Oliy maktab (Graduate school)

 

Bo’lim uslubchisi: 

Telefon: 

Email: 

Oliy maktab (Graduate School) universitetning tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

Universitet darajasida magistratura va doktoranturaning o’quv jarayonini amalga oshirishni muvofiqlashtirish va monitoring qilish akademik ishlar departamenti va ilmiy ishlar va innovasiyalar departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Oliy maktab o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining buyruq va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi buyruqlari va farmoyishlari, “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti Nizomi, Ilmiy kengash qarorlari, shuningdek, universitet rektoratining buyruqlariga asoslanib ish ko’radi.

Oliy maktabning asosiy vazifalari (Graduate School)

  • turizm sohasi bo’yicha magistratura va doktoranturaga qabul qilishni tashkil etish;
  • ichki va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh, ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’lim jarayonida o’qitish integrasiyalashuvini nazarda tutgan yuqori malakali mutaxassislar – magistrlar va doktorantlarni tayyorlash;
  • turizmning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish orqali O’zbekiston Respublikasida ilmiy taraqqiyot va innovasiyalarni yanada rivojlantirish maqsadida universitetning ilmiy salohiyatini oshirish;
  • universitet magistrantlari va doktorantlari uchun o’quv dasturlarining sifatini baholash va tashkil qilish uchun talablar tizimining birligini ta’minlash maqsadida universitet professor-o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
  • turizm sohasida magistrant hamda doktorantlarning nazariy va amaliy individual tayyorgarligini chuqurlashtirish;
  • nomzodlik imtihonlarini o’tkazish va topshirish jadvalini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • o’quv jarayonining moddiy-texnik bazasi va axborot ta’minotini mustahkamlash va rivojlantirish;
  • o’quv davrida magistrantlarni ish bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqish.

Oliy maktabning asosiy funksiyalari:

  • davlat ta’lim standartlari, magistratura va doktoranturaning o’quv dasturlariga muvofiq tarzda universitetda o’quv jarayonini tashkil etish;
  • magistrantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun o’quv dasturlarini tuzish;
  • bakalavr, doktorant va mustaqil izlanuvchilarning joriy hamda bitiruv hujjatlarini rasmiylashtirish bo’yicha tashkiliy va uslubiy ishlarni olib borish;
  • magistrantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar kontingentining harakatini qayd etish;
  • magistrantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni ijtimoiy himoya qilishni nazorat etishni amalga oshirish;
  • magistratura hamda doktoranturaga qabul qilish uchun reja va qoidalar loyihalarini ishlab chiqish va universitet Ilmiy kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritish;
  • nomzodlik imtihonlari jadvalini tuzish;
  • universitetning Oliy maktabi faoliyati to’g’risidagi yillik hisobotlarni tayyorlash.

Saytdagi yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar