«Turizm menedjmenti» fakulteti

«Turizm menejmenti» fakulteti dekani

Telefon:

Email: 

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: 

Telefon: 

Email:

 

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: 

Telefon: 

Email: 

 

Fakultet uslubchisi: 

Telefon:

Email:

Fakultet vazifasi

Mehmonxona, restoran, turizm sohasining eng yuqori xalqaro standartlariga mos raqobatbardosh professional kadrlarni tayyorlash.

Asosiy funksiyalari

- Davlat ta’lim standarti bajarilishini ta’minlash;

- fakultetni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- kasbiy ta’lim fanlari, dasturlari, ishchi o’quv rejalari va ishchi dasturlarni yaratish va amaliyotga joriy qilish;

- talabalarda omilkorlik – kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, bitiruvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonishini ta’minlash;

- ish beruvchilar, ta’lim organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar bilan tizimli hamkorlikni ta’minlash;

- talabalarni o’qitish sifatini oshirish maqsadida o’quv jarayonini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- o’quv-tarbiyaviy jarayonni tahlil qilish va boshqarish;
- fakultet va kafedralar ishini muvofiqlashtirish, fakultetlardagi kafedralararo aloqalarni amalga oshirish, shuningdek, boshqa fakultetlar, shu jumladan, boshqa universitetlar bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish.

- fakultetlarda o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;

- o’quv dasturlarini lisenziyalash va universitetning davlat akkreditasiyasi bo’yicha hujjatlar tayyorlashda ishtirok etish;

- kasbiy va yo’naltirish ishlarini tashkil qilish va o’tkazish, talabalarni fakultetga qabul qilish, ularning kasbiy tayyorgarligini ta’minlash;

- fakultet talabalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

- kalendar yili davomida fakultet bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasini o’tkazish va fakultet qabul komissiyasi ishini amalga oshirish;

- fakultet bitiruvchilari bilan aloqani tashkil etish; fakultetni tugatgan mutaxassislarning tayyorgarlik sifatini o’rganish, shuningdek, ularning ish bilan ta’minlanganligi hisobini olib borish;

- universitetning me’yoriy-huquqiy bazasiga muvofiq talabalarning reytinglarini o’tkazish;

- fakultetning joriy va hisobot hujjatlarini tuzish hamda ta’lim muassasasi rahbariyatiga, ta’lim organlariga taqdim etish;

- fakultetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish bo’yicha ishlarni olib borish;

- o’quv mashg’ulotlari, shuningdek, imtihon va testlarning bajarilishini nazorat qilish;

- talabalarning dars va mashg’ulotlarga qatnashishi va o’zlashtirishini nazorat qilish;

- kafedralararo uchrashuvlar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish va o’tkazish;

- o’quv jarayoni sifati monitoringini tashkil etish, talabalarning o’zlashtirishi va o’quv intizomini tahlil qilish;

- talabalarning o’quv faoliyati bilan bog’liq masalalarni hal qilish;

- talabalarning akademik qarzdorliklari hisobini yuritish;

- yakuniy davlat attestasiyasini o’tkazishda ishtirok etish;

- davlat stipendiyalariga nomzodlarni tayinlash va hujjatlarini rasmiylashtirish;

- talabalar bilimini nazorat qilish va o’qitish jarayonida yangi texnologiyalarni joriy etish, o’qitish jarayonida differensial va individual mashg’ulotlarni joriy etishni ta’minlash;

- intizomiy xarakterga ega buyruqlar loyihalarini tayyorlash;

- o’quv va ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish (fakultet majlislari, ilmiy, ijodiy va ijtimoiy foydali tadbirlar, tantanali tadbirlar);

- fakultet talabalarining universitet, shahar, viloyat va xalqaro miqyosdagi tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlash;

- talabalarning ota-onalari bilan o’quv va intizomiy masalalar bo’yicha o’zaro aloqani o’rnatish;

- kafedralarning o’quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda ishtirok etish;

- talabalar o’zini-o’zi boshqarish organlari – talabalar Parlamenti, sardorlar, ijodiy jamoalar kengashlari faoliyatiga ko’maklashish;

- talabalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilish shakllarini amalga oshirish (ijtimoiy stipendiya tayinlash; ijtimoiy yordam uchun bir martalik stipendiya to’lash uchun hujjatlarni tanlash, bir martalik moddiy yordam ko’rsatish va boshqalar);

- universitet Ilmiy kengashi va uning o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha komissiyalari ishida, o’quv ishlari bo’yicha kengash faoliyatida, imtihon, sertifikatlashtirish va apellyasiya komissiyalari ishida qatnashish;

- universitetning o’quv jarayonini ta’minlovchi mahalliy me’yoriy hujjatlar va uslubiy xususiyatga ega hujjatlarni ishlab chiqish;

- dekanat nomenklaturasiga muvofiq fakultetning ish faoliyati va hujjat aylanishini ta’minlash, fakultet uchun hujjatlar, buyruqlar, farmoyishlar tayyorlash.

“Turizm menejmenti” fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 - yil 28 - iyundagi PF 3815-sonli “Ipak yo’li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga binoan tashkil etilgan. Fakultet talabalarining umumiy kontingenti 450 kishini tashkil etadi. “Turizm menejmenti” fakultetida quyidagi bo’limlar bo’yicha 4 ta kafedra tashkil etilgan va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qitilmoqda:

Bakalavriat

1. “Turizm menejmenti” kafedrasi

  • Turizm sohasida marketing;
  • Menejment: rekreasiya va sayohatlarni boshqarish;
  • Menejment: turizm biznesini boshqarish;
  • Menejment: mehmonxonalarni boshqarish;
  • Menejment: madaniy merosni boshqarish;
  • Menejment: xalqaro mehmondo’stlik va turizmni boshqarish;
  • Menejment: restoran biznesini boshqarish.

2. “Turistik xizmat ko’rsatish” kafedrasi

  • Turizm (faoliyat turlari bo’yicha);
  • Turizm sohasida xizmatlar texnologiyasi va ularni tashkil etish;
  • Restoran biznesi;
  • Turizm sohasida loyihalashtirish;
  • Turizm sohasida logistika;
  • Mehmonxona biznesi;
  • Ommaviy tadbirlar menejmenti.

3. “Turizmda pedagogika va ijtimoiy xizmatlar” kafedrasi

  • Professional ta’lim (turizm);

4. “Amaliy tillar” kafedrasi

  • Turli sohalarda chet tili;
  • Gid-ekskursovod va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)

5. Magistratura

  • Oliy maktab MA/PhD (Graduate school)

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar