Dushanba, 08 Iyul 2024 21:53

Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Huai Jingpeng boshchiligidagi rasmiy delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.

2024-yil 8-iyul sanasida Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Huai Jingpeng va Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti prezidenti Ji Jinbiao boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirining O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘lib, Samarqand shahridagi tashrifi universitetdan boshlandi. Oliy martabali mehmonlarni Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor Dilmurod Nasimov va Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari bo‘yicha prorektor Tongqian Zou kutib oldi.Mehmonlar tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirilib qolmay, ularga Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan amalga oshirilgan hamkorlik dasturlari, loyihalar va kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham alohida ta’kidlab o‘tildi.Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikkala davlat talabalariga yangi o‘quv dasturlarini joriy etish maqsadida bakalavr va magistratura boshqichlari uchun qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur erishilgan kelishuv asosida endilikda talabalar ikki universitet diplomlarini qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.

O'qilgan 625 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar