Ramzlar

01

Markazida nuqta bo’lgan aylanani rivojlanish jarayonini bir nuqtadan ifodalovchi va embrionga tenglashtirilgan deb hisoblash mumkin. Doira – bu nafaqat shakl, balki quyoshning kunlik va yillik doiraviy harakati bilan ham bog’liq. Sferaga ideal geometrik jism sifatida mos keladi, shuningdek, o’ninchi raqam, to’liq sikl, ko’plikning birlikka qaytishi ramzi ham hisoblanadi.

02

Turli asrlarda O’zbekistonning qadimiy shaharlari “Buyuk ipak yo’li” – bu qadimiy karvon yo’lida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Biroq “Buyuk ipak yo’lining yuragi” nomi Samarqandga berilgan. Ko’hna shahar YUNESKOning Butunjahon merosi maxsus ro’yxatiga kiritilgan – bu yerda jamlangan moddiy va ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati naqadar salmoqli ekanligidan dalolat beradi. Qadimiy me’morchilik san’atining noyob yodgorliklari, ilmiy va badiiy maktablar merosi, qadimiy shaharda joylashgan milliy hunarmandchilik markazlari bugungi kunda butun dunyoda mashhur.

“Buyuk Ipak yo’li”dagi mamlakatlar:

Ozarbayjon, Gruziya va Shimoliy Kavkaz, Eron, Qozog’iston, Xitoy, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston.

03

Registon maydoni, tarjimada “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. Registon – sharqda shaharlarning ma’muriy, savdo va hunarmandchilik markazi. Samarqanddagi Registon – XVII asrga kelib to’liq shakllangan va uchta madrasadan iborat. Ulug’bek (1417-1420), Sherdor (1619-1636) va Tillakori (1647-1660) madrasalari O’rta Osiyo shaharsozlik san’atining ajoyib namunalaridan biridir.

Biz Samarqandning ming yillik tarixini shunchaki “varaqlay olmaymiz”.

1417-1420 - yillarda qurilgan Ulug’bek madrasasi (diniy o’quv muassasasi, arabchada «madrasa» ta’lim berish joyi ma’nosini anglatadi) Madrasa XV asrda O’rta Osiyoning mashhur ilm-fan dargohi bo’lgan. Bu yerda ilohiyotdan tashqari, matematika, astronomiya va falsafa o’rgatilgan. Ilmu toliblarga, mudarrislarga ma’ruzalarni o’sha davrning eng yetuk olimlari o’qishgan. Astronomiya kursini o’z davrining “Aflotuni” hisoblangan Salohiddin Musa ibn Muhammad Qozizoda Rumiy o’qigan. Mirzo Ulug’bekning o’zi ham madrasada dars berganligi haqida tarixiy manbalarda ma’lumotlar mavjud.

“Buyuk Ipak yo’li”ning ramzi – bu tuya. Hyech shubha yo’qki, “sahro kemasi” deb nomlangan bu hayvon qo’lga o’rgatilgandan so’ng insoniyatning eng yaqin yordamchisiga aylangan. Bepoyon cho’l-u sahrolarda tuya karvonlari eng qulay va beminnat transport vositasi hisoblangan.

04

Kvadrat akademik qalpoqcha (inglizcha square academic cap) mantiya bilan birgalikda Buyuk Britaniya ta’lim modeliga amal qilgan holda ko’plab mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va bitiruvchilari uchun tantanali rasmiy libosdir. Yulduzlar – tinch, musaffo osmon ramzi.

05

Xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish tizimini tashkil etish, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning tarixiy, madaniy va gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Samarqand viloyati hokimligining taklifi bilan respublika tashabbusini amalga oshirish maqsadida Samarqand shahrida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti tashkil etildi.

06

“Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 - yil 28 - iyundagi Qarori bilan Samarqand shahrida tashkil etilgandi.

 

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar