Matbuot kotibi:
Telefon:
Email: Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti axborot shaffofligi nuqtai nazaridan noyob universitetdir. Biz har doim hamkasblarimiz bo’lmish OAV e’tiboridan xursandmiz va o’z navbatida, ularga axborot ko’mak berish, materiallarni o’z vaqtida tayyorlashda jurnalistlarga yordam berishga tayyormiz.
Siz uchun universitetning yetakchi mutaxassislari – jahon darajasidagi olimlar bilan suhbatlar tashkil qilamiz, universitet faoliyatiga doir so’nggi yangiliklar va tadqiqotlar natijalari bilan o’rtoqlashamiz, tegishli mavzular bo’yicha eksklyuziv ma’lumotlar beramiz.
Matbuot xizmatining asosiy vazifasi universitetni axborot makoniga joylashtirish va uni ta’lim xizmatlari bozorida ommalashtirishdir.
Matbuot xizmatining zimmasiga universitetning tashqi va ichki kommunikasiyalarini boshqarish kiradi. Matbuot xizmati tashqi aloqa (davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, hamkorlar) bilan kommunikasion munosabatlarni yo’lga qo’yib, kompaniyaning (ommaviy axborot vositalari, raqobatchilar, “uchinchi shaxslar”) axborot maydonini kuzatib boradi, shuningdek, yangi aloqa kanallarini ishlab chiqadi va rivojlantiradi.
Universitet faoliyatining ichki korporativ kommunikasiyalari (umumiy universitet tadbirlari, konferensiyalar, korporativ axborot nashrlari) katta ahamiyatga ega bo’lib, ular universitet strategiyasini amalga oshirishda xodimlar va talabalarni maqbul integrasiyaga qaratilgan va universitetning korporativ madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Samaradorlik, bilimdonlik, professionallik, kichik bir detallargacha e’tiborlilik, ochiqlik hamda fan va ta’limni ommalashtirishga yo’nalganlik – “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti matbuot xizmatining asosiy professional prinsiplaridir.