Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’limi

 

Psixolog: 

Telefon: 

Email:   

Universitetda pedagog-psixolog sifatida ishlashning maqsadi – qulay psixologik muhitni yaratish, shaxsiy va kasbiy o’sishga rag’batlantiruvchi shart-sharoitlarni yaratish, talabalar, o’qituvchilar va xodimlarning psixologik himoyasini ta’minlash, ularning ruhiy salomatligini qo’llab-quvvatlashdir.

Pedagog-psixolog oldiga qo’yilgan maqsadlardan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:

  1. Universitetning o’quv jarayoniga aloqador barcha xodimlarning psixologik madaniyatini oshirish.
  2. O’quv jarayonida talabalarning shaxsiy va kasbiy shakllanishini targ’ib qilish.
  3. Ekstremal va xavfli vaziyatlarda psixologik yordam ko’rsatish.
  4. Talabalarning ijodiy rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratish, bu o’z-o’zini rivojlantirish, o’z ustida ishlash va uni namoyon eta olish qobiliyatini shakllantirish uchun asosdir.
  5. Universitet professor-o’qituvchilarining psixologiya sohasidagi ilmiy va uslubiy materiallar hamda ishlanmalar bilan ta’minlanishiga ko’maklashish.
  6. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchilarning asosiy muammolari, paydo bo’lish sabablari, ularni hal qilish usullarini aniqlash.
  7. Universitetda qulay psixologik muhitni yaratishda pedagogik jamoaga yordam berish.

Oliy o’quv yurtida ishlaydigan pedagog-psixolog o’z faoliyati doirasidan kelib chiqib, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlarni amalga oshiradi:

Psixologik diagnostika

Ushbu yo’nalishdagi ish talabalarning individual xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

Psixologik diagnostika natijasida talabalarning o’z-o’zini anglashga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, talabalar shaxsini rivojlantirishni rag’batlantirish, talabalarning shaxsini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini tuzatish zarurati aniqlanadi.

Psixologik maslahat

Bo’limning maqsadi talabalarga o’ziga xos yordam ko’rsatish, qiyinchilik va muammolar mohiyati, ularni anglash, shaxsiy psixologik xususiyatlari bilan bog’liq psixologik muammolarni tahlil qilish va hal qilish, hayotiy vaziyatlar, oilaviy munosabatlar, do’stlar davrasida, oliy ta’lim dargohida yangi qarorlarni qabul qilishga yordam berishdan iborat.

Bu kabi ishlar guruh va individual maslahat shaklida amalga oshiriladi, bundan tashqari, psixologik va pedagogik xizmat doirasida ishonch telefoni ham tashkil etilgan.

Psixologik profilaktika

Faoliyatning ushbu yo’nalishi bo’yicha qo’pol va yomon gapirishning oldini olish, talabalar muhitida alkogol, tamaki va giyohvand moddalarni iste’mol qilish, hayotni izdan chiqarishi mumkin bo’lgan xavfli illatlar haqida o’z vaqtida ogohlantirish (qimor va kompyuter o’yinlariga mukkasidan ketish, internetga qaramlik, tartibsiz jinsiy aloqalar).

Psixologik ta’lim

Psixologik ta’lim deganda, o’qituvchilar, talabalar va xodimlarning psixologik madaniyatini oshirishga qaratilgan (muomala madaniyati, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ziddiyatli vaziyatlarni konstruktiv hal etish usullarini o’rganish va boshqalar) ishlar tushuniladi hamda ma’ruzalar, seminarlar, munozaralar va konferensiyalar shaklida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, universitetda pedagog-psixologning faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

Birinchi bosqich talabalarini oliy ta’lim sharoitlariga moslashishiga yordam berish;

talabalarni bir-birlari bilan tanishish va ular o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirish uchun guruhlarda mashg’ulotlar olib borish;

ushbu tadbirlar orqali o’qish motivasiyasini rivojlantirishga yordam berish;

amaliyot o’tayotgan talabalarni psixologik qo’llab-quvvatlash;

talabalarni amaliyot davomida yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga o’rgatish.

universitetning turli tuzilmalari bilan o’zaro aloqani yo’lga qo’yish;

talabalar shaharchasi ma’muriyati, o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini bilan hamkorlik qilish, yotoqxonada yashaydigan talabalarga psixologik yordam ko’rsatish.

Oliy ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagog-psixolog kasbiy faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi kerak:

1) qat’iyatlilik;

2) ijtimoiy faollik;

3) talabalar bilan ishlashga istaklilik;

4) adolatlilik;

5) diniy bag’rikenglik;

6) zamonaviylik;

7) bilimlilik;

8) hazil-mutoyibaga moyillik.

Saytdagi yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar