Biz eng iste’dodli talabalar uchun “Turizm kafedrasi” stipendiyasini e’lon qilayotganimizdan mamnunmiz! Agar siz o’tgan o’quv yilida akademik, ilmiy va professional jihatdan yuqori natijalarga erishgan bo'lsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyatdir. Quyida “Turizm kafedrasi” stipendiyasi TALABLARI bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar o’zingizni stipendiyaga loyiqman deb o’ylasangiz – ushbu stipendiya SIZ uchun! Tanlov mezonlari: Akademik ballar (40%) GPA va baholar reytingi: GPA (min. 85%) va baholar reytingingizni ko'rsatuvchi baholar reytingini taqdim eting. A’lo akademik ko'rsatkichlar muhimdir. Motivatsion xat (25%) Nima uchun siz stipendiyaga loyiq ekanligingizni tushuntiruvchi, akademik yutuqlaringiz, karyera maqsadlaringiz va shaxsiy orzularingizni bayon etuvchi motivatsion xat yozing. O'z sohangizga bo'lgan motivatsiya va sadoqatingizni yoritib bering. Video CV (10%) Oldingi yutuqlaringiz va kelajakdagi maqsadlaringizni yorituvchi professional va ijodiy video CV yarating. Video aniq va qiziqarli bo’lishi hamda unda qobiliyatlar to’liq yoritilishini ta'minlang. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (10%) Siz uchun eng yaxshi ustozning universitet va shaxsiy hayotizdagi o‘rni (kamida 3 ta ustoz) Til sertifikati (15%) TOEFL, IELTS va Milliy Sertifikat (CEFR) kabi amaldagi tilni bilish darajasi sertifikatini taqdim eting. Ikkinchi xorijiy tildagi sertifikga ustunlik beriladi. Stipendiya haqida ma’lumot: 1. Stipendiya miqdori – har oy 500.000 so’m 2. Davomiyligi – bir semestr Murojaat qilish tartibi: 1. Akademik transkriptlaringizni (GPA) yuklang; 2. Motivatsion xatingizni yuklang (500 ta so’z); 3. Video CV (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang; 4. “Mening Turizm kafedrasidagi ustozim” video taqdimot (50 mb va 2 daqiqadan oshmasin) yarating va yuklang; 5. Til bilish darajasi sertifikati (IELTS, TOEFL yoki milliy sertifikat CEFR)ni yuklang. Ariza topshirish havolasi: https://shorturl.at/kEhKP Ariza topshirishning oxirgi muddati: 18.08.2024
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti mahallalar bolalari uchun yozgi mavsumda suzish, badminton, shaxmat, stol tennisi sport turlari bo‘yicha to‘garaklar boshlanganligini e’lon qiladi. Ushbu sport to‘garaklari haftaning dushanba kunidan juma kuniga qadar bo‘lib o‘tadi.
Murojaat uchun manzil: Universitet xiyoboni 17-uy.
Telefon: 97 285 78 39
Kuni kecha 23 iyul universitetimizning bitiruvchilar bo‘lgan 340 nafar talabasi uchun unutilmas kun bo‘ldi. Tadbirda Turizm qo‘mitasi mutasaddilari, universitetimiz rahbariyati, ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari hamda 2023-2024 o‘quv yilida bitirayotgan kunduzgi, sirtqi bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Dastlab tadbirda universitetimiz rektori A.Abduxakimov barcha bitiruvchilarga bayram tabrigi yo‘lladi. Shundan so‘ng Turizm qo‘mitasi va universitetimiz mutasaddilari hamda bitiruvchilar, ularning ota-onalari tomonidan dil izhorlari bildirildi.
Shundan so‘ng o‘tgan o‘quv yilida faol va tashabbuskor bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga hamda yil davomida universitetimiz bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan turizm sohasi rahbarlariga tashakkurnomalar topshirildi.
– “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan doimiy hamkorlikda ish olib boramiz. Har yili ko‘plab talabalar Samarqanddagi “Air Marokanda” xalqaro aeroportida amaliyot o‘tash bilan birga shu yerda mehnat faoliyatini ham davom ettirmoqda. Xalqaro aeroportda faoliyat olib borayotgan universitet bitiruvchilarining bilimi va tashabbuskorligi tahsinga sazovor,-deydi “Air Marokanda” xalqaro aeroporti ish boshqaruvchisi A.Nasriev.
Bitiruvchilar uchun eng hayajonli daqiqalar. Yillar mobaynidagi o‘qish va mehnat natijasi bo‘lgan mustaqil hayotga yo‘llanma diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
-Men Andijon viloyatidan kelib ushbu nufuzli unversitetda ta’lim olganligimdan benihoya faxrlanaman. Bugun ingliz tilida xuddi ona tilim o‘zbek tilidek ravon gaplasha olaman. Eng muhimi men bugun viloyat hokimligining xalqaro bo‘limida o‘z faoliyatimni boshlab yubordim,- deydi bitiruvchimiz Sh.Hayitboev.
Ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev 2023-yil 29-martda mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida “Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha. U daromadliligi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam xarajat bilan ko‘p ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi” degan edilar.
Darhaqiqat, ushbu salohiyatdan foydalanib, mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish maqsadida turistik xizmatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, turistik klasterlarning tuzilishi, muammolari va rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqish hamda klaster yondashuvining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish, shuningdek, turizm sohasining klaster yondashuvi asosidagi innovatsion rivojlanishini ta’minlash kabi istiqbolli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Joriy yilning 20-iyul kuni universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda universitetning “Ta’lim sifatini ta’minlash va akkreditatsiya” bo‘limi boshlig‘i To‘xtamishov Aziz Qahramonovichning 08.00.17 – «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan “Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va bahslarga boy o‘tgan dissertatsiya ishi himoyasi natijasiga ko‘ra, Ilmiy kengash a’zolari tomonidan To‘xtamishov Aziz Qahramonovichning 08.00.17 – «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Klaster yondashuvi asosida turizm sohasini innovatsion rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasi dolzarb mavzuga bag‘ishlanganligi, ilmiy yangiliklari yetarli darajada asoslanganligi va tugallangan ilmiy tadqiqot ishi ekanligi hisobga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomida (PhD) qo‘yilgan talablariga to‘la javob berishligi e’tirof etildi va tadqiqotchi da’vo qilayotgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq deb topildi.
Ma’lumot uchun: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash Muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5270-sonli Qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda turizm va madaniy meros sohalarida faol ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarga o‘zlarining ilmiy yangiliklarini va yutuqlarini ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilish imkoniyatini bermoqda. O‘tgan davr mobaynida Ilmiy kengashda ko‘plab tadqiqotchilarning ilmiy ishlari muhokama qilindi. Ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan tadqiqotchilar Ilmiy Kengashning tegishli qarorlari asosida 08.00.17 – «Turizm va mehmonxona faoliyati» ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga erishdilar.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turizm kafedrasi mudiri Akmaljon Odilov hamda kafedra o‘qituvchisi Muslima Amiriddinovalar Janubiy Korea respubliksida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bugun 17-iyul kuni universitetimiz vakillari Namseul universitetiga tashrif buyurishdi va ushbu universitetning vitse-prizedenti, professor Yun-Seok Li (Yun-Seok, Lee) va boshqa ma’sullar tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda ikki universitet kelishuvi asosida ochilayotgan “O‘zbekshunoslik” kafedrasining faoliyati haqida atroflicha suhbatlashildi. Suhbat davomida kafedraning O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini Janubiy Koreada keng targ‘ib qilishda muhim o‘rinni egallashiga ishonch bildirildi.Vitse-prizedenti, professor Yun-Seok Li (Yun-Seok, Lee) tomonidan “O‘zbekshunoslik” kafedrasiga ma’sul etib universitetning O‘zbekistonlik professori Zoir Sattarov tayinlandi.
Eslatib o‘tmiz, O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini targ‘ib qiluvchi “O‘zbekshunoslik” kafedralari faoliyatini xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Janubiy Korea respublikasida yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-19-son qarorida keltirilgan.
Xitoy ommaviy axborot vositalari “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Markaziy Osiyoda birinchi Xitoy kitob markazi ochilgani haqida xabar berdi!Xitoy ommaviy axborot vositalari “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Markaziy Osiyoda birinchi Xitoy kitob markazi ochilgani haqida xabar berdi!
Markaz Xitoy tilidagi adabiyotlarning keng tanlovini va Xitoy madaniyati va tili bo'yicha o'quv qo'llanmalarini taklif etadi.
Biz barcha talabalar va o'qituvchilarni markazga tashrif buyurishga va uning resurslaridan foydalanishga taklif qilamiz.
Karimov Anvar Aktam o'g'lining 08.00.17 – “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Turistik destinatsiyalarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Navoiy viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda 2024-yil 12-iyul kuni soat 16:00 da (108-xona) muhokama qilinadi.
Kaxarov Jasur Abulkosimovichning 08.00.17 - "Turizm va mehmonxona faoliyati" ixtisosligi bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan "O’zbekistonda gastronomiya turizmini tashkil qilish va rivojlantirish yo’llari" mavzusidagi dissertatsiya ishi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.I.145.01 raqamli Ilmiy Kengash huzuridagi Ilmiy seminarda 2024-yil 12-iyul kuni soat 14:30 da (108-xona) muhokama qilinadi.
2024-yil 8-iyul sanasida Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Huai Jingpeng va Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti Ji Jinbiao boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirining O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘lib, Samarqand shahridagi tashrifi universitetdan boshlandi. Oliy martabali mehmonlarni Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor Dilmurod Nasimov va Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Tongqian Zou kutib oldi.Mehmonlar tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib qolmay, ularga Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilgan hamkorlik dasturlari, loyihalar va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham alohida ta’kidlab o‘tildi.Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikkala davlat talabalariga yangi o‘quv dasturlarini joriy etish maqsadida bakalavr va magistratura boshqichlari uchun qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur erishilgan kelishuv asosida endilikda talabalar ikki universitet diplomlarini qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Joriy yilning 1-4 iyul kunlari "Ipak yo'li" sport klubi tomonidan Osiyo - Tinch okeani lakros Ittifoqi bilan birgalikda lakros festivali o'tkazildi. Festivalda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba qizlaridan iborat jamoa ishtirok etdi va Osiyo turniri musobaqasida 3-o'rinni qo‘lga kiritdi. Joriy yilning 1-4 iyul kunlari "Ipak yo'li" sport klubi tomonidan Osiyo - Tinch okeani lakros Ittifoqi bilan birgalikda lakros festivali o'tkazildi. Festivalda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talaba qizlaridan iborat jamoa ishtirok etdi va Osiyo turniri musobaqasida 3-o'rinni qo‘lga kiritdi.
1-4 iyulya 2024 goda sportivnыm klubom " Shyolkovыy put " sovmestno s Aziatsko- tixookeanskim soyuzom lakross organizovan i provedyon festival lakrossa . Komanda devochek nashego universiteta prinyala uchastie v dannom aziatskom turnire i zanyala pochyotnoe 3 mesto na etix sorevnovaniyax .
140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17
dummy+99866 240-67-68
dummy info@univ-silkroad.uz