ta’lim berish jarayonlarining kun sayin yuksalib borayotganligidan dalolat bermoqda. Shuningdek  Orientation week 2024 tadbirida “Turizm” kafedrasi tomonidan tanlov o‘tkazilib, unda uch nafar talaba g‘olib bo‘lganligi e’lon qilindi. G‘oliblarga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek Orientation Days 2024 tadbiri doirasida birinchi bosqich talabalariga universitet kampusida yaratilgan shart-sharoitlar hamda Turizm Akademiyasi yaqindan tanishtirildi.

O'qilgan 82 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar